Tijorat banklarining operatsiyalari



Yüklə 461,87 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix28.11.2023
ölçüsü461,87 Kb.
#133465
  1   2   3   4
TIJORAT BANKLARINING OPERATSIYALARI



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
FAN VA INNOVATSIYA TA’LIM 
VAZIRLIGI 
FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI 
SIRTQI BO’LIM 
 
 
 
MUSTAQIL ISH 
 
 
 
Mavzu:

TIJORAT BANKLARINING 
OPERATSIYALARI
 
 
Guruh: 20.129 
 
Bajardi:
 
 
MIRZAXAMDAMOV MURODJON 
 
 
 
 
 


TIJORAT BANKLARINING 
OPERATSIYALARI 
REJA: 
l. Tijorat bankining resurslari va ularning tarkibi 
2. Tijorat bankining o‘z mablag‘lari 
3. Tijorat banki kapitali va uning tarkibi 
4. Jalb qilingan mablag‘lar 
5. Markaziy bank tomonidan tijorat banklarini kreditlash 
tartibi 
6. Bank aktivlari, ularning mohiyati va tarkibi 
 


l. Tijorat bankining resurslari va ularning tarkibi 
Tijorat banklari, boshqa xo‘jalik subyektlari kabi o‘zining 
xo‘jalik va tijorat faoliyatini ta’minlash uchun ma’lum 
miqdorda pul mablag‘lariga, ya’ni resurslariga ega bo‘lishlari 
lozim. Iqtisodiyotning rivojlanishida bank resurslarini tashkil 
etish muammosi bank faoliyatini bir maromda olib borishda 
birinchi darajali vazifa hisoblanadi. Buni shunday izohlash 
mumkin: iqtisodiyotning bozor modeliga o‘tishi bilan bank 
ishida davlat monopoliyasi tugatiladi, ikki bosqichli bank 
tizimining shakllanishida bank resurslari xarakteri ijobiy 
tomonga o‘zgaradi. 
Undan tashqari, uning aktiv operatsiyalari obyekti orqali 
aniqlanadigan bank faoliyatining ko‘lami, ular joylashtiradigan 
resurslar hajmi, miqdori, jalb qilingan mablag‘lar summasiga 
bog‘lik bo‘ladi. Bunday holat resurslarni jalb qilish bo‘yicha 
banklar o‘rtasida raqobatni keltirib chiqaradi. 
Bankning asosiy vazifalaridan biri bo‘sh pul mablag‘larini 
mumkin qadar ko‘proq jalb qilish va ularni boshqa foyda 
keltiruvchi optimal aktivlarga joylashtirishdan iborat. 
Bank resurslari banklar tomonidan amalga oshiriladigan 
passiv operatsiyalar orqali tashkil topadi va bank balansining 
passiv qismida yuritiladi. Bank resurslarini ikki katta guruhga 
bo‘lish mumkin. Bular, banklarning o‘z mablag‘lari va jalb 


qilingan mablag‘lardir. Jalb qilingan resurslarni ba’zi hollarda 
ikkiga bo‘lib qaraladi – bu jalb qilingan depozitlar, boshqa 
majburiyatlar va sotib olingan resurlardir. Bu resurslar bankning 
aktiv operatsiyalarini amalga oshirishda ishlatiladi, ya’ni bank 
resurslari daromad olish maqsadida turli xil sohalarga 
joylashtiriladi. Bankning passiv va aktiv opera tsiyalari o‘zaro 
chambarchas bog‘liq bo‘lganligi sa babli passivlarning tarkibi 
va xarakteri ko‘p jihatdan banklarning aktiv operat siyalarini 
amalga oshirishda o‘z ifodasini topadi. Shu bilan birga resurslar 
xarakteriga banklarning kreditlash siyosatin ing o‘zgarishi ham 
ta’sir qiladi. 
Bank resurlarining asosiy qismini bank mijozlarining 
mablag‘lari tashkil etadi. Boshqa kapitallarni jalb qilish uchun 
bank o‘z kapitalining yetarli darajasi miqdorini ko‘rsatishi 
lozim. 
Tijorat banki o‘z mijozlarining bo‘sh turgan mablag‘larini 
qarzga olish bilan bir vaqtning o‘zida bu mablag‘larni o‘z 
vaqtida qaytarilishini ta’minlash majburiyatini ham oladi, 
shuning uchun ham bank barqaror likvidlikka ega bo‘lishi 
kerak. Ishonchlilik va likvidlilik tamoyillari tijorat banki 
mavjudligining zarur shartlaridan bo‘lib, ular aholining bo‘sh 
turgan pul mablag‘larining bankka oqimini ta’minlaydi. Undan 
tashqari bankning ahvoli moliyaviy jihatdan kam samarali 


bo‘lgan holatda mijozlar o‘z mablag‘larini qaytarib olishlariga 
ishonch hosil qilishlariga zamin yaratadi. 
Resurslar yordamida banklarning tashkiliy faoliyati amalga 
oshiriladi, kreditlar berish salohiyati, to‘lovlar, banklarning 
daromadlari vujudga keltiriladi. 
Bank resurslarining aylanishini quyidagicha ifodalash 
mumkin. 

Yüklə 461,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə