6-Mavzu. Sotsiologiyada sotsial stratifikatsiya va sotsial mobillik Reja



Yüklə 70,88 Kb.
səhifə1/14
tarix28.11.2023
ölçüsü70,88 Kb.
#135460
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
6-Mavzu. Sotsiologiyada sotsial stratifikatsiya va sotsial mobil-fayllar.org (1)


6-Mavzu. Sotsiologiyada sotsial stratifikatsiya va sotsial mobillik Reja




6-Mavzu. Sotsiologiyada sotsial stratifikatsiya va sotsial mobillik 
Reja: 
1. Sotsial stratifikatsiya tushunchasi, uni o’rganishdagi yondashuvlar
2. Stratifikatsiya modellari va turlari
3. Sotsial mobillik tushunchasi va uning turlari
4. Jamiyat sotsial stratifikatsiyasidagi o‘zgarishlar va uning o‘ziga xos jihatlari
1. Sotsial stratifikatsiya tushunchasi, uni o’rganishdagi yondashuvlar 
Sotsial stratifikatsiya – jamiyat va uning qatlamlari tuzilishini, ijtimoiy tabaqalanish, tengsizlik belgilari
tizimini ifodalaydi. Stratifikatsiya (lot stratum - qatlam va fatsio – bajaraman) - jamiyat tuzilmasi, alohida
qatlamlari, ijtimoiy tabaqalanish belgilari tizimi va tengsizlikni ifoda etuvchi sotsiologik tushunchadir.
Daromad, hokmiyat, prestij va ma'lumotlilik darajasi insonninng ijtimoy-qtisodiy statusini aniqlab berib,
uning jamiyatda egallagan o‘rnini ko‘rsatib beradi. Bu xolatda status stratifikatsiyani umumlashtiruvchi
ko‘rsatkich sifatida namoyon bo‘ladi. Belgilangan statuslar qatiy belgilangan stratifikatsion tizim, ya'ni yopiq
jamiyatni anglatadi. Ma'lumki, yopiq jamiyatlarda bir stratadan boshqasiga o‘tish qat'iyan man etilgan bo‘ladi.
Bundan tizimlarga quldorlik, kasta va soslovie mavjud bo‘lgan jamiyatlar kiradi.
Erishiladigan statuslar siljuvchi yoki harakatdagi stratifikatsion tizimlarga xos bo‘lib, ochiq jamiyatlarda
kuzatiladi. Ochiq jamiyatlarda insonlarning bir stratatdan boshqasiga erkin harakatlanishiga yo‘l ochib
berilgan bo‘ladi. Bunga sinflar va kapitalistik munosabatlar o‘rnatilgan zamonaviy jamiyatlarnr misol
qilishimiz mumkin. Jamiyat stratifikatsiyasininng tarixiy jihatdan qaror topgan tiplari shular sanaladi.
Stratifikatsiya sotsiologiyaning asosiy tushunchalaridan biri sifatida jamiyatning ijtimoiy tarkibi,
ijtimoiy guruhlari va ularni tabaqalanishi belgilari tizimini o‘zida aks ettiradi. Hozirgi zamon stratifikatsion
yondashuvining nazariyotchilari ijtimoiy guruhlarning ishlab chiqarishdagi ishtiroki, jamiyatning asosan
mulkka bo‘lgan munosabati asosida tabaqalashuvi xususidagi marksistik yondashuvni inkor etib, jamiyat
ma'lumot, ruhiyat, maishiy shart sharoitlar, bandlik darajasi, daromad ko‘lamlari va boshqa belgilarga ko‘ra
tabaqalanishini asoslab beradilar. Ular yuqoridagi belgilarga ko‘ra ajraluvchi ijtimoiy guruhlardan tashqari,
yuqori tabaqa, o‘rta tabaqa va quyi tabaqa doimiy amal etishini ta'kidlaydilar.
G‘arb sotsilogiyasida jamiyat ijtimoiy tarkibi sotsial stratifikatsiya tushunchasi asosida o‘rganiladi.
Demak stratifikatsiya G‘arb sotsiologiyasining asosiy tushunchalaridan biri bo‘lib, jamiyat ijtimoiy
tarkibining ijtimoiy tabaqalarga, guruhlarga ajratilganini, jamiyatdagi ijtimoiy tengsizlikni ifoda qiladi.
Maks Veber tomonidan sotsiologiyadagi sotsial stratalarni o‘rganish yoki stratifikatsiya nazariyasiga
asos solingan. Ungacha K.Marks tomonidan jamiyat mulkka egalik qilish kriteriysi asosida ikki sinfga
ajratilgan edi.
Karl Marks birinchilardan bo‘lib sinf tushunchasini aniqlashtirgan va ishlab chiqqan. Unga ko‘ra,
ijtimoiy sinflar – bu mehnatni tashkil etishdagi roli, ishlab chiqarish vositalariga bo‘lgan munosabati, mehnat
jarayonida egallagan joyi, mol-mulkka erishish usullari va uning shakliga ko‘ra, shuningdek,sotsial statusiga
ko‘ra bir-biridan farqlanuvchi insonlarning yirik guruhlari. Har bir jamiyatda eng kamida ikkita sinf mavjud
bo‘ladi. Unga ko‘ra, jamiyat mulkdorlar sinfi va mulksizlar sinfiga ajratilgan. Marksning nazariyasida
mulkdorlar sinfi deyilganida ishlab chiqarish vositalariga ega bo‘lgan quldorlar, feodallar, burjua vakillari
tushunilgan. Mulksizlar esa ishlab chiqarish vositalariga hamda mulkka egalik qilish huquqidan mahrum
bo‘lganlar kirgan. Bularga qullar, proletariy va krestyanlar kirgan.
Ammo aytib o‘tish kerakki, Marksning sinflar nazariyasida intelligensiya kabi ba'zi guruhlar
kiritilmagan.Olim ularni mazkur ikki sinf oralig‘idagi ko‘rinishlar, oraliq sinflar nomi bilan atagan. Aynan shu



jihati bilan mazkur nazariya XIX asr oxiriga kelib o‘zining tor doirada ekanligini ko‘rsatdi. Natijada M.Veber


tomonidan stratifikatsion nazariya yaratildi.
M.Veberning stratifikatsion nazariyasida jamiyat a'zolarini guruhlarga ajratishdagi kriteriylar soni
ortgan. Mulkka bo‘lgan munosabat va daromad miqdori kabi iqtisodiy ko‘rsatkichlardan tashqari hokimiyatga
bo‘lgan munosabat va prestij kriteriylari kiritildi. Prestij deyilganida, inson tomonidan tug‘ilganida yoki umri
davomida o‘zining shaxsiy xislatlari tufayli jamiyatda egallagan sotsial statusi tushuniladi.
Maks Veber stratifikatsion jarayonlar mohiyatini ochishda ratsionalistik asosida yondashadi va
ratsionalistik omilning muhimligiga alohida ahamiyat beradi. Maks Veber fikricha ratsionalizm Yevropa
xalqlari tabiatiga xos bo‘lib, bu omilni ijtimoiy voqe’likning barcha sohalariga joriy etish zarur, deb
hisoblaydi. Uni amalda qo‘llash uchun quyidagi prinsipni joriy etishni taklif etadi. Iqtisodiyotda – deydi u, -
ikki yoqlama hisob-kitobni amalga oshirish tizimiga o‘tish, axloq borasida esa – to‘g‘ri va teng
munosabatlarga amal qilishga, erishishni, siyosatda – parlamentarizmga amal qilib, rasmiy huquq va ma'muriy
boshqaruv institutlarini joriy etish zarurligini, musiqa sohasida esa – yevropaga xos notalar tizimini va unga
mos texnik (cholg‘u asboblari) vositalarini uyg‘unlashuv me'yorlariga o‘tish g‘oyasni targ‘ib etadi. U hamma
sohaga umumplanetar axloq va turmush tarzi faqat Yevropa xalqlarigagina xos deb hisoblab, bu sohada u
milliylikda alohidalikni (ya'ni yevropachalik tizimni) iqtisodiyot, siyosat va huquq va boshqaruvda, axloqda
umumiylikni ulug‘lab dualizm – ikki tomonlamalik pozitsiyasiga amal qiladi. Shu sababli Maks Veber hamma
narsalarning jamiyatda yakkalikdan umumiyning (“xusus”dan “Umumning”) kelib chiqishdek umumiy
qonuniyatni unutadi.



Yüklə 70,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə