16 ma’ruza. Vakuumda magnit maydoni reja: Vakuumda magnit maydoni



Yüklə 320,26 Kb.
səhifə1/74
tarix30.07.2023
ölçüsü320,26 Kb.
#120120
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74
16 ma’ruza. Vakuumda magnit maydoni reja Vakuumda magnit maydon-www.hozir.org


16 ma’ruza. Vakuumda magnit maydoni reja: Vakuumda magnit maydoni

16 - ma’ruza.

VAKUUMDA MAGNIT MAYDONI

Reja:

1. Vakuumda magnit maydoni.

2. Magnit maydonning tokli o‘tkazgich va elеktr zaryadlariga ta'siri.

3. Xoll effеkti.
Mavzular mazmuni: Vakuumda magnit maydoni. Magnit maydon induktsiya vеktori. Magnit maydon induktsiyasi vеktori uchun supеrpozitsiya printsipi. Bio-Savar-Laplas qonuni. To‘g’ri va aylanma tokning magnit maydonini hisoblash. Magnit maydonning tokli o‘tkazgich va elеktr zaryadlariga ta'siri. Ampеr kuchi. Parallеl toklarning o‘zaro ta'siri. Magnit maydonni xarakatdagi zaryadga ta'siri. Lorеnts kuchi. Bir jinsli magnit maydonida zaryadli zarralar harakati. Xoll effеkti. Tеzlatgichlar.

Tayanch iboralar: magnit maydoni, induktsiya vеktori, zarralar harakati, Ampеr kuchi, Lorеnts kuchi, Xoll effеkti, tеzlatgichlar.
MAGNIT MAYDONNI XARAKTERLOVCHI PARAMETRLAR
M agnit maydon induksiyasi. Ikkita magnit strelkasi yaqinlashtirilsa, ularning ikkalasi ham burilib, qarama-qarshi qutblari bir-biriga ro‘para kelib to‘xtaydi. Bu hol magnitlangan jismlar orasida o'zaro ta’sir kuchlari mavjudligini anglatadi. Ta’sir kuchlari esa maydon kuch chiziqlari orqali tavsiflanadi.
Magnit maydoni kuch chiziqlarini to‘g‘ridan to‘g‘ri ko’ra olmaymiz. Ammo quyidagi tajriba yordamida biz magnit kuch chiziqlarining joylashuvi haqida tasawurga ega bo'lamiz. Buning uchun karton qog‘ozga temir qipiqlarini bir tekis sepib, uni yassi magnit o’zagining ustiga qo‘yamiz, Qog‘ozga yengil zarb berilsa, temir qipiqlari rasmda keltirilgan ko‘rinishni egallaydi. Karton ustidagi temir qipiqlari magnit uchlariga yaqin joylarda zich, qutblar orasida
rasmdagi temir qipiqlarining egallagan o‘mi, magnit qutblarini bir- biriga bogTovchi kuch chiziqlarini o‘zida aks ettiradi. Magnit maydon kuch chiziqlarining yo‘nalishi shartli ravishda magnitning shimoliy (N ingilizcha - “north”, o’zbekcha – “shimol”) qutbidan chiqib, uning janubiy (S, ingilizcha - “south”, o’zbekcha – “janub”) qutbiga kiruvchi yopiq chiziqlardan iborat deb qabul qilingan.


Elektr maydon kuch chiziqlaridan farqli ravishda magnit maydon kuch chiziqlari berk konturni hosil qiladi.
Agar magnit kuch chiziqlari bo‘ylab qo‘zg‘almas o‘qqa mahkamlangan magnit strelkachalar qo‘yilsa, ular a-rasmda ko'rsatilgandek joylashadi, Bundan, magnit maydon kuch chiziqlari boshlanishi va oxiri bo'lmagan berk kontumi hosil qiladi, degan xulosa chiqarish mumkin. Magnit maydon shu xususiyati bilan ham elektr maydondan farq qiladi.
M agnit maydonning kuch chiziqlari magnitdan uzoqlashishi bilan siyraklasha boradi (ta’siri kuchsizlanadi). Bu kattalikni xarakterlovchi fizik kattalikka magnit maydon induksiyasi deb ataladi va B harfi bilan belgilanadi. Magnit induksiya vektorining yo‘nalishi magnit kuch chizig‘ining ixtiyoriy nuqtasiga o‘tkazilgan urinma yo‘nalishi bilan mos tushadi. Mag­nit maydon induksiyasining o‘lchov birligi qilib XBS da serbiya fizigi Nikola Teslaning sharafiga tesla (T) deb atash qabul qilingan.

Yüklə 320,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə