«sotsial psixologiya» fanidan 12-mavzu: liderlik va boshqaruv samarqand – 2023 yil reja


Shunday qilib, boshqaruv jarayonining o’zida ikki mihim jabhani farqlash mumkin



Yüklə 1,16 Mb.
səhifə2/9
tarix05.06.2023
ölçüsü1,16 Mb.
#115479
1   2   3   4   5   6   7   8   9
12-mavzu (2)

Shunday qilib, boshqaruv jarayonining o’zida ikki mihim jabhani farqlash mumkin:
1. Ijtimoiy jabha – bu boshqaruvda asosan ma’murchilik yo’lini nazarda tutadi. Rahbar faqat ma’muriyat a’zosi, uning yetakchisi sifatida idrok etiladi. Bunday rahbar tashkilot yoki muassasada boshqaruv apparati bo’lishi shart bo’lganligi bois mavjud bo’lib, uning xodimlar bilan o’zaro muloqoti ahamiyatga ega emas. Xodimlar bunday sharoitda “falon yerda ishlayman” degan iborani ko’proq ishlatishadi;
2. Psixologik jabha – bu xodimlar tomonidan rahbarning yetakchiligi, ish-faoliyat mobaynida orttirgan obro’si, nufuzi orqasidan ularga ta’sir ko’rsata olish qobiliyatini nazarda tutadi. Xodimlar o’zaro “men falonchi rahbar bilan ishlayman” iborasini mamnuniyat bilan ta’kidlashadi.
2. GURUHLARDA RAHBARLIK VA LIDERLIK
Psixologik adabiyotlarda “rahbar”, “lider”-“yetakchi”, “boshliq” kabi atamalar deyarli sinonim sifatida ishlatiladi. Aslida psixologik nuqtai nazardan, bu tushunchalarda muayyan farqlar va umumiylik bor. Umumiylik shundaki, har biri kimningdir kimlar ustidan hukmronligini, ustun sifatlarga ega ekanligini ifodalaydi. Farqi shuki, “lider”-“yetakchi” shaxsning guruhga munosabatini ifodalab, uning a’zolariga ta’sir o’tkazuvchi va maqsadga yetaklovchiga nisbatan ishlatiladi. Yetakchilik guruh tarkibini, undagi munosabatlar tizimini tahlil etish orqali aniqlanadigan shaxslar holatidir.
Lekin liderga xos bo’lgan fazilatni ifodalovchi yana qator jihatlar borki, ularni munosabatlar tizimi doirasidagina tahlil etolmaymiz. Bunday talqinda liderga xos bo’lgan asosiy jihatlardan yana biri – shaxsning vaziyatga muvofiq ravishda harakat qilish qobiliyatini hisobga olish zarurati tug’iladi. Biron-bir muammoli vaziyatda paydo bo’lgan qiyinchilikni bartaraf etishdagi tashabbus, topqirlik, mohirlik liderga xos fazilatlardir. Muammoni yechish bilan bog’liq qiyin vaziyatda lider boshqalarga nisbatan o’zining ilg’orligi, peshqadamligi bilan ajralib turadi.
“Rahbar” esa ko’proq shaxsning u boshchilik qilayotgan jamoadagi faoliyatga aloqadorligini, uning rasmiy mavqeini bildiradi. Shuning uchun ham har doim ham lider bilan rahbar bir shaxs bo’la olmaydi. Rahbarlar bir-birlaridan nimasi bilan farq qiladi, degan savol o’rinli. Ular asosan odamlar bilan ishlash, ularga ta’sir ko’rsatish va ishni tashkil etish mahoratiga ko’ra farqlanadilar. Shunga bog’liq ravishda fanda boshqaruvning bir necha uslublarini farqlab, o’rganishadi.

Yüklə 1,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə