5-bob. Investitsiyalar hisobi mavzu bo’yicha tayanch iboralar


§6. Sho’ba va qaram xo’jalik jamiyatlari faoliyatiga kiritilgan qisqa va



Yüklə 487,95 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/17
tarix26.10.2023
ölçüsü487,95 Kb.
#131305
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
5 MAVzu INVESTITSIYALAR HISOBI

 
§6. Sho’ba va qaram xo’jalik jamiyatlari faoliyatiga kiritilgan qisqa va 
uzoq muddatli investitsiyalar hisobi. 


278 
Mamlakat hududida va xorijda tuzilgan ajratilgan bo’linmalar, sho’ba va 
qaram xo’jalik jamiyatlari faoliyatiga kiritilgan qisqa muddatlt investitsiyalar 
hisobi quyidagi schyotlarda olib boriladi: 
1. Sho’ba xo’jalik jamiyatlari faoliyatiga kiritilgan investitsiyalar 0620-
«Sho’ba xo’jalik jamiyatlariga investitsiyalar»; 
2. Qaram xo’jalik jamiyatlari faoliyatiga kiritilgan investitsiyalar 0630-
«Qaram xo’jalik jamiyatlariga investitsiyalar»; 
3. Tegishli chet el kapitali mavjud bo’lgan sho’ba va qaram xo’jalik 
jamiyatlari faoliyatiga kiritilgan uzoq muddatli investitsiyalarning mavjudligi va 
harakati 0640-«Chet el kapitali mavjud bo’lgan korxonalarga investitsiyalar»; 
4. Kelajakda moliyaviy naf olish maqsadida davlat korxonalari yoki boshqa 
xayriya, ekologiya jamiyatlariga qilingan uzoq muddatli investitsiyalar 0690-
«Boshqa uzoq muddatli investitsiyalar» schyotida hisobga olinadi. 
§7. Investitsiyalardan olinadigan moliyaviy natijalarni hisobi. 
Kiritilgan investitsiyalardan olinadigan moliyaviy natijalar buxgalteriya 
hisobida quyidagi buxgalteriya o’tkazmalar bilan rasmiylashtiriladi: 
1. Qimmatli qog’ozlar bo’yicha foizlar (dividendlar) hisoblanganda: 
Debet 4830-«Olinadigan foizlar», 
Debet 4840-«Olinadigan dividendlar» 
Kredit 9530-«Foizlar ko’rinishidagi daromadlar», 
Kredit 9520-«Dividendlar ko’rinishidagi daromadlar». 
 
Mavzu bo’yicha qisqacha xulosalar 
1. «Investitsiya» atamasi lotincha «invest» so’zidan kelib chiqqan bo’lib 
«qo’yish», «mablag’ni safarbar etish», «kapital qo’yilmasi» ma’nosini beradi. 
Investitsiya deganda barcha turdagi moddiy va intellektual boyliklarni tadbirkorlik 
faoliyati ob’yektlariga yo’naltirib daromad olish yoki biror-bir ijobiy samaraga 
erishish tushuniladi. Investitsiya to’g’risida O’zbekiston Respublikasi qonunda 
ko’rsatilishicha, investitsiya bu iqtisodiy samara (foyda, daromad) olish yoki ijobiy 


279 
ijtimoiy natijaga erishish uchun sarflanadigan pul mablag’lari, banklarga qo’yilgan 
omonatlar, paylar, qimmatli qog’ozlar (aktsiya, obligatsiyalar), texnologiyalar, 
mashinalar asbob-uskunalar, litsenziyalar va samara beradigan boshqa har qanday 
boyliklardir. 
2. Iqtisodiy kategoriya sifatida investitsiya quyidagicha tasniflanadi: 
1. Moliyaviy investitsiyalar; 
2. Aqliy (intellektual) investitsiyalar. 
3. Kapital investitsiyalar; 
4. Investitsiyalarni rejalashtirish, buxgalteriyada hisobga olish nuqtai 
nazaridan quyidagicha turkumlanadi (5.1-jadval). 
5. Moliyaviy investitsiyalarni xarid qilish chogida ular xarid qiymati 
bo’yicha baholanadi va bu qiymat quyidagi sarflardan tashkil topadi: 
1. Sotuvchiga shartnoma bo’yicha to’langan summa; 
2. Vositachi korxonalarga vositachilik xizmati uchun to’langan haq 
(masalan, birja brokerlariga to’lanadigan taqdirlovchi haq); 
3. Bank xizmati uchun to’lovlar; 
4. Bojlar; 
5. Axborot-maslahat xizmatlari uchun to’lovlar va boshqa xarajatlar. 
6. Ustav kapitaliga ulush sifatida olingan investitsiyalar ta’sischi bilan 
kelishilgan pul qiymatlarida yoki buxgalteriya hisobining12-sonli «Moliyaviy 
investitsiyalar hisobi» nomli milliy standartida aktivlarni sotib olish uchun nazarda 
tutilgan baholarda hisobga olinadi. 
7. Oddiy sherikchilik shartnomasi asosida olingan investitsiyalar sherikchilik 
shartnomasida ko’rsatilgan baholarda hisobga olinadi. 
8. Qisqa muddatli investitsiyalar bo’yicha quyidagi ko’rinishdagi 
daromadlar va xarajatlar sodir bo’ladi: 
1. Foizlar, royalti, dividendlar va ijara haqlari; 
2. Sotishdan keladigan daromadlar va zararlar; 
3. Bozor qiymati bo’yicha hisobga olingan qisqa, muddatli (joriy) moliyaviy 
investitsiyalar bo’yicha amalga oshmagan daromadlar va zararlar


280 
4. Xarid va bozor qiymatining eng kami bo’yicha baholangan qisqa muddatli 
moliyaviy investitsiya berish uchun talab qilinadigan, bozor qiymatining 
kamayishini qaytadan tiklash xarajatlari. 
9. Boshqa korxonalardan ularning ustav kapitaliga ulush sifatida sotib 
olingan aktsiyalar, bank sertifikatlari, davlat va mahaliy zayomlarining foizli 
obligatsiyalari va boshqa qimmatli qog’ozlar hamda davlatga berilgan qisqa 
muddatli qarzlar bo’yicha qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalar va ularning 
harakati bilan bog’liq bo’lgan xo’jalik muomalalari 5810-«Qisqa muddatli 
investitsiyalar» schyotida sotib olish baholarida hisobga olinadi. 
10. Boshqa korxonalarning qimmatli qog’ozlariga uzoq muddatli kiritilgan 
investitsiyalar 0610-«Uzoq muddatli investitsiyalar» schyotida hisobga olinadi. 
11. Mamlakat hududida va xorijda tuzilgan ajratilgan bo’linmalar, sho’ba va 
qaram xo’jalik jamiyatlari faoliyatiga kiritilgan qisqa muddatli investitsiyalar 
hisobi quyidagi schyotlarda olib boriladi: 
1. Sho’ba xo’jalik jamiyatlari faoliyatiga kiritilgan investitsiyalar 0620-
«Sho’ba xo’jalik jamiyatlariga investitsiyalar»; 
2. Qaram xo’jalik jamiyatlari faoliyatiga kiritilgan investitsiyalar 0630-
«Qaram xo’jalik jamiyatlariga investitsiyalar»; 
3. Tegishli chet el kapitali mavjud bo’lgan sho’ba va qaram xo’jalik 
jamiyatlari faoliyatiga kiritilgan uzoq muddatli investitsiyalarning 
mavjudligi va harakati 0640-«Chet el kapitali mavjud bo’lgan korxonalarga 
investitsiyalar»; 
4. Kelajakda moliyaviy naf olish maqsadida davlat korxonalari yoki boshqa 
xayriya, ekologiya jamiyatlariga qilingan uzoq muddatli investitsiyalar 
0690-«Boshqa uzoq muddatli investitsiyalar» schyotida hisobga olinadi. 
12. Qimmatli qog’ozlar bo’yicha foizlar (dividendlar) hisoblanganda 4830-
«Olinadigan foizlar» yoki 4840-«Olinadigan dividendlar» schyotining debeti va 
9530-«Foizlar ko’rinishidagi daromadlar» yoki 9520-«Dividendlar ko’rinishidagi 
daromadlar» schyotlarining krediti bo’yicha yozuvlar amalga oshiriladi. 

Yüklə 487,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə