2-mavzu: mustaqillikka erishish arafasida o’zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar

Yüklə 23,97 Kb.
səhifə8/9
tarix22.12.2023
ölçüsü23,97 Kb.
#153988
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Uzb tarixi

1989 yil 8 iyunda Qo’qonda tinch namoyishchilar ana shu harbiy qism askarlari tomonidan o’qqa tutildi. Natijada 50 dan ziyod kishi halok bo’ldi, 200 dan ortiq kishi yarador qilindi. Umuman 3-12 iyun kunlari Farg’ona viloyatida bo’lgan millatlararo to’qnashuvlarni harbiylar tomonidan o’qqa tutilishi oqibatida 103 kishi halok bo’lgan, 1009 kishi jarohatlangan va 650 xonadonga o’t qo’yilib, vayron qilingan. Bunday mudhish voqealar Farg’ona, Sumgait, Boku, Tog’li Qorabog’, O’sh, O’zgan va boshqa mintaqalarda uyushtirilgan ig’vogarliklar bilan bir qatorda turar edi.

3. Aholi turmush tarzini og’irlashuvi. Orol fojiasi.

Sovetlar davrida xo’jalikni boshqarish tizimiga o’rnashib olgan bunday illatlar O’zbekiston iqtisodiyotiga yanada ko’proq zarar keltirdi. Yo’l qo’yilgan jiddiy xatolar, xo’jalikda madaniy ish yuritish printsiplarining qo’pol buzilishi natijasida iqtisodiyotning muhim yo’nalishlari barbod bo’la boshladi. Oqibatda, 80-yillarning o’rtalarida asosiy ijtimoiy-iqtisodiy ko’rsatgichlar bo’yicha respublika ittifoqda oxirgi o’rinlarga tushib qoldi. Aholi jon boshiga milliy daromad olish O’zbekistonda ittifoq darajasidan ikki barobar kam edi.

Respublikada sanoatning xom ashyoga birlamchi ishlov berish tarmoqlari rivojlanganligi tufayli sanoatdagi tayyor mahsulotning salmog’i ittifoq darajasidagi umumiy mahsulotlarning faqat 25% ni, xalq iste’mol mollarini ishlab chiqarish esa o’rtacha 40% ini tashkil qilar edi. Ishlab chiqarishning ixtisoslashuvida ittifoq miqyosidagi xatoliklar O’zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik muammolarni yuzaga kelishiga ko’lami jihatidan ortishiga, aholining moddiy va moliyaviy ahvolining yomonlashuviga olib keldi. O’zbekiston sanoat ishlab chiqarishi asosan paxta tozalash, yoqilg’i sanoati, resurs sohalari, qora va rangli metallurgiya tarmoqlari hisobiga ta’min etildi. Qora va rangli metallurgiya tarmoqlarining ulushi 60-65%ga yetdi.

BESHINCHI TAKLIF.
Orol dengizi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar zonasi deb e’lon qilish to’g’risida BMT Bosh assambleyasining maxsus rezolyutsiyasini qabul qilish va ushbu muhim hujjat qabul qilingan kunni – “Xalqaro ekologik tizimlarni muhofaza qilish va tiklash kuni” deb e’lon qilish.
1993 yil 26 martda Orol dengizi va Orol dengizi mintaqasini muammosini hal qilish, ekologik jihatdan sog’lomlashtirish va Orol mintaqasining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash bo’yicha hamkorlikdagi harakatlar to’g’risida Bitim qabul qilindi va Orolni qutqarish xalqaro jamg’armasi (OQXJ) to’g’risidagi nizom imzolandi.

Yüklə 23,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9

Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə