O‘zbekistonning Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni ta’minlashdagi o‘rni



Yüklə 4,25 Mb.
tarix27.12.2023
ölçüsü4,25 Mb.
#162076
tarix

O‘zbekistonning Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni ta’minlashdagi o‘rni.

«Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni ta’minlashda Islom Karimovning tarixiy o‘rni»

2019 yil 26-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasida «Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni ta’minlashda Islom Karimovning tarixiy o‘rni» mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ushbu tadbirda ishtirok etish uchun Samarqandga tashrif buyurdi.

  • Davlatimiz rahbari dastlab Islom Karimov qabrini ziyorat qildi. Qur’on tilovat qilindi. Samarqand ramzi bo‘lgan Registon maydoni yonidagi xiyobonda, Islom Karimov tug‘ilib o‘sgan xonadon yaqinida Birinchi Prezidentimizga haykal o‘rnatildi. Bu yerga hukumat a’zolari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, viloyat faollari, nuroniylar, yoshlar jam bo‘ldi. Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zladi. Islom Karimov mamlakatimiz mustaqilligi va yangi davlatchiligining asoschisi, buyuk siyosatchi, dono islohotchi, tinchlikparvar va xalqparvar davlat rahbari sifatida xalqimiz orasida, butun dunyoda katta hurmat qozongan edi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangradi.

  • Davlatimiz rahbarining 2017-yil 25-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Islom Karimov siymosini yaratish bo‘yicha xalqaro ijodiy tanlovda g‘olib deb topilgan haykallarni mamlakatimiz poytaxti Toshkent shahrida, Islom Karimov tug‘ilib o‘sgan Samarqand shahrida va u kishi birinchi rahbar bo‘lib ishlagan Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida o‘rnatish belgilangan edi. 

Samarqand shahrida ochilgan haykal elu yurtimizning Islom Karimovga yuksak hurmati va mehr-muhabbatining yana bir ifodasi bo‘ldi.

  • Marosimda “Nuroniy” jamg‘armasi Samarqand viloyati bo‘limi raisi, “El-yurt hurmati” ordeni sohibi H.Normurodov, “Zarafshon” va “Samarkandskiy vestnik” gazetalari bosh muharriri F.Toshev, Samarqand shahridagi 43-ixtisoslashgan maktab direktori Ye.Kompolshik, O‘zbekiston xalq shoiri S.Sayyid, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabasi, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindori D.Olimova, Birinchi Prezidentimizning turmush o‘rtog‘i Tatyana Karimova Islom Karimov bilan bog‘liq xotiralarini yodga oldi. Buyuk Yo‘lboshchimizning turli sinov va qiyinchiliklarni mardonavor yengib o‘tgani, mamlakatimizni har tomonlama rivojlantirish, xalqimiz tinchligi va osoyishtaligini ko‘z qorachig‘iday asrab-avaylash, turmush sharoitini yanada yaxshilash yo‘lida tinimsiz mehnat qilganini ta’kidladi.

Birinchi Prezidentimiz haykali poyi gullarga burkandi. 

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov tug‘ilib o‘sgan xonadonga tashrif buyurdi. Qur’on tilovat qilinib, elga ehson dasturxoni yozildi. 

Etiboringgiz uchum raxmat


Yüklə 4,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə