3-Maruza: Stansiya rels zanjirlari ishlash prinsipi. Tarmoqlangan rels zanjirlari. Fazasezgirli rels zanjirlari. Reja


Stansiya relsli zanjirlarini qurilish qoidalari



Yüklə 82,84 Kb.
səhifə2/5
tarix24.12.2023
ölçüsü82,84 Kb.
#159427
1   2   3   4   5
3-Maruza (2)

Stansiya relsli zanjirlarini qurilish qoidalari
O‘zbekiston temir yo‘llarida harakatchi birikmani joylashgan o‘rnini ko‘rsatib beradigan stansiya datchigi sifatida relsli zanjirlari juda keng miqiyosda qo‘llaniladi. Ushbu relsli zanjirlarining har tur turlari mavjud, lekin ularni stansiyada qo‘llash uchun quydagi alohida xususiyatlarni hisobga olish kerak bo‘ladi:
1-hususiyat. Relsli zanjirlarini ta’minot manbasini va yo‘l relsini EM postiga joylashtirish, ya’ni ularni rels liniyasidan etarli darajada uzoqlashtirish. Releni chiqishlarini relsga ulash uchun xizmat qiladigan o‘tkazgichni qarshiligi 0,075 Om dan oshmasligi kerak. Rele chiqishlarini relsga ulash 1 km uzunlikdagisi 23,5 Om ni tashkil etadigan namunaviy kabel yordamida amalga oshiriladi. Agar rels liniyasi uchlari 0,5 km uzunlikdagi kabel yordamida EM posti bilan bog‘langan bo‘lsa, u xolda o‘tgazgichga bo‘lgan meyorni (0,075 Om) ta’minlash uchun 157 ta kabel tolasi parallel ulanishi ((23,5 x 0,5)/0,075= 157 ta) kerak bo‘ladi. Misning narxi baland bo‘lgani uchun bu juda katta xarajatga olib keldi (bu holat o‘zgarmas tok uchun).
2-hususiyat. Strelkali elektr o‘tkazgichlar joylashgan yo‘lning tarmoqlangan qismida o‘zaro bir qancha rels liniyalari bog‘langan tarmoqlangan relsli zanjirlari qo‘llaniladi.Bu ichki izolyasiyalangan tutashma (izolyasiya stiklari) (VIS) va o‘tkazuvchi strelka ulagichi deb ataladigan (PSS) qo‘shimcha izolyasiyalangan tutashmalarni ulashni talab etadi.
3-hususiyat. Stansiyani relsli zanjirlarida bir tomonlama yo‘nalish bo‘ylab ALS signalini (tokini) uzatish “ta’minot manbasi oxiri” dan amalga oshiriladi.
Peregon relsli zanjirlaridan farqli ravishda ta’minot manbasi oxiri va rele oxirlarining qayta ulanishi amalga oshirilmaydi. Stansiyani relsli zanjirlari bilan jixozlashda quyidagi qoidalarga amal qilish zarur:
Tarmoqlangan relsli zanjirlari parallel shaklda izolyasiya qilinadi.

  1. Bitta strelkali yo‘l seksiyasiga ikkitagacha strelkali o‘tkazgich ulanadi. Agar uchta strelka komplekt ko‘rinishda joylashgan bo‘lsa va yon yo‘llar uzunligi kichik bo‘lsa, u xolda bitta strelkali seksiyaga uchta strelkali o‘tkazgich ulanishi mumkin .

  2. To‘xtamay o‘tib ketish yo‘llariga tutashgan yon yo‘llardagi va yo‘lovchi poezdlarni qabul qilish, xamda jo‘natish yo‘llaridagi relsli zanjirlari yo‘l relelari bilan jixozlanishi kerak.

  3. Bitta tarmoqlangan relsli zanjir uchtagacha rele oxirini o‘z ichiga olishi mumkin.

  4. Uzunligi 60 m dan ko‘p bo‘lgan yon yo‘llar rele bilan ta’minlanishi kerak.

  5. Ta’minot manbasi oxiridan rele oxirigacha bo‘lgan masofa 200 m dan oshmasligi kerak.

Elektrlashtirilmagan uchastkalarda relsli zanjirlaridan faqatgina signal toki oqadi va tortish tokning halaqit beruvchi ta’siri kuzatilmaydi. SHuning uchun bunday liniyalarda impulsli, kodli yoki uzluksiz oziqlanishli o‘zgaruvchan yoki o‘zgarmas tokli va boshqa relsli zanjirlarni qo‘llash mumkin. Amalda avtonom tortqili uchastkalarda ko‘proq o‘zgarmas tokli relsli zanjirlari tarqalgan (peregonlarda). Ular sodda tuzilgan bo‘lib, kam quvvat iste’mol etadilar, hamda akkumlyator batareyali zahira elektr ta’minotiga ega.
Uzluksiz oziqlanishli relsli zanjirda (3.1-rasmga qarang) ANSH2-2 turdagi neytral yo‘l relesi qo‘llaniladi. Manba sifatida VAK-14 to‘g‘rilagich, zahira manba sifatida esa to‘g‘rilagich bilan bufer rejimida ishlaydigan ABN-72 akkumlyator batareyasidan foydalaniladi.
Izolyasiyalovchi tutashmalarning nosozligini, ya’ni tutashib qolishini nazorat etish uchun va shu bilan birga yo‘l relesini qo‘shni relsli zanjirning ta’minot manbaidan oziqlanish ehtimolini mustasno etish maqsadida, yondosh relsli zanjirlarda manba kutblarining almashuvi amalga oshiriladi. Bunda, agar tutashmalar izolyasiyasi teshilib tutashib kolsa, yondosh bo‘lgan relsli zanjirlari manbalarning toklari qarama-qarshi oqib o‘zaro kompensatsiyalanadi va natijada ikkala relsli zanjirdagi yo‘l relelari langarlarini qo‘yib yuboradilar.
Uzluksiz oziqlanishli o‘zgarmas tokli relsli zanjirlari faqatgina daydi toklar yo‘q bo‘lgan uchastkalardagi stansiyalarda qo‘llanilishi mumkin.
Elektr tortqi bo‘lmagan stansiyalarda 50 yoki 25 Gs chastotali o‘zgaruvchan tok bilan uzluksiz oziqlanuvchi relsli zanjirlar qo‘llaniladi. Stansiyadagi relsli zanjirlarni o‘zgaruvchan tok bilan ta’minlash, o‘zgarmas tokli relsli zanjirlaridan foydalanishga qaraganda, ancha kabelni tejashga imkon beradi. Kodlanmaydigan stansiya yo‘llarida P yo‘l relesi sifatida ANVSH2-2400 turdagi rele bo‘lgan 50 Gs chastotali o‘zgaruvchan tokli relsli zanjirlari ishlatiladi (3.14,a-rasm). Relsli zanjir yo‘l transformator PT dan rezistor R0 orqali oziqlanadi. Bunday relsli zanjirning releli uchida RT releli transformator o‘rnatiladi. Bu transformator yordamida rels liniyasidan kelayotgan kuchlanish P yo‘l relesining tortish kuchlanishigacha oshiriladi. Agar relsli zanjir soz va bo‘sh bo‘lsa, unda P yo‘l relesi o‘z langarini o‘zakka uzluksiz tortilgan holda ushlab turadi. Relsli zanjirga poezd kirib kelganida P yo‘l relesi qarshiligi kichik bo‘lgan poezdning g‘ildirak juftliklari bilan shuntlanadi va rele cho‘lg‘amida kuchlanish kamaygani sababli o‘z langarini qo‘yib yuborib, relsli zanjirning bandligini qayd etadi. Bunday relsli zanjirning chegaraviy uzunligi 1500 m tashkil etadi va ularni oziqlantiruvchi hamda releli uchlaridan kodlash mumkin.
Ishonchli elektr ta’minotligida hamda kelajakda elektrtortqiga o‘tishligida stansiya yo‘llari DSSH-13A turdagi fazasezuvchi releli chastotasi 25 Gs bo‘lgan, o‘zgaruvchan tokli relsli zanjirlari bilan jihozlanadi (3.14,b-rasm). Yo‘l qabul qilgichi sifatida ikki elementli sektorli DSSH turdagi rele qo‘llanadigan relsli zanjirning hususiyati – bu uni ishlashini bir cho‘lg‘amidan o‘tayotgan tok bilan ikkinchi cho‘lg‘amdagi kuchlanishi orasidagi fazasiga bog‘liqligidir. YUqorida ko‘rsatilgandek, bu xususiyatni DSSH releda mavjud bo‘lgan mahalliy va yo‘l cho‘lg‘amlari ta’minlaydi. Yo‘l cho‘lg‘ami yo‘l transformatorning PXL-OXL shinalaridan rels liniyasi orqali, mahalliy cho‘lg‘am esa PXM-OXM shinalaridan oziqlanadilar. Rele o‘zini sektorini to‘laligicha tortish uchun maxalliy va yo‘l cho‘l\amlaridagi, kuchlanishlar orasidagi faza siljishi 900 bo‘lishi kerak. Buning uchun elektr markazlash (EM) postida yo‘l transformatorlarni va yo‘l relelarining mahalliy cho‘lg‘amlarini 25 Gs chastotali tok bilan ta’minlash uchun mo‘ljallangan PCH-50/25 chastota o‘zgartirgichlari 50 Gs chastotali 220 V kuchlanishli tarmoqqa fazalari qarshi holda maxsus sinfazalash qurilma yordamida ulanadilar. SHunda relsli zanjir sxemasida fazalarni suradigan qo‘shimcha elementlarga extiyoj qolmaydi. Relsli zanjirning oziqlantiruvchi va releli uchlaridagi apparaturani muvofiqlashtirishi, transformator qutilarida joylashgan yo‘l PT hamda releli RT transformatorlar yordamida amalga oshiriladi. Transformator qutilaridagi 2A tokli saqlagich Pr lar relsli zanjirga xizmat ko‘rsatilishda elektr zanjirlarni o‘chirishga imkon beradilar. Ushbu turdagi relsli zanjirlarining chegaraviy uzunligi 1200 m tashkil etadi. Yo‘l reledagi kuchlanish, rostlash jadvallariga muvofiq, yo‘l transformator PT ning ikkilamchi cho‘lg‘amida kuchlanishni o‘zgartirish orqali rostlanadi. R0 rezistori yo‘l transformatorni poezd oziqlantiruvchi uchini shuntlaganida, qisqa tutashuv rejimida asraydi.
Yondosh relslar orasidagi izolyasiyalovchi tutashmalarning qisqa tutashuvligi nazorati, yondosh relsli zanjirlarida signal tokning faza almashinish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Relsli zanjirda fazani almashtirish uchun yo‘l transformatorni ikkilamchi cho‘lg‘amiga ulangan simlar uchlarini joyi bilan almashtirish kifoya etadi.
Fazasezuvchi relsli zanjirni oziqlantiruvchi hamda releli uchlaridan kodlash mumkin (3.14,b-rasm). Relsli zanjirning kodlanishi, uni poezd qirib kelishi va yo‘l relening frontalal kontakti ajralishidan so‘ng boshlanadi. Transmitterli T relesi oldingi yo‘l uchastka band bo‘lishi bilan ishga tushadi. Transmitterli rele T kontaktini uchkunlanishini oldini olish maqsadida, yo‘l transformatori cho‘lg‘amiga parallel ravishda rezistor Ri va kondensator Si dan iborat bo‘lgan himoyalovchi kontur ulanadi. Releli uchida kodlash uchun maxsus KT kodlash transformatori o‘rnatiladi.


Yüklə 82,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə