2-mavzu: mustaqillikka erishish arafasida o’zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar



Yüklə 23,97 Kb.
səhifə1/9
tarix22.12.2023
ölçüsü23,97 Kb.
#153988
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Uzb tarixi

MUSTAQILLIKKA ERISHISH ARAFASIDA O’ZBEKISTONDAGI IJTIMOIY-SIYOSIY JARAYONLAR

Reja:

  • 1. XX asr 80-yillari o’rtalarida respublika ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy hayotidagi inqirozli holat
  • 2. Markazning O’zbekistonda amalga oshirgan qatag’on siyosati. “Paxta ishi”, “O’zbek ishi”
  • 3. Aholi turmush tarzini og’irlashuvi. Orol fojiasi.

1. XX asr 80-yillari o’rtalarida respublika ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy hayotidagi inqirozli holat.


XX asrning 70-yillarda boshlangan turg’unlik holati 80-yillarning o’rtalarida ijtimoiy-siyosiy tanglikni yanada kuchaytirdi. Bu moddiy boyliklarni taqsimlash jarayonida davlat monopoliyasi va boshqaruv tizimi hukmronligining kuchayishi natijasida ishlab chiqarish sur’atlari va mehnat unumdorligining pasayishiga, mehnatkashlarning o’z mehnatlari samaralaridan begonalashuviga olib keldi.
Boshqaruv tizimining o’ta markazlashtirilganligi, siyosiylashtirilganligi ijtimoiy adolat printsiplarining buzilishi va iqtisodiyotda jiddiy nuqsonlarga olib kelishi natijasida sarf-xarajatlari tobora oshib borgan, tufayli sovet hukumati bir qator islohotlar o’tkazishga majbur bo’ldi.
Partiya rahbarligi va ma’muriy buyruqbozlik tizimiga bo’ysundirilgan tizim doirasida iqtisodiyotning mafkura izmiga to’la bo’ysundirilishi sharoitida qilingan islohotlar kutilgan natijani bermadi. SHu davrda ta’lim-tarbiya, ilmiy tadqiqot ishlarining miqdoriy ko’rsatkichlari qanchalik yuqori bo’lmasin, ular markazga qaramligi sababli o’zlarining ish faoliyatida kompartiya mafkuraviy tazyiqidan chetga chiqa olmadilar.

O’quv dasturlari, ayniqsa, ijtimoiy fanlar haddan tashqari siyosatlashtirildi. O’tmishda dunyoga mashhur bo’lgan jahon fanining rivojlanishiga katta hissa qo’shgan ajdodlarimiz nomi esga olinmadi. Millatimizning boy tarixi va adabiyoti o’qitilmadi. CHunki maktab, oliy ta’lim tizimining asl maqsadi O’zbekiston misolida butun jahonga Sovet davlati milliy siyosatining tantanasini ko’rsatishdan boshqa hech narsa emas edi. Bu tizim respublikaning markazga qaramligini yana ham kuchaytirdi.


Yüklə 23,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə