«sotsial psixologiya» fanidan 12-mavzu: liderlik va boshqaruv samarqand – 2023 yil reja


“Lider” va “rahbar” tushunchalari o’rtasidagi farqlar haqida B.D. Parigin shunday yozadi



Yüklə 1,16 Mb.
səhifə3/9
tarix05.06.2023
ölçüsü1,16 Mb.
#115479
1   2   3   4   5   6   7   8   9
12-mavzu (2)

“Lider” va “rahbar” tushunchalari o’rtasidagi farqlar haqida B.D. Parigin shunday yozadi:
  • lider asosan guruhdagi shaxslararo munosabatlarni boshqarsa, rahbar — shu guruhdagi rasmiy munosabatlarni boshqaradi;
  • liderlik kichik guruhlargagina xos bo’lgan hodisa bo’lsa, rahbarlikning haq-huquqlari katta guruhlar doirasida ham sodir bo’lishi, amalga oshirilishi mumkin;
  • agar liderlik stixiyali, betartib jarayon bo’lsa, rahbarlik maqsadga qaratilgan, jamiyatda ishlab chiqilgan normalar, tartiblar asosida saylovlar oqibatida sodir bo’ladigan hodisadir;
  • liderlik rahbarlikka nisbatan vaqtinchalik hodisa bo’lib, guruh a’zolarining kutishlari, ularning kayfiyatlari, faoliyat yo’nalishiga qarab, uzoqroq muddatda yoki qisqa muddatda ro’y beradi;
  • rahbarning liderdan farqi yana shundaki, u liderda yo’q bo’lgan jazolash va ragbatlantirish tizimiga ega bo’lib, shu asosda o’z xodimlariga ta’sirini o’tkazishi mumkin;
  • lider guruhda u yoki bu qarorlar, ko’rsatmalar, tashabbuslarni o’z ixtiyoricha, bevosita chiqarishi mumkin, rahbarda esa bu yo’nalishda ko’plab rasmiy ko’rsatmalar, rejalar, normalar, buyruqlar mavjudki, ular doirasidan chiqib ketishi qiyin;
  • liderning faoliyati faqat kichik guruhlar doirasida amalga oshirilsa, rahbar shu guruhdagi, kengroq ijtimoiy doiradagi, jamiyatdagi vakili bo’lganligi uchun, uning vakolatlari ham keng, faoliyat imkoniyatlari ham ortiqdir.

Liderlikka oid nazariyalar
Xarizmatik nazariya
Vaziyatga bog’liqlik nazariyasi
Sintetik nazariya
Xarizmatik nazariya
Birinchisi ''liderlik sifatlari nazariyasi"dir yoki xarizmatik nazariya. Uning mohiyati shuki, hamma ham lider bula olmaydi, ayrim shaxslarda shunday sifatlar yig’indisi tug’ma mavjud bo’lib, ular uning guruhda lider bo’lishini ta’minlaydi. Masalan, 1940 yilda amerikalik K.Berd 79 sifatdan iborat bo’lgan liderlik qirralari ro’yxatini tuzdi. Bu ro’yxatda jumladan tashabbuskorlik, muloqotga kirisha olish, yumor hissi, o’ziga ishonch, tez va aniq qarorlar qabul qila olish, tashkilotchilik kabi sifatlar bor edi. Lekin bu nazariyaning xatoligi shunda ediki, birinchidan, u yuqoridagi sifatlar qanday qilib namoyon bo’ladi-yu, qanday shakllanishini tushuntirib bera olmadi, ikkinchidan, so’roqlar mobaynida birorta sifat ham mutlaq ko’p marta qayd etilmadi.

Yüklə 1,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə