«sotsial psixologiya» fanidan 12-mavzu: liderlik va boshqaruv samarqand – 2023 yil reja



Yüklə 1,16 Mb.
səhifə8/9
tarix05.06.2023
ölçüsü1,16 Mb.
#115479
1   2   3   4   5   6   7   8   9
12-mavzu (2)

JAMOA YETAKCHISI
Odatda, yetakchilik haqida gapirilganda, u yoki bu shaxsning alohida, boshqalarda bo’lmagan o’ziga xos xususiyatlari nazarda tutiladi. Kishi o’zida «yetakchilik» sifatlarini shakllantirib, «sardor»ga aylanishi mumkin. Bu sifatlar nimalardan iborat? Deylik, bir odam sport zaliga kelib, trenerdan kuchli bo’lish uchun nima qilishi kerakligini so’raydi. Trener shtanga ko’tarishni maslahat beradi. Shamolday tez yugurishni istaganlarga esa «Yugur!» deydi. Aniq yo’nalish berilgandan so’nggina g’alabaga intilish, iroda, qat’iyat, muntazam va ilmiy asoslangan mashg’ulotlar haqida gapiriladi.
Begona davraga kelib qo’shilgan odam u yerda kim xo’jayinligini darhol payqaydi. Uning buni qanday ilg’aganligini sharhlash mushkul. Nima bo’lganda ham, intuisiya va davradagilar allaqachon ko’nikib qolgan tashqi belgilar kishiga pand bermaydi. Demak, yetakchini quyidagi belgilariga ko’ra ajratib olish mumkin:
1) yetakchi qaror qabul qiladi – biror harakatning turli variantlarini ko’rib chiqadi, xatto mutaxassislar bilan maslahatlashadi, ammo so’nggi qarorni faqat o’zi qabul qiladi.
2) yetakchi vazifa topshiradi – albatta og’zaki buyruq yoki yozma murojaat sifatida emas. Hamisha xushmuomalalik bilan, iltimos yoki maslahat ohangida. Muhimi – o’zini atrofdagilar nima qilishi kerakligini yaxshi biladiganday tutishda.
3) yetakchi tortinmay «menimcha», «o’ylaymanki», «nazarimda» deya oladi. U kechayotgan voqea-hodisalar boshqa kuchlar ta’sirida sodir bo’layotganligini bildirmaydi. Xuddi armiyadagiday: oddiy askar buyruqni generaldan emas, o’z boshlig’idan eshitadi. Boshliq hech qachon «bu generalning buyrug’i» demaydi, chunki bunday hisobot uning askar oldidagi obro’sini tushiradi.
4) yetakchi ish tartibini o’zi belgilaydi: qachon, qancha va aynan nima ustida ishlashni o’zi hal qiladi. Bu yetakchi boshqalardan kam ishlaydi, degani emas. Jamoa xodimlar intilishini ularning ish kuniga qarab belgilash mumkin. Biror xodim hammadan keyin qolib kechgacha ishlasa, quvonishga shoshilmaslik darkor. Bu – xodim ish kunini, hatto cho’zayotgan bo’lsa ham, o’zi belgilayotganligini, demak, hozirgi ahvolidan ko’ra yuksakroq amallarni ko’zlayotganligini bildiradi. Bu esa rahbar uchun xavfli belgi.

Yüklə 1,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə