«sotsial psixologiya» fanidan 12-mavzu: liderlik va boshqaruv samarqand – 2023 yil reja



Yüklə 1,16 Mb.
səhifə9/9
tarix05.06.2023
ölçüsü1,16 Mb.
#115479
1   2   3   4   5   6   7   8   9
12-mavzu (2)

5) yetakchi savol beradi. Hatto zamonaviy qarashlarga umuman rioya etmaydigan kishilar ham axborotga egalik – hukmronlik ekanligini yaxshi bilishadi. Savolga javob berayotgan odam so’rayotgan kishiga tobe maqomida turadi. Bekorga «Bu yerda savolni men beraman!» iborasi munosabatlar notengligining yorqin namunasi bo’lib qolmagan.
6) yetakchi o’zi kerak deb hisoblagancha sukut saqlaydi. U bemalol atrofdagilar uning javobini kutayotganligini o’ylamasdan uzoq jim qolishi yoki aksincha, gapirayotgan odamni keskin savol, javob, ibora yoki qo’l harakati bilan to’xtatib qo’yishi mumkin.
7) yetakchi ko’p joy egallaydi. Bu yetakchi yalpayib o’tiradi, degani emas. Shunchaki, u o’z hududini chegaralamaydi, o’ziga qanday qulay bo’lsa, shunday harakat qiladi: istagan joyida yuradi, narsa va odamlar joyini o’zgartiradi (nazokat bilan o’tib ketishi uchun ozgina surilishlarini so’raydi). U atrofdagilarga nimalarga e’tibor qaratishlari lozimligini bildiruvchi qo’l harakatlari bilan atrofida vizual maydon hosil qiladi. Hammadan baland yoki past ovozda gapirishi bilan esa tovush maydonini yaratadi.
8) yetakchi maqsad ko’zlaydi. U shunchaki ketayotgan ish haqida gapirmaydi, balki atrofdagilarga qaysi maqsad sari intilayotganini eslatib turadi. Bu bilan u asosiy maqsadni hamisha yodda tutishi va hamsuhbatlariga hamkorlikdagi harakatlari besamar emasligini, bu aniq natijaga intilish ekanligini bildiradi.
9) yetakchi mas’ul bo’ladi. Oddiy xodim osongina «Menga nima? Kichkina odam bo’lsam! Qo’limdan nima ham kelardi?» deb ayta oladi. Yetakchi – hech qachon! Hatto o’zi yo’qligida yuz bergan hodisaga ham o’zini javobgar sezaveradi.
10) yetakchi baho beradi. U maqtaydi yoki tanbeh beradi. Yetakchi o’zini «baho qo’yishga» haqli hisoblaydi. Va atrofdagilar ham uning bu huquqini tan olishadi.
Albatta, bu belgilar yetakchilik fenomenini mukammal tasvirlay olmaydi. Ammo ular yordamida jamoangizda kim nimaga qodiru nimaga intilishini bilib olish mumkin. Aynan sizni maqtaydigan yoki qoralaydigan, savollar bilan bezovta qiladigan, atrofida mavjud bo’sh joyni ovozi va harakatlari bilan egallab oladigan, kelajak haqida – amalga oshmas, kulgili tuyulsa-da – o’y suradigan, javobgarlikni «men aybdorman» deb darhol zimmasiga oladigan xodimni ko’rganda tushunasiz. Bu odam – yetakchi. Va beixtiyor u taklif etgan ssenariy bo’yicha ish tuta boshlaysiz. «Shohni a’yonlari yaratadi» deyishadi aktyorlar. Ya’ni bir personaj qirol bo’lishi uchun qolganlar o’zini unga tobe qilib tutishadi. Aks holda sahnadagi aktyorlarni «bittasi mansabparastlik xastaligiga chalingan telbalar to’dasi», deb qabul qilish mumkin…
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Yüklə 1,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə