5-bob. Investitsiyalar hisobi mavzu bo’yicha tayanch iboralar


§3. Moliyaviy investitsiyalarni baholash



Yüklə 487,95 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/17
tarix26.10.2023
ölçüsü487,95 Kb.
#131305
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
5 MAVzu INVESTITSIYALAR HISOBI

 
§3. Moliyaviy investitsiyalarni baholash. 
Moliyaviy qo’yilmalar buxgalteriya hisobida dastlabki qiymatlarda hisobga 
olinadi. Moliyaviy qo’yilmalarni dastlabki qiymatlari ularning korxonaga qaysi 
manba’lar hisobidan kelishiga bog’liq (2-jadval). 
Korxonalar faoliyatida turli hil shakldagi moliyaviy investitsiyalar yuzaga 
keldi, xususan, boshqa korxonalar qimmatli qog’ozlariga qilingan qisqa muddatli 
(bir yil muddatdan ko’p bo’lmagan) investitsiyalari (qo’yilmalar), davlat 
qarzlarining foizli obligatsiyalari, boshqa korxonalarga berilgan qarzlar va boshqa 
shu kabilar. Bunday investitsiyalarni buxgalteriya hisobi O’zbekiston Respublikasi 
Moliya Vazirligi tomonidan 23.12.1998 y. N 65№ buyrug’i bilan tasdiqlangan va 
O’zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi tomonidan 16.01.1999 y. N 596 raqam 
bilan ro’yxatga olingan №12 sonli «Moliyaviy investitsiyalarni hisobga olish» 
nomli buxgalteriya hisobining milliy aadazasi talablari doirasida tashkil qilinadi. 
Moliyaviy investitsiyalarni xarid qilish chogida ular xarid qiymati bo’yicha 
baholanadi va bu qiymat quyidagi sarflardan tashkil topadi: 
1. Sotuvchiga shatnoma bo’yicha to’langan summa; 


266 
2. Vositachi korxonalarga vositachilik xizmati uchun to’langan haq 
(masalan, birja brokerlariga to’lanadigan taqdirlovchi haq); 
3. Bank xizmati uchun to’lovlar; 
4. Bojlar; 
5. Axborot-maslahat xizmatlari uchun to’lovlar va boshqa xarajatlar. 
Agarda investitsiya, aktsiyalarni emissiya qilish yoki boshqa qimmatli 
qog’ozlar chiqarish yo’li bilan to’laligicha yoki qisman olinayotgan bo’lsa, xarid 
qilingan qimmatli qog’ozlarning qiymati ularning joriy qiymatiga teng bo’ladi. 
Agar investitsiya boshqa aktivga almashtirib to’la yoki qisman olingan bo’lsa, u 
holda investitsiya qiymati topshirilgan aktivning joriy qiymatiga qarab aniqlanadi. 
Ustav kapitaliga ulush sifatida olingan investitsiyalar Ta’sischi bilan 
kelishilgan pul qiymatlarida yoki buxgalteriya hisobining 12 sonli-«Moliyaviy 
investitsiyalar hisobi» nomli milliy standartida aktivlarni sotib olish uchun nazarda 
tutilgan baholarda hisobga olinadi. 
Qaytarib olmaslik sharti bilan berish tekinga olingan investitsiyalar 
Moliyaviy qo’yilmalarni buxgalteriya hisobida hisobga olish sanasidagi joriy bozor 
baholarida yoki Tekinga olingan moliyaviy fo’yilmalarni buxgalteriya hisobida 
hisobga olish sanasiga sotishdan olinadigan pul mablag’lari da hisobga olinadi. 
Oddiy sherikchilik shartnomasi asosida olingan investitsiyalar sherikchilik 
shartnomasida ko’rsatilgan baholarda hisobga olinadi. 
Moliyaviy investitsiyalarni olingan paytgacha bo’lgan davr uchun foizlar 
ulushi, hisoblangan dividendlarni o’z ichiga olgan xarid qiymati bo’yicha xarid 
qilish xaridor tomonidan sotuvchiga to’langan foizlar miqdorini chiqarib tashlab, 
xarid qiymati bo’yicha hisobga olinadi. 
Investitsiyalarning xarid qiymati bilan qarzga berilgan qimmatli qog’ozlarni 
to’lash qiymati o’rtasidagi tafovut (diskont yoki xarid qilish chogida mukofot 
tarzida berilgan mablag’) investor tomonidan investitsiyalar bo’yicha doimiy 
daromad bo’lishi uchun xarid qilingan paytdan boshlab qarz to’langan paytgacha 
hisobdan o’chiriladi. 


267 
Qisqa muddatli (joriy) investitsiyalarni bozor qiymati bo’yicha hisobga 
oluvchi xo’jalik yurituvchi sub’yekt hisob siyosatida investitsiyalar balans 
qiymatining kamayishi yoki ko’payishini, birinchidan, daromad yoki xarajat 
sifatida aks ettiriladi, ikkinchidan, uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalarni qayta 
baholash natijasida paydo bo’lgan qo’shimcha miqdor xususiy kapitalga qayta 
baholashdan kelgan daromad sifatida qo’shiladi. 
Moliyaviy investitsiyalar qiymati kamaygan taqdirda, kamayish miqdori 
xususiy kapitalda aks ettirilgan usha investitsiyalarni oldingi baholash qiymati 
hisobidan amalga oshiriladi. Agar moliyaviy investitsiyalar qiymatini kamayishi 
miqdori, ilgarigi qayta baholashdan olingan daromad miqdoridan ko’p bo’lsa, bu 
tafovut xarajat sifatida hisobga olinadi. Qiymati pasaytirilgan investitsiyalarni 
qo’shimcha baholash miqdori, mazkur investitsiyalardan kelgan zarar 
qoplangandan so’ng, kxususiy kapital ko’payishiga kiritiladi. 
Investitsiyalarni sotish chogida sotishdan tushgan mablag’ bilan balans 
qiymati o’rtasidagi tafovut xarajatlar (broker yoki diler xizmati haqi) chiqarib 
tashlangandan so’ng daromad yoki xarajat sifatida e’tirof etiladi. 
Agar qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalar balansda portfel uslubi 
bo’yicha ikki qiymatning eng kami bo’yicha hisobga olingan bo’lsa, ularni sotish 
chogidagi chetlanish (daromad yoki zarar) sotish narxi bilan xarid narxi o’rtasidagi 
tafovut sifatida aniqlanadi. Bunda ilgari qayta baholangan yoki bozor qiymati 
bo’yicha hisobga olingan investitsiyalarni balans qiymati bilan qo’shimcha 
baholash qiymati orasidagi daromad taqsimlanmagan foyda hisobiga o’tkaziladi. 
Qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalarni uzoq muddatli moliyaviy 
investitsiyalar toifasiga o’tkazish xarid qilish qiymati va bozor qiymatidan eng 
kami bo’yicha yoki agar investitsiya ilgari shu qiymat bo’yicha hisobga olingan 
bo’lsa, bozor qiymati bo’yicha amalga oshiriladi. 
Qisqa muddatli investitsiyalar bo’yicha quyidagi ko’rinishdagi daromadlar 
va xarajatlar sodir bo’ladi: 
1. Foizlar, royalti, dividendlar va ijara haqlari
2. Sotishdan keladigan daromadlar va zararlar; 


268 
3. Bozor qiymati bo’yicha hisobga olingan qisqa, muddatli (joriy) 
moliyaviy investitsiyalar bo’yicha amalga oshmagan daromadlar va zararlar; 
4. Xarid va bozor qiymatining eng kami bo’yicha baholangan qisqa muddatli 
moliyaviy investitsiya berish uchun talab qilinadigan, bozor qiymatining 
kamayishini qaytadan tiklash xarajatlari. 
Buxgalteriya hisobida hisobga olingan moliyaviy qo’yilmalarni qiymati 
O’zbekiston respublikasi qonunlarida nazarda tutilgan hollarda uzgartirilishi 
mumkin. 
Moliyaviy qo’yilmalar keyinchalik baholash maqsadlarida quyidagi ikki 
guruhga bo’linadi
38

1. Joriy bozor bahosini hisoblab chiqish mumkin bo’lgan moliyaviy 
qo’yilmalar; 
2. Joriy bozor bahosini hisoblab chiqish mumkin bo’lmagan moliyaviy 
qo’yilmalar. 
Qimmatli qog’ozlarning joriy bozor baholari (ularning chaqana baholari) 
qimmatli qog’ozlar bozori savdosi tashkilotchisi tomondan o’rnatilgan tartibda 
hisoblanadi. 
Joriy bozor bahosini hisoblab chiqish mumkin bo’lgan moliyaviy 
qo’yilmalar hisobot yilining oxiriga moliyaviy hisobotlarda utgan davr moliyaviy 
hisobotlariga nisbatan tuzatishlar kiritilib (korrektirovka qilinib), joriy bozor 
baholarida aks ettiriladi. 
Joriy bozor bahosini hisoblab chiqish mumkin bo’lmagan moliyaviy 
qo’yilmalar hisobot davrida buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotlarda 
dastlabki qiymatlarda aks ettiriladi. Bozor bahosini aniqlash mumkin bo’lmagan, 
qimmati tushib ketgan (qadrsizlashgan) qimmatli qog’ozlar bo’yicha qorxonaning 
hisob-kitobi asosida ularning hisob baholari bilan ulardan olinadigan daromad 
orasidagi farq sifatida hisob qiymati aniqlanadi. 
 
19. N. A. Kamordjanova i dr. Buxgalterskiy finansovqy uchyot. Izd. «PITER» 2012 god, 145 str.


269 

Yüklə 487,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə