6-Mavzu. Sotsiologiyada sotsial stratifikatsiya va sotsial mobillik Reja



Yüklə 70,88 Kb.
səhifə2/14
tarix28.11.2023
ölçüsü70,88 Kb.
#135460
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
6-Mavzu. Sotsiologiyada sotsial stratifikatsiya va sotsial mobil-fayllar.org (1)

P.Sorokin ham o‘zining 1920 yil chop etilgan “Sotsiologiya tizimi” asarida hamda keyinchalik AQShda
olib borgan faoliyati davomida stratifikatsiya nazariyasining asosini tashkil etuvchi qator tushunchalarni
tizimg solib, ularning mohiyatini ishlab chiqdi. Ularga misol qilib “bir asosli stratifikatsiya”, “ko‘p asosli
stratifikatsiya”, “sotsial mobillik” kabilarni keltirish mumkin. Pitirim Sorokin «Sotsial stratifikatsiya
nazariyasi» nomli asarida o‘zining quyidagi fikrlarini ilgari surgan. Sotsial stratifikatsiya deyilganida, ma'lum
insonlarning birlashmasining yoki butun jamiyat aholisining ierarxik ranglarda sotsial sinflar, guruhlar va
statuslarga differensiatsiyasi tushuniladi va u mol-mulk, daromad, hokimiyat, ta'sir doirasi kabilarning noteng
taqsimlanishida o‘z ifodasini topadi. Pitirim Sorokin stratifikatsion kriteriylarning uchta kategoriyasini ishlab
chiqqan. Ular asosida sotsial stratalar bir-biridan farqlanadi. Bular:
Ijtimoiy-iqtisodiy – mol-mulk, daromad,mehnatni tashkil qilishda tutgan o‘rni, ishlab chiqarish
tizimidagi o‘rni, strataning statusi;
Ijtimoiy-professional – mehnatning xarakteri va tarkibi,mehnat sharoiti, professinal malaka va umumiy
ma'lumotlilik darajasi, kasbning prestiji, faoliyat sohasining obro‘si;
Ijtimoiy-siyosiy status - hokimiyat, ta'sir ko‘rsatish doirasi, astoriteti Yuqoridagi keltirilgan farqlar
asosida P.Sororkin sotsial stratalarni quyidagicha tasniflagan:
Elementar stratalar – bir kriteriy asosida;
Kumulyativ stratalar – ikki va undan ortiq kriteriylar asosida;
Konglomerativ stratalar – elementar va kumulyativ stratalar asosida, ularning hajmi o‘ta katta bo‘ladi.
Misol uchun “oltin milliard”.
M.Veberdan tashqari sotsial stratifikatsiya nazariyasiga rivojiga T.Parsons, R.Darendorf, B.Barber, 
K.Devis, U.Mor, R.Kollinz kabi olimlar o‘z xissasini qo‘shdi. ularning fikricha, “sinf” tushunchasi faqat
o‘tmishdagi jamiyatlarning strukturalarini tadqiq etishda qo‘llanilishi mumkin.Zamonaviy postindustrial
jamiyatlar uchun bu tushunchani qo‘llashning keragi yo‘q. Chunki u zamonaviy jamiyatdagi stratalarning
mulkiy munosabatlarini belgilab, mohiyatini ochib bera olmaydi.Zamonaviy postindustrial jamiyatlarda
mulkiy munosabatlar o‘zining aniqlik ko‘rsatkichini yo‘qotgan. Endilikda korxona aksiyalarining mulkdori
sifatida korxonani boshqaruvchi a'zolardan iborat guruh vakillari bilan birgalikda oddiy ishchilar ham
namoyon bo‘lishi mumkin. Shuning uchun zamoanaviy jamiyatlarda yuz bergan shu kabi global o‘zgarishlar
oqibatida sotsiologiyada qatlamlarni ilgari ifodalagan “sinf” tushunchasini “strata”, ya'ni qatlam tushunchasi
bilan almashtirish lozim.
Strata - lotincha “strata” so‘zidanolinganbo‘lib, “qatlam”, deya tarjima qilinadi. Mazkur tushuncha sotsiologiyaga geologiya
fanidan o‘zlashtirilgan hisoblanadi.U sotsiologiyada jamiyat strukturasini tashkil etuvchi guruh va shaxslarga nisbatan qo‘llaniladi


Shunga ko’ra, sotsial stratifikatsiya nazariyasi marksizm sotsiologiyasining sinflar va sinfiy kurash 


nazariyasiga zid bo‘lib, u jamiyatning ijtimoiy qatlamlar va guruhlarga nafaqat mulkiy munosabatlar, balki
ma'lumoti, psixologik jihatlari, turmush sharoiti, ijtimoiy bandligi, daromadi va boshqa xususiyatlarga asosan
bo’lishni yoqlaydi.
Amerikalik sotsiolog T.Parsons: «Stratifikatsiya - ijtimoiy tizim tarkibiy ziddiyatining asosiy yuzaga
keltiruvchisi» deb, uni rivojlantirdi.
G‘arb mamlakatlari sotsiologlari jamiyatni «yuqori», «o‘rta», «quyi» qatlamlardan iborat deb talqin
qilishadi. Masalan, g‘arbiy Germaniyalik sotsiolog R.Darendorf jamiyatni boshqaruvchi va boshqariluvchilar
toifasiga bo‘ladi. O‘z navbatida boshqaruvchilar toifasi 2 guruhdan iborat bo’lgan: a) mulkdor
boshqaruvchilar va b) mulkdor bo‘lmagan boshqaruvchilar - ma'muriy byurokrat menedjerlar.
Boshqariluvchilar toifasi ham 2 ga bo’lingan: yuqori - «ishchi aristokratiyasi» va quyi - past malakali
ishchilar.
Jamiyatni o‘rganish tamoyillari, ijtimoiy-iqtisodiy vokelikka yondashuv xususiyatlari doimiy ravishda
o‘zgarib, takomillashib boradi.Totalitar tuzum davrida ijtimoiy taraqqiyotning bosh sababi sinflararo kurash
deb qaralganligi sababli jamiyatdagi muammolarga umumiy yondashib, bir sinf vakillari bilan ikkinchi sinf
vakillari qarashlaridagi tafovutni aniqlash barcha ijtimoiy fanlar xususan sotsiologiyaning ham asosiy ilmiy
tadqiqot tamoyillaridan hisoblangan.
Keyingi 20 yillikda G‘arb, xususan AQShda rivojlangan o‘rta tabaqa konsepsiyasini o‘rta sinf
konsepsiyasi bilan ayni uyg‘unlashtirish tendensiyasi yuz bermoqda. O‘rta sinf jamiyatni o‘ziga xos milliy,
irqiy intellektual va moliyaviy tenglik va barqarorlik me'yori sifatida o‘ziga xos ijtimoiy konsensus vazifasini
ham o‘tamoqda. Shu boisdan o‘rta sinf hissasining ortishi jamiyatdagi ijtimoiy barqarorlik sharti sifatida ham
talqin etilmoqda. O‘rta sinf vakillari miqdori esa ulardagi ko‘chmas mulk hajmi, bankdagi mablag‘lari, turli
manbalardan olgan foydalari, boshqa daromadlardan davlatga to‘lanadigan soliqlari salmog‘iga ko‘ra yilma-
yil aniqlab boriladi. G‘arb mamlakatlari turmush tarzini o‘ziga xos barometri vazifasini o‘tayotgan o‘rta sinf
fenomeni garchi rivojlangan Yevropa davlatlari uchun ijtimoiy - iqtisodiy qadriyat darajasida kelinayotgan
bo‘lsa-da, bu qadriyat o‘rta sinf vakillarini yuqori va quyi sinf vakillari bilan ma'naviy yaqinlashtirish
imkonini bermadi.
Bugungi kunda dunyo sotsiologik adabiyotlarining aksariyatida “sinf” va “strata” tushunchalari milliy
hamda xalqaro tadqiqotlarda bir maromda qo‘llanib kelinmoqda. Shu o‘rinda ular o‘rtasidagi farqni
aniqlashtirish lozim. “Sinf” tushunchasi bugungi kun sotsiologiya fanida ko‘p jihatdan jamiyatni iqtisodiy
ko‘rsatkich bo‘yicha sinflarga ajratishda qo‘llaniladi. “Strata” yoki qatldam tushunchasi esa unga nisbatan
kengroq mohiyatga ega bo‘lib, u iqtisodiy ko‘rsatkich bilan birgalikda shaxs yoki guruhning sotsiomadaniyat
xususiyatlaridan kelib chiqadi.

Yüklə 70,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə