5-bob. Investitsiyalar hisobi mavzu bo’yicha tayanch iboralar



Yüklə 487,95 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/17
tarix26.10.2023
ölçüsü487,95 Kb.
#131305
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
5 MAVzu INVESTITSIYALAR HISOBI

 
5-vaziyat.
«Toshmuhammadhoji» ko’p tarmoqli ishlab chiqarish tijorat 
xususiy firmasi «Hamrojon-oqyo’l» firmasiga 2018-yil 25-yanvar kuni tuzilgan 
shartnomaga asosan 10 oy muddatga 26-noyabrga qadar yillik 20foiz stavka bilan 
45000000 so’m qarz berdi. Shartnomada qarzni o’z vaqtida qaytarilmaslik holati 
bo’yicha kechikkan har bir kun uchun 1foiz miqdorida peniya to’lash nazarda 
tutilgan. Shartnoma bo’yicha «Hamrojon-oqyo’l» firmasi qarzning foiz stavkasini 
qarzni qaytarish kunida berishga kelishilgan.
 
Talab qilinadi: 
«Toshmuhammadhoji» ko’p tarmoqli ishlab chiqarish tijorat 
xususiy firmasi va «Hamrojon-oqyo’l» firmasi buxgalteriya hisobi schyotlarida 
berilgan va olingan qarz va uning foiz stavkasi bilan bog’liq bo’lgan muomalalarni 
aks ettiring. 
 
6-vaziyat.
«Toshmuhammadhoji» ko’p tarmoqli ishlab chiqarish tijorat 
xususiy firmasi «Mirrix» firmasiga 2016-yil 25-yanvar kuni tuzilgan shartnomaga 
asosan 2 yil muddatga 2018-yil 26-noyabrga qadar yillik 20foiz stavka bilan 
60000000 so’m uzoq muddatli qarz berdi. Shartnomada qarzni o’z vaqtida 
qaytarmaganlik uchun kechikkan har bir kun uchun 1foiz miqdorida peniya to’lash 
nazarda tutilgan. Shartnoma bo’yicha «Mirrix» firmasi qarzning foiz stavkasini har 
yilning boshida berishga kelishilgan. Qarz «Mirrix» firmasi tomonidan 3 oy 10 kun 
kechikan muddat bilan qaytarildi.
 
Talab qilinadi: 
«Toshmuhammadhoji» ko’p tarmoqli ishlab chiqarish tijorat 
va «Mirrix» xususiy firmalari buxgalteriya hisobi schyotlarida berilgan va olingan 
uzoq muddatli qarz va uning foiz stavkasi bilan bog’liq bo’lgan muomalalarni aks 
ettiring. 
 


290 
7-vaziyat.
«Toshmuhammadhoji» ko’p tarmoqli ishlab chiqarish tijorat 
xususiy firmasi o’zining hisob-kitobdagi bo’sh pullarni «Ipoteka» tijorat bankida 
yillik 14 foiz stavka bilan 100000000 so’m mablag’ni muddatsiz depozitga 
joylashtirdi. Shartnomada depozitning foiz stavkasi har oyning birinchi sanasiga 
«Toshmuhammadhoji» ko’p tarmoqli ishlab chiqarish tijorat xususiy firmasi hisob-
kitobga o’tkazib berishga kelishilgan. 
Talab qilinadi: 
«Toshmuhammadhoji» ko’p tarmoqli ishlab chiqarish tijorat 
xususiy firmasi buxgalteriya hisobi schyotlarida qo’yilgan depozitni va har oyda 
olinadigan foiz summasini aks ettiring. 
 

Yüklə 487,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə