Markaziy osiyo transporti



Yüklə 50 Kb.
tarix19.06.2023
ölçüsü50 Kb.
#118036
MARKAZIY OSIYO TRANSPORTI


MARKAZIY OSIYO TRANSPORTI
REJA:

1. Markaziy Osiyo davlatlari xo`jaligini tashkil qilish va rivojlantirishda transportning ahamiyati.


2. O`tmishda sobiq Ittifoq davrida Markaziy Osiyo hududida transport tarmoqlarining holati.
3. Markaziy Osiyoda transport turlari va ularning shu regiondagi davlatlar iqtisodiyotida tutgan o`rni.
4. Markaziy Osiyo davlatlarda o`z transportni takomillashtirish va rivojlantirishda olib borilayotgan ishlar.

Transport – xalq xo`jaligi tarmog`i bo`lib, xo`jalik va aholining yuklarga bo`lgan ehtiyojlarni o`z vaqtida taminlab turadi. Shuningdek, ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi va joylanishiga ta`sir ko`rsatadi. Xalq xo`jaligini transportsiz rivojlantirish mumkin emas, chunki transport sanoat bilan qishloq xo`jaligi o`rtasida ishlab chiqarish aloqalarni, mamlakatning turli rayonlari o`rtasidaxi maxsulot almashinishi, uning ichkli va tashqi aloqalarni ta`minlaydi.


Yangi hududlarni o`zlashtirishdan oldin ularga transport yo`llar o`tkaziladi. Transportning taraqqiyoti ishlab chiqarish kuchlarining taraqqiyot bilan shuningdek texnikaning istiqboli bilan ham bog`liq. Transport qanchalik takomillashgan bo`lsada mamlakatning ichki qismida, shuningdek, jahon xo`jaligi miqiyosida ham ijtimoi mehnatning hududiy taqsimlanishi taraqqiy etadi. Transportning taraqqiyoti mamlakatda va uning ayrim rayonlarida ishlab chiqarishning ixtisoslashuviga ta`sir ko`rsatadi. Transport mamlakatning siyosiy va madaniy hayotida muhim ahamiyatga ega.
O`tmishga nazar tashlasak , Markaziy Osiyo hududidan “Buyuk ipak yo`li” o`tgan. Ipak yo`li g`arbiy Yevropani janubiy va sharqiy Osiyo bilan bog`lab turgan, uning shaxobchalari Markaziy Osiyo hududi bo`ylab tarqalgan. Markaziy Osiyodagi halqlar bir-birlari bilan shuningdek, qo`shni hududlardagi xalqlar bilan ijtimoiy, madaniy aloqa qilganlar. “Buyuk ipak yo`li”ning ta`sirida yirik shaharlar, obod maallalar barpo bo`lgan, madaniyat va ma`rifat taraqqiy etgan. Buyuk geografik kashfiyotlar davrida dengiz yo`llarining ochilishi, shuningdek, yaqin va o`rta sharq mamlakatlarida vaziyatning keskinlashuvi oqibatida Buyuk ipak yo`lining Markaziy Osiyo hududidagi mavqeyi pasayib borgan.
Chor Rossiyasi davrida Markaziy Osiyo huddlarining katta qismi bosib olinishi natijasida boy tabiiy va mineral resurslar o`zlashtirildi. Mintaqa xom – ashyo yetkazib beruvchi o`lkaga aylantirildi. Natijada regionda transport aloqalari shakllandi. Dastlapki temir yo`llar Chor Rossiyasi davrida qurilgan. Turkmanboshi (Krasnovodsk)- Ashgabad- Chorjo`y- Kogon- Samarqand-Toshkent. O`zbekistonda temir yo`l qurulishi 1888 yilda boshlanib, Chorjo`y temir yo`li davom ettirilib Samarqandga olip kelingan, 1890 yilda esa Toshkentdan Andijonga yetkazildi. 1905 yilda Oreburg va Toshkent oralig`ida temir yo`l qurildi.
Sobiq ittifoq davrida 1931 yili Turksib temir yo`l magistralining (1445 km) ishga tushurilishi Markaziy Osiyoning iqtisodiy va madaniy hayotida katta ahamiyatga ega bo`ldi. Shunday qilib Markaziy Osiyo hududida Aris-Orenburg, Aris-Novosibrsk, Toshkent-Krasnovodsk yo`nalishlari bir-birlari bilan bog`landi. Respublikamizning ichki hududlari ham temir yo`llar bilan ta`minlandi, temir yo`l transportining zichligi ortib bordi. Jumladan, Qozog`istonda Petropavlovsk-Borovo temir yo`li Qarag`anda va Balxashga yetkazildi, Jarik- Jezkazg`on, Atiray-Orsk, janubiy Sibir temir yo`l magistrallari qurildi. Shuningdek, O`rta-Sibir magistrali (Kustanay, Ko`kchatov- Irtish-Karasuv) Baykal- Qo`ng`irot (1972) va Makat- Aleksandr Gay temir yo`llari ishga tushurildi. Qirg`izistonda Lugovaya- Bishkek- Baliqchi; O`zbekistonda Chorjo`y- Qo`ng`irot temir yo`li 1950-1955 yillarda, Navoiy, - Uchquduq 1962 yilda , Termiz-Qo`rg`ontepa-Yanvan, Nukus- Chimboy (1990 yil), Tuyamo`yin- To`rtko`l va boshqa yo`nalishda temir yo`l qo`yildi.
Sobiq Ittifoq davrida Markaziy Osiyo hududlarida shaxar va qishloqlarni, tog`-kon sanoati markazlarini, chorvador tumanlarini birlashtiruvchi transit va mahaliy avtomobil yo`llari ham qurulish ishga tushurildi. Biroq bu temir yo`l, yoki avtomobil yo`li quvur hamda suv va havo yo`lib o`lsin, ular “markaz” ko`rsatmasi rejasi asosida barpo etildi. O`sha davrda hudutdagi respublikalarning ixtiyori markazning qo`lida edi. Shuning uchun ham ehtiyojdan kelib chiqqan holda biron – bir transport tarmog`ining qurish va barpo etish “markaz” ko`rsatmasisiz mumkin emas edi. Bunga quvur transporti orqali gazlashtirishni misol qilib olsa bo`ladi.
Sobiq Ittifoq davrida transport yo`llarining zichligi ham respublikalarda bir xil emas edi.
Masalan:har 1000 kv.km.ga to`g`ri keladigan temir yo`llar zichligi-Qirg`izistonda- 1,8 km; Turkmanistonda-4,9 km; O`zbekistonda- 14,7 kmga; avtomobil yo`llarining zichligi Ukrainada 412,2 km bo`lgan holda, Turkmanistonda 43,2 km, Tojikistonda 133,4 kmga va O`zbekistonda 207,4 kmni tashkil qilgan.
Markaziy Osiyoda yuk va pasajir tashishda temir yo`l transportining ahamiyati katta. Shuning uchun ham tranzit temir yo`llardan tashqari mahalliy temir yo`llar qurishga katta e`tibor berilmoqda. Transport yo`llarining ahamitati respublikaning tabiiy sharoiti, ehtiyojdan kelib chiqqan holda bir-biridan farqlanadi.
Masalan: Qirg`iziston va Tojikiston respublikalarida rel`ef xususiyatini e`tiborga olganda avtomobil transportining hissasi salmoqlidir. Shuning uchun respublikalarda meridional va parallel yo`nalishdagi avtomobil yo`llarini qurishga katta e`tabor qaratilgan. Bundan avtomobil yo`llar istiqlol xalqasida, Bishkek-O`sh, O`sh-Xorog, Dushanbe-Xorog, Dushanbe-Xujand, Toshkent-Termiz orasida, janubiy Turkmanistonda ham qurilgan. O`zbekistonda foydalanilgan avtomobil yo`llarining uzunligi 43,4ming km. Qozog`istonda avtomobil yo`llarining umumiy uzunligi, 40 000 kmdan ortiq. Asosiy Avtomobil yo`li magistrallariga Almati-Bishkek- Shimkent- Toshkent;Almati-Toldi Qurg`on-Ust`-Kamenogorsk; Semipalatinsk-Pavlodor-Omisk yo`nalishlari kiradi.
Markaziy Osiyoda suv transpoti Balxash ko`lida, Irtish, Ural, Amudaryoda mavjud, Markaziy Osiyo davlatlarini bog`lovchi Turkmanboshi porti dengiz transporti markaz vazifasini bajaradi. 1962 yilda Turkmanboshi- Baku paromi ochildi va unda har xil yuklar tashiladi. Amudaryo suv transportidan Tojikiston, Afg`oniston, O`zbekiston, Turkmaniston davlatlari foydalansa, Irtish daryosi transportidan Qozog`iston Rossiya, Xitoy davlatlari foydalanishadi. Suv transportidda ayniqsa Kaspiy dengizining qisman Orol dengizi va Issiqko`lning ham salmoqli ulushlari bor.
Markaziy Osiyo hududida asosan Qozog`iston, O`zbekiston va Turkmanistonda, qisman Tojikiston va Qirg`izistonda quvur trasporti rivojlangan. Jumladan O`zen G`arbiy Qozog`istonga Atirau-Orsk, O`zen-Atirau-Sizran oralig`ida neft tashuvchi quvur transporti. Neft tashuvchi quvur transporti O`zbekistonda dastlab 1908 yilda Chimyon neft konida Vannovsk (Oltiariq) neftini qayta ishlash zavodiga tortilgan. Respublikada uzunligi 100 km bo`lgan Ko`kdumaloq-Buxoro neft tashuvchi quvur transporti 1994-1997 yillarda qurulib ishga tushurildi. Eng uzun gaz tashuvchi quvur transporti markazda Turkmaniston, O`zbekiston va Qozog`iston hududlaridan o`tkazilgan. Nebitdog`-Krasnovosdsk (Turkmanboshi); Jarqoq-Buxoro-Samarqand-Toshkent; Muborak-Toshkent-Shimkent-Taraz-Bishkek-Olmaota shular jumlasidandir.
Markaziy Osiyoda havo transportining ham ahamiyati katta. Havo transporti respublikaning ichki qismlarini, shuningdek, respublikalar orasini ham xorijiy davlatlarni bir-birlari bilan bog`laydi va respublikalarning ijtimoiy, iqtisodiy hayotida muhim rol o`ynaydi.
Markaziy Osiyo respublikalari mustaqillikga erishganlaridan keyin transportning xo`jalikdagi va aholiga xizmat ko`rsatishni tubdan yaxshilash va transport boshqarish tizimini takomillashtirish masalalarida birqator ishlarni amalga oshirishda ham chora tadbirlar ishlab chiqilmoqda.
Jumladan O`zbekistonda transport korxonalari davlat ishtirokida aksionerlik kompaniyalari, ochiq turdagi aksionerlik, ma`suliyati cheklangan jamiyatlarga jamoa korxonalariga aylantirildi. Shuningdek, mamlakat mustaqilligi va iqtisodiyoti uchun katta ahamiyatga ega bo`lgan, Xitoy, Koreya, Yaponiya, Eron, Turkiya va G`arbiy Yevropaning janubi bilan tutashtiriladigan Transosiyo magistrali-Istambul-Toshkent-Olmaota-Pekin qurulishida ishtirok etmoqda.
Respublika quruvchilari uzunligi 133km bo`lgan. Tajan-Seraxs temir yo`lini (133km) qurishda qatnashdilar. O`zbekiston Xitoyga chiqish imkoniyatini beruvchi Andijon –O`sh-Ergashtom-Qashqar (1997), Xind okeaniga chiqishga imkon beradigan Toshkent-Termiz, Xitoy, Karachi (1995) avtomobil yo`li qurilishida qatnashmoqda.
Bunday hamkorliklar transportning boshqa turlari bo`yicha ham olib borilmoqda va ular ijobiy natijalar bermoqda.
Masalan: “O`zbekiston havo yo`llari” milliy aviakompaniyasi Germaniya , Fransiya, Rossiya firmalari bilan turli soxalarda hamkorlik qilmoqda. Shuningdek, Kaspiy bo`yida yangi portlar qurish, dengizda kema qatnovini yaxshilash bo`yicha Markaziy Osiyo davlatlari o`rtasida hamkorlik qilish hozirgi kunning eng muhim mavzusiga aylangan.
Markaziy Osiyo davlatlari o`z transportini takomillashtirish va rejalashtirishda ichki va tashqi aloqalarni kuchaytirishda hamkorlik shartnomalarini tuzishmoqda va yaratuvchanlik ishlarini amalga oshirishga harakat qilmoqda.
XXI asrning birinchi choragida Markaziy Osiyo hududida yagona transport tizimini vujudga keltirish uchun bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Natijada Markaziy Osiyo davlatlarining ichki va tashqi ma`daniy, ma`rifiy, iqtisodiy va siyosiy aloqalari ortib boradi. Bu o`z navbatida mintaqada ishlab chiqarish kuchlarini jadal rivojlantirishga, samarali ixtisoslashuviga xizmat qiladi.


A D A B I Y O T L A R R O` Y X A T I



  1. I.A.Karimov. “O`zbekiston XXІ asr bo`sag`asida, xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlariva taraqqiyot kafolotlari” T., “O`zbekiston” 1997.

  2. I.A.Karimov. “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, T., “O`zbekiston” 1998.

  3. I.A.Karimov. “O`zbekiston XXI asrga intilmoqda” T., “O`zbekiston” 1999.

  4. G.R.Asanov., M.Nabixonov., I.Safarov. “O`zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi”. T., “O`qituvchi” 1994.

  5. Z.M.Akramov., A.A.Rafiqov. “Прошлое, настоящее и будущее Аральского моря”. T., “Mehnat” 1990.

  6. T.J.Jumaboyev. “Markaziy Osiyo mamlakatlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi”. (Ma’ruzalar matni). Samarqand – 2001.

  7. G`.R.Pardayev. “Markaziy Osiyo mamlakatlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi”. (Amaliy mashg`ulotlar). Angren – 2003.

  8. A.N.Ro`ziyev. “Markaziy Osiyo mamlakatlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi”. Termiz – 2000.

  9. A.Soliyev., L.Qarshiboyeva. “Iqtisodiy geografiyaning nazariy va amaliy masalalari”. T., 1999.

  10. A.S.Soliyev., E.A.Ahmedov., R.Y. Mahamadaliyev. “Mintaqaviy iqtisodiyot”. T., “Universitet”. 2003.

  11. “O`zbekiston milliy ensiklopediyasi” T., 1998.

  12. I.A.Hasanov., P.N.G`ulomov. “O`rta Osiyo tabiiy geografiyasi”. T., 2002.

  13. Kalonov B.H. O`RTA OSIYO IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYASI» FANIDAN MA’RUZALAR MATN

  14. www. Ziyonet.uz

  15. www.NUR.uz

Yüklə 50 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə