Buyuk Ipak yo’lining Markaziy Osiyoda Iqtisodiy munosabatlar rivojlanishidagi o’rni



Yüklə 284,03 Kb.
tarix25.12.2023
ölçüsü284,03 Kb.
#161044
Презентация Microsoft Office PowerPoint


Buyuk Ipak yo’lining Markaziy Osiyoda
Iqtisodiy munosabatlar rivojlanishidagi
o’rni

Reja:

  • Eng qadimgi yo’llar. Buyuk Ipak yo’lining paydo bo’lishi va rivojlanishi.
  • Amir Temur va Temuriylar davrida Buyuk ipak yo’li shuhratining yanada ortishi.
  • XVI asrdan boshlab Buyuk Ipak yo’li ahamiyatining pasayishi, uning sabablari.

Xitoyning Tinch okeani bilan Hindiston, Markaziy Osiyo, Yaqin Sharq, Yevropa davlatlarini bog’lovchi qadimgi savdo yo’li – Buyuk Ipak yo’lidir. Bu yo’l orqali asosan ipak eksport qilinganligi sababli “Ipak yo’li” nomi bilan shuhrat qozongan.Bu yo’l miloddan avvalgi II asrdan to milodiy XV asrgacha, suv yo’llari rivojlanguncha Xitoy, Hindiston, Markaziy Osiyo, Eron, Yaqin Sharq hamda O’rta yer dengiz mamlakatlari o’rtasidagi savdo-sotiq va madaniy aloqalarning rivojida muhim ro’l o’ynagan.
Karvon yo’lining umumiy uzunligi 12 ming chaqirim atrofida bo’lgan. Shu karvon yo’l orqali Xitoydan ipak, Xitoyga esa har xil gazlamalar , gilam va paloslar, oyna, metall, zeb-ziynat buyumlari, qimmatbaho tosh va dorivorlar keltirilgan.
Bir karvonda 500-1000 tagacha odam, ot , tuya, boshqa ulovlar, svadogarlar bilan birga diplomatlar, elchilar xajga boruvchilar, harbiy qo’riqchilar bo’lgan.
XIX asrning 70- yillarida nemis olimi K.Rixtgofen tomonidan “Ipak yo’li” nomi bilan kiritildi. Unga qadar “Ipak yo’li” “G’arbiy meridional yo’l “ deb atalgan
XIV-XV asr oxirida Temur va Temuriylar davlati markazi Movaraunnahr juda ko’p karvon yo’llari orqali Evropa , Yaqin Sharq va Uzoq Sharqning yirik shahar hamda mamlakatlari bilan bog’langan edi.Buyuk ipak yo’liining eng ravnaq topgan oltin davri Temuriylar davriga to’g’ri keladi.Buyuk Ipak yo’li orqali Amir Temur mudofaa, tinchlik barqarorlik, yaxshi qo’shnichilik va savdo-sotiq aloqalarini rivojlantirgan.
Sohibqiron karvon yo’llarida kimda-kim zarar ko’rsa, bunday huquqbuzarliklarga javobgarlikni shu hududlarning hokim va boshqa ma’murlariga yuklagan. Zararni amaldorlar hissasidan undirish qoidasining joriy etilishi xalqaro savdo yo’llidagi huquqiy kafolatlardan biri bo’lib qolgan.
Buyuk Ipak yo’li bo’yida joylashgan shaharlar, avvalo Samarqand Amir Temur davrida yuqori darajada ravnaq topgan. Samarqandga dunyoning barcha taraflaridan savdogarlar kelib turgan. Bu yerda do’koni-u , bozorlar, hunarmandchilik ustahonalari son-sanoqsiz bo’lib mahalliy mahsulotlar chetga sotilgan.Buyuk Ipak yo’li ilmu-fan taraqqiyotida ham muhim o’rin tutgan turli mamlakatlardan kelgan va turli tomonlarga yurtimizdan ketgan olimlar, sayyohlar, hatto savdogarlar ham bir vaqtning ozida ilmu fan jarchilari bolib hizmat qilgan.
Amir Temur vafotidan so’ng boshlangan siyosiy boshbodoqlik va uni bir qancha mustaqil davlatlarga bo’linib ketishi , Buyuk Ipak yo’liga e’tiborni pasayidi.Temuriylar o’zaro kurash bilan band bo’lib, Buyuk Ipak yoliga e’tibor bermay qoydilar. Natija Buyuk Ipak yo’lida karvonlar yurishi kamaydi, chunki ularning havsizligini ta’minlaydigan kuchlar barham topgan edi.
Yüklə 284,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə