6-Mavzu. Sotsiologiyada sotsial stratifikatsiya va sotsial mobillik Reja



Yüklə 70,88 Kb.
səhifə8/14
tarix28.11.2023
ölçüsü70,88 Kb.
#135460
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
6-Mavzu. Sotsiologiyada sotsial stratifikatsiya va sotsial mobil-fayllar.org (1)

ijtimoiy stratifikatsiya profili bilan belgilanadi, ya’ni o’rta qatlam ulushi va uning mazkur
jamiyatdagi roliga bog’liq bo’ladi. Ijtimoiy strukturada oraliq o’rinni egallaydigan o’rta
sinf ijtimoiy iyerarxiyaning ikki qutbi o’rtasida bog’lovchi bo’g’in vazifasini bajarish orqali
ularning qarama-qarshiligi darajasini pasaytiradi. O’rta sinf qancha katta bo’lsa, u jamiyatning
asosiy qadriyatlarini shakllantirish jarayoniga shuncha kuchli ta’sir ko’rsatadi, davlatga
barqaror tus beradi. Ijtimoiy stratifikatsiya profilining yuqoriga o’rlashi ijtimoiy bo’hronlarga,
inqiloblarga, qo’zg’olonlarga, zo’arvonlik va tartibsizlikka olib keladiki, bu jamiyatning
parchalanishi xavfini tug’diradi va uning rivojlanish jarayonini to’xtatadi.
Ijtimoiy tengsizlik ijtimoiy norozilik va qarshi kurashga sabab bo’ladi. Jamiyat sinfiy
strukturasi tarixi ijtimoiy tenglik uchun mafkuraviy va siyosiy kurash jarayonlari bilan
tavsiflanadi. Umumiy tenglik uchun kurashuvchi, moddiy va ijtimoiy-madaniy boyliklarni
teng taqsimlashni talab qiluvchi g’oyaviy-nazariy oqim egalitarizm (fr. – tenglik) deb ataladi.
Egalitarizm ko’rinishlariga Qadimgi Yunoniston va Rim ijtimoiy harakatlarida, Injil matnida
duch kelish mumkin. Egalitarizm g’oyalari Buyuk fransuz inqilobi davrida yakobinchilar
tomonidan, XIX–XX asrlar chesharasida Rossiyada bol’sheviklar tomonidan, XX asrda
uchinchi dunyo mamlakatlaridagi milliy-ozodlik harakatlarining liderlari tomonidan qo’llab-
quvvatlangan. Egalitarizmni radikal g’oyaviy-siyosiy harakatlar qatoriga kiritish mumkin.
G’arbiy yevropa ideologlari va siyosatchilari davrasida ijtimoiy tengsizlik
egalitarizmdagidan boshqacha ma’noda, aniqroq aytganda – imkoniyatlar tengligi sifatida
tushuniladi. Imkoniyatlar tengligi davlat dastlabki bosqichda hammaga teng imkoniyatlar
berishi va fuqarolarning yuridik tengligini nazarda tutadi. Ayni paytda odamlar o’rtasida
tabiiy va ijtimoiy tengsizlik zarur va hatto foydali deb e’tirof etiladi. Bunday tengsizlik
odamlarni ijtimoiy hayotning turli sohalarida faollikka rag’batlantiradi deb hisoblanadi.
Sotsiologiyada ijtimoiy stratifikatsiyaning to’rt asosiy tipi – quldorlik, kastalar, tabaqalar



va sinflar farqlanadi. Dastlabki uch tip yopiq jamiyatni, oxirgi tip esa – ochiq jamiyatni


tavsiflaydi. Yopiq jamiyatda quyi stratalardan yuqori stratalarga ijtimoiy ko’chishlar butunlay
taqiqlangan yoki cheklangan. Ochiq jamiyatda bir stratadan boshqa strataga o’tish
imkoniyatlari cheklanmaydi.

Yüklə 70,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə