5-bob. Investitsiyalar hisobi mavzu bo’yicha tayanch iboralar



Yüklə 487,95 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/17
tarix26.10.2023
ölçüsü487,95 Kb.
#131305
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
5 MAVzu INVESTITSIYALAR HISOBI



260 
 
5-BOB. INVESTITSIYALAR HISOBI 
 
Mavzu bo’yicha tayanch iboralar: 
investitsiya, investitsiya siyosati
investor,valyuta, kredit qobiliyati, kapitalining saqlanish kafolati, zararlarni 
qoplash kafolati, soliq imtiyozlari, foyda va daromadni tasarruf etish erkinligi, 
bojxona imtiyozlari, investorlarning mulklarini sug’urtalash, moliyaviy 
investitsiya, kapital investitsiya, aqliy (intellektual) investitsiya, pulli dastak, 
obligatsiya (bond),
 
oddiy veksel, qarz majburiyati, moliyaviy derivatlar, pul bozori 
dastaklari,
 
nota, qarz majburiyati, optsion, varrant, fyuchers, forvard kursi, svop. 
 
Tavsiya etilayotgan o’qitishning pedagogik texnologiyalari:
ma’ruza 
o’qishning besh bosqichli xaritasidan foydalanilganda ma’ruza texnologik 
xaritasini ikkinchi va to’rtinchi bosqichlarida ilg’or pedagogik texnologiyani blits-
so’rov, test, muloqot usullaridan, texnologik xaritaning uchinchi bosqichida ya’ni 
yangi o’quv materialini bayon etishda esa slaydlar asosida «TUShUNTIRISh», 
«B,BX,BO, «NIMA UChUN», «QANDAY» va «INSERT JADVALI» usullaridan 
foydalanish yaxshi natija beradi. Har bir o’qituvchi (ma’ruzachi) o’zining tajribasi 
va mahoratidan kelib chiqib ma’ruza o’qishning boshqa pedagogik 
texnologiyasidan foydalanishi mumkin. 
 
§ 1. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida investitsiyalarni roli va 
bu sohada hisobning vazifalari. 
«Investitsiya» atamasi lotincha «invest» so’zidan kelib chiqqan bo’lib 
«qo’yish», «mablag’ni safarbar etish», «kapital qo’yilmasi» ma’nosini beradi. 
Investitsiya deganda barcha turdagi moddiy va intellektual boyliklarni tadbirkorlik 
faoliyati ob’yektlariga yo’naltirib daromad olish yoki biror-bir ijobiy samaraga 
erishish tushuniladi. 
Investitsiya to’g’risida O’zbekiston Respublikasi qonunda ko’rsatilishicha, 
investitsiya bu iqtisodiy samara (foyda, daromad) olish yoki ijobiy ijtimoiy 


261 
natijaga erishish uchun sarflanadigan pul mablag’lari, banklarga qo’yilgan 
omonatlar, paylar, qimmatli qog’ozlar (aktsiya, obligatsiyalar), texnologiyalar
mashinalar asbob-uskunalar, litsenziyalar va samara beradigan boshqa har qanday 
boyliklardir. 
Moriyaviy qo’yilmalar sifatida buxgalteriya hisobida hisobga olinadigan 
aktivlar quyidagi shartlarga javob berishi kerak: 
1. Aktiv kelgusida foyizlar, dividendlar yoki qiymatining usishi (ularni 
sotganda yoki almashtirganda sotib olish va sotish baholari orasidagi farq) sifatida 
korxona uchun iqtisodiy naf (daromad) keltirishi kerak; 
2. Korxonaga moliyaviy qo’yilma huquqini beradigan va shunday huquqdan 
pul mablag’larini yoki boshqa aktivlarni olish mumkin bo’lgan tegishli tartibda 
rasmiylashtirilgan hujjatlarning mavjudligi; 
3. Moliyaviy qo’yilmalar bilan bog’liq bo’lgan moliyaviy xatarlarni (baholar 
o’zgarishi xatari, qarzdorlarni to’lov qobiliyati xatari, likvidlik xatari va boshqalar) 
korxonaga o’tishi. 
Korxonaning moliyaviy qo’yilmalari ob’yektiga quyidagilar kiradi: 
1. Davlatning qimmatli qog’ozlari; 
2. Boshqa korxonalarning qimmatli qog’ozlari; 
3. Boshqa korxonalarning ustav qapitaliga moliyaviy qo’yilmalar; 
4. Boshqa korxonalarga berilgan qarzlar; 
5. Kredit tashkilotlariga qo’yilgan depozitlar; 
6. Ajratilgan bo’linmalar, sho’ba va qaram xo’jalik jamiyatlari faoliyatiga 
qo’yilmalar; 
7. Oddiy sherikchilik shartnomasi asosida sherik-korxonaga qo’yilmalar. 
Quyidagilar korxonaning moliyaviy aktivlariga kiritilmaydi : 
1. Aktsiyadorlardan keyinchalik sotish uchun sotib olingan aktsiyalar; 
2. Oddiy faoliyat maqsadlari uchun sotib olinmagan qimmatli toshlar, 
metallar, zargarlik buyumlari, sanat asarlari; 


262 
3. Xaridor korxonaning sotuvchi korxonaga tovarlar, mahsulotlar, bajarilgan 
ishlar, ko’rsatilgan xizmatlar uchun bergan veksellari (O’zbekistoa amaliyotida 
veksellardan foydalanish 2000 yillardan keyin taqiqlangan); 
4. Daromad olish maqsadida boshqa korxonalardan vaqtincha foydalanish 
uchun to’lov asosida olingan moddia-buyum shaklidagi 
Investitsiya munosabatlar davlat tomonidan tartibga solib to’riladi. 
Davlatning investitsiya faoliyati qonunchilik negizini takomillashtirish (soliq 
to’lovchilar va soliq solish ob’yektlarini, soliq stavkalari va ularga doir 
imtiyozlarni qo’llash, normalar, qoidalar, standartlarni belgilash, kredit va narx 
siyosatini o’tkazish), investorlarga huquqiy sharoitlar yaratish (kafolatlar berish, 
sub’yektlarni sug’urtalash) va boshqa vositalar orqali amalga oshirishda namoyon 
bo’ladi. 
O’zbekiston amalga oshirayotgan investitsiya siyosatining asosiy 
yo’nalishlari(5.1-rasm) orasida quyidagilarni alohida tahkidlab ko’rsatish mumkin 
Investitsiya muhitini yanada yaxshilash shartlaridan biri bank tizimini 
takomillashtirish, moliya bozorida raqobatni vujudga keltirish, naqd puldagi va 
naqd bo’lmagan puldagi operatsiyalarni amalga oshirishda mavjud bo’lgan 
tafovutlarni bartaraf etish hamda xorijiy investorlarni axborot bilan ta’minlashni 
yaxshilashdan iboratdir. 

Yüklə 487,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə