Dunyodagi eng tezkor poyezdlar qaysi



Yüklə 40 Kb.
səhifə1/2
tarix19.12.2023
ölçüsü40 Kb.
#150592
  1   2
Dunyodagi eng tezkor poyezdlar qaysi

Dunyodagi eng tezkor poyezdlar qaysi? “Afrosiyob” nechanchi o‘rinda?


Kuni kecha Toshkentni boshqa yirik shaharlar bilan bog‘lovchi “Afrosiyob” poyezdi chiptalarining qimmatlashuvi anchagina shov-shuvlarga sabab bo‘ldi. Ta'kidlash kerak, bu yarim yil ichida ikkinchi marta narx ko‘tarilishidir. Lekin shunga qaramay “Afrosiyob” poyezdlari tezkorligi va qulayligi bilan mijozlar e'tiborini qozongan, nisbatan qimmat chiptalarga qaramay hamisha talabgir.
Xo‘sh, dunyo bo‘yicha eng tezkor poyezdlar qaysi? “Afrosiyob” ular orasiga kira oladimi? Aviatsiya asrida temir yo‘l orqali yo‘lovchi tashish nimasi bilan raqobatbardoshlikni saqlab qolmoqda?
Maqolamizda poyezdlarning tezkorligi bo‘yicha tuzilgan reytingni havola etishdan oldin quyidagi faktlarga e'tiboringizni qaratamiz:
* Dunyoda tezkor poyezdlar ko‘p, lekin ularning aksariyati tezlik bo‘yicha rekord o‘rnatgani holda yo‘lovchi tashishda foydalanilmaydi yoki yo‘lovchilar bilan birga yurganda o‘z imkoniyatlarining katta qismidan foydalanmaydi;
* Ayrim rekordchilar faqat o‘ziga xos va alohida yo‘llarda yura oladilar va ularning tezlik borasidagi rekordlari faqat qayd etish yoki kelajak texnologiyalari uchun bir bosqich vazifasini o‘taydi, ya'ni amalda hali xizmat ko‘rsata boshlamagan.
Reytingda poyezdlarning ham yuqori tezligi, ham yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish tezligi bo‘yicha ma'lumotlar joy olgan.
10. Eurostar e320
Foto: travmagazine
320 km/soat tezlikda harakatlanuvchi e320 Eurostar poyezdlari London, Parij va Bryussel kabi shaharlarni bir-biri bilan bog‘laydi va uzunligi 560 km bo‘lgan mashhur La-Mansh bo‘g‘ozi orqali harakatlanadi. Ikki poytaxt orasida qatnovchi yo‘lovchilar o‘rtacha 2 soatu 15 daqiqada manzillariga yetib borishadi. Bu poyezdlar nemislarning Siemens Velaro zavodida ishlab chiqarilsa-da, Eurostar Fransiya, Buyuk Britaniya va Belgiyaning hamkorlikdagi loyihasi hisoblanadi.
9. Talgo 350 
Biz yaxshi biladigan va yurtdoshlarimiz hamda O‘zbekiston mehmonlariga xizmat ko‘rsatayotgan “Afrosiyob” poyezdi aynan mana shu poyezdning modifikatsiyalaridan biri hisoblanadi. Dastlab Ispaniyaning ikki yirik shaharlari Madrid va Barselonani bir-biriga bog‘lashga mo‘ljallangan Talgo 350 tez orada boshqa davlatlarga ham eksport qilina boshlandi. Bu poyezdning yetakchi avlodlari maxsus yo‘llarda 365 km/soat tezlikka chiqa oladi. Mahalliy aholi uning tumshug‘iga ta'rif berib «Pato» (o‘rdak) deb ataydilar.
8. Shinkansen
Yaponlarning o‘ta yuqori tezlikda harakatlanuvchi poyezdlaridan biri Shinkansen Ye5 va Ye6 modellarga ega. Bu poyezdlar o‘z tezliklarini 400 km/soatga chiqara olishadi va muhim jihati tezlik yuqori bo‘lgani holda qulaylik va xavfsizlikka zarar yetmaydi.
7. Velaro E
Siemens Velaro ishlangan bu poyezd Ispaniyaning RENFE temir yo‘llar kompaniyasiga tegishli bo‘lib, maksimal tezligi 404 km/soatga yetadi va bu borada o‘z davlatining yetakchisi hisoblanadi.

Yüklə 40 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə