3-Maruza: Stansiya rels zanjirlari ishlash prinsipi. Tarmoqlangan rels zanjirlari. Fazasezgirli rels zanjirlari. Reja


Tarmoqlangan rels zanjirlari va ularni izolyasiya qilishning usullari



Yüklə 82,84 Kb.
səhifə4/5
tarix24.12.2023
ölçüsü82,84 Kb.
#159427
1   2   3   4   5
3-Maruza (2)

Tarmoqlangan rels zanjirlari va ularni izolyasiya qilishning usullari
Tarmoqlangan relsli zanjirlari. Stansiyadagi strelka o‘tkazgichlari joylashgan uchastkalarida tarmoqlangan relsli zanjirlari tashkil etiladi. Bunday relsli zanjirlari ularni bir-biridan ajratuvchi izolyasiyalovchi tutashmalaridan tashqari, strelka o‘tkazgich krestovinasi bilan rels iplarining qisqa tutashuvidan saqlovchi va romli relslarda joylashgan qo‘shimcha (ichki) izolyasiyalovchi tutashma 4 larga ega (3.16,a-rasm).
Elektr zanjirni hosil qilish uchun quyidagi strelka ulagilari o‘rnatiladi: 3 - romli rels va ostryaklar hamda o‘tkazgichlarning egri relslari oralig‘ida; 5 - chekkalardagi rels iplari orasida; 6 - strelka o‘tkazgichining krestovinasida.






3.16-rasm. Tarmoqlangan relsli zanjirlarining tuzilishi



Tarmoqlangan relsli zanjirlari izolyasiyasining asosiy vazifasi tarmoqlangan rels iplarida harakatlanuvchi tarkiblarning mavjudligi nazoratini ta’mindashdir. Bunday nazoratni amalga oshirish uchun izolyasiyaning parallel uslubi keng tarqalgan (3.16,a va 3.16,b-rasmlarga qarang), bunda signal toki bitta SP yo‘l relesi ulangan A yo‘lning rels iplaridan o‘tadi, B tarmoqning rels iplari esa, faqat kuchlanish ostida bo‘ladilar.
Bo‘sh relsli zanjirda (3.16,a-rasm) signal tokning o‘tishi quyidagicha: PB batareyaning musbat qutbi, 1 va 9 rels iplari, SP rele cho‘lg‘ami, 10 rels ipi, 5 rels ulagichi, 2 rels ipi va PB batareyaning manfiy qutbi.
Rele SP qo‘zg‘algan holatda bo‘lib, strelkali uchastka bo‘shligini va strelka ulagichlarning sozligini nazorat etadi. Rels ulagichi uzilgan holda, SP relesi langarni qo‘yib yuboradi va relsli zanjir nosozligini qayd etadi. Agar qo‘shimcha izolyasiyalovchi tutashmalar yon tarmog‘i bo‘ylab o‘rnatilgan bo‘lsa (3.16,b-rasm), unda rels ulagichining sozligi nazorat etilmaydi va bunday holatda ishonchlilikni oshirish maqsadida, ular ikkitadan o‘rnatiladi. Relsli zanjir poezd bilan bandligida, uni kichik qarshilikli g‘ildirak juftliklari bilan 1-2, yoki 7-8, yoki 9-10 rels iplari shuntlanadi. Bunda SP strelkali yo‘l relesi ta’minotsiz qolib, langarni qo‘yib yuboradi va strelkali uchastka bandligini qayd etadi.
Tarmoqlangan relsli zanjirdagi B yonlama yo‘lning rels ipi uzilishida hamda shu tarmoqda harakat tarkibi mavjudligida, SP yo‘l relesi qo‘zg‘algan holatda qolib, strelkali uchastka bo‘shligi haqida soxta ma’lumot beradi va shu bilan poezdlar harakatiga xavf tug‘diradi. Bunday relsli zanjirlar ishonchliligini oshirish uchun, ularning barcha nazorat etilmaydigan va uzunligi 60 m dan ko‘p bo‘lgan tarmoqlarida, ASP va BSP yo‘l relelari o‘rnatiladi (3.16,v-rasm).
Avtonom tortqiligida uzluksiz oziqlanishli o‘zgaruvchan tokli tarmoqlangan relsli zanjirlardan foydalaniladi. Bunda yo‘l qabul qilgichi sifatida ANVSH yoki DSSH turdagi relelar qo‘llaniladi. Elektr tortqili uchastkalardagi stansiyalarda esa faqat DSSH turdagi releli 50 yoki 25 Gs chastotali fazasezgir relsli zanjirlari qo‘llaniladi. Bunday tarmoqlangan relsli zanjirning taxminiy tuzilishi 3.17-rasmda ko‘rsatilgan. Bu erda strelkali uchastka bo‘lishligi va sozligi tarmoqlar uchlarida ulangan ASP hamda BSP yo‘l relelarning qo‘zg‘algan holati bo‘yicha aniqlanadi. Umumiy hisoblanadigan, SP yo‘l relesining ta’minlovchi zanjiri, ketma-ket ulangan ASP va BSP relelarning frontalal kontaktlari orqali tutashadi. Yo‘l relelarining birortasi ham langarni qo‘yib yuborsa, SP umumiy relesi uchastka bandligini qayd etadi.
Rasmda keltirilgan 50 Gs chastotali relsli zanjirda ikki elementli fazasezgir DSSH-12 turdagi rele to‘g‘ri ishlashi uchun, maxalliy elementdagi kuchlanish fazasi yo‘l elementidagi kuchlanishga nisbatan 900 siljigan bo‘lishi kerak. Bu faza siljishi S0 kondensatori yordamida amalga oshiriladi. Relsli zanjirning oziqlantiruvchi uchidagi R0 rezistori S0 kondensator teshilganligida yo‘l transformator PT ni qisqa tutashuv tokidan saqlaydi.
DSSH relening yo‘l cho‘lg‘amida zarur bo‘lgan kuchlanish bilan faza siljishlarining xosil qilish uchun, yo‘l cho‘lg‘amiga parallel ravishda sig‘imi 4 mkF li kondensator S ulangan. Relsli zanjir yo‘l transformatorning ikkilamchi cho‘lg‘amdagi kuchlanishni o‘zgartirish orqali rostlanadi.


3.17-rasm. Elektr tortqiligida tarmoqlangan fazasezgirli relsli zanjir



Relsli zanjirlariga texnik xizmat ko‘rsatish. SHpal va ballast holati shunday bo‘lishi kerakki, izolyasiya qarshiligi 1 Omkm dan kichik bo‘lmasligi lozim. Izolyasiyalovchi tutashmalar, tutashma ulagichlar, tortqili ulagichlar, strelka ulagichlari soz va butun bo‘lishi lozim. Rels tovoni va ballast orasidagi yoriq mavjudligi vaqti-vaqti bilan tekshirilib turiladi.
Texnik xizmat ko‘rsatish grafigi bo‘yicha oyiga ikki marta me’yoriy shunt ( Om) bilan shuntli sezuvchanlik tekshiriladi. Relsli zanjirlarida vaqti-vaqti bilan Ur-yo‘l relelarida va Un-ta’minot uchlaridagi, kuchlanishlar o‘lchanadi. Bu kuchlanishlar qiymatlari relsli zanjirning rostlash jadvalida ko‘rsatilgan kuchlanishlarga mos bo‘lishi kerak.


Yüklə 82,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə