«sotsial psixologiya» fanidan 12-mavzu: liderlik va boshqaruv samarqand – 2023 yil reja



Yüklə 1,16 Mb.
səhifə1/9
tarix05.06.2023
ölçüsü1,16 Mb.
#115479
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
12-mavzu (2)


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
«SOTSIAL PSIXOLOGIYA» FANIDAN
12-MAVZU: LIDERLIK VA BOSHQARUV
Samarqand – 2023 yil
REJA:
  • Boshqaruv psixologiyasining sotsial psixologik jihatlari
  • Guruhlarda rahbarlik va liderlik
  • Liderlik uslublari haqida tushuncha
  • Rahbarlik sifatlari

«Biz oldimizga qanday maqsad qo’ymaylik, qanday muammoni yechish zarurati tug’ilmasin, gap oxir-oqibat, baribir rahbar kadrlarga, yana rahbarlarga taqalaveradi.
Mubolag’asiz aytish mumkinki, bizning kelajagimiz, mamlakatimiz kelajagi, o’rnimizga kim kelishiga yoki boshqacharoq aytganda, qanday rahbar kadrlar tayyorlashimizga bog’liq».
O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti
I.A.Karimov
“Asosiy vazifa – bu yuqori kasb mahorati va zamonaviy tafakkurga ega, puxta o’ylangan, har tomonlama to’g’ri qaror qabul qila oladigan, belgilangan maqsadlarga erishadigan rahbarlar va mansabdor shaxslarning yangi tarkibini shakllantirishdan iborat”.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
Sh.M.Mirziyoyev

“O’zgalar psixologiyasini bilish ular ustidan hukmronlikning yagona yo’lidir“.

Blez Paskal: Insonlarga ta’sir qilishning ikki usuli mavjud:

“ISHONTIRISH USULI”, “YOQISH USULI”.

Ikkinchisi samaraliroqdir, negaki insonga yoqmay turib uni ishontirish qiyin.


1.BOSHQARUV PSIXOLOGIYASINING SOTSIAL PSIXOLOGIK JIHATLARI
Oxirgi yillarda inson omiliga e`tiborning ortib borishi munosabati bilan boshqaruv psixologiyasi masalalariga ham qiziqish kuchaydi. Shu asosda psixologiyaning maxsus bo`limi boshqarish psixologiyasi paydo bo`ldi. Boshqaruv psixologiyasi psixologiyaning shunday tarmog’iki, u boshqaruv faoliyati bilan bog’liq bo’lgan muammolarni, shaxsni va shaxslar guruhi tomonidan boshqa guruhlar faoliyatini samarali tashkil etish va birgalikdagi faoliyatni amalga oshirishning psixologik mexanizmlarini o’rganadi.
Sosial psixologiya boshqaruv masalalariga e’tiborini qaratganda, eng avvalo, ushbu faoliyatning samaradorligini, u orqali rahbarning ta’sir ko’lamini o’rganadi. Masala ochiq tarzda quyidagicha qo’yiladi: boshqaruvchi yoki rahbar o’z faoliyatida qanday omillardan va qay darajada omilkorona foydalanmoqda, uning “ta’sir kuchi” tom ma’noda ijtimoiymi yoki iqtisodiymi? Lo’nda qilib aytganda, bu rahbarning obro’ topish yo’llarini qay tarzda namoyon etayotganligi va qaysi omillardan ko’proq foydalanishini aniqlashni taqozo etadi.
Masalan, hayotda shunday rahbar borki, u bilan ishlashning o’zi jamoaga zavq bag’ishlaydi, unig insoniyligi, saviyasi, xalq ichidagi obro’si uning moddiy rag’batlantirish imkoniyatlariga bog’liq emas. Boshqa bir rahbarning aytgani-aytgan, degani-degan, chunki u har bir xodimga, har bir yutug’i uchun faqat moddiy rag’batlantirish usullaridan foydalanadi. Kimga qay biri ma’qulligiga qarab, ba’zan xodimning ishga, burchga va mas’uliyatga munosabatini bilsa bo’ladi.

Yüklə 1,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə