2-mavzu: mustaqillikka erishish arafasida o’zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar

Yüklə 23,97 Kb.
səhifə5/9
tarix22.12.2023
ölçüsü23,97 Kb.
#153988
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Uzb tarixi

O’zlarini yangi bir qatlam sifatida his qilgan mansabdor shaxslar mehnatkash omma sha’niga dog’ tushira boshladilar. O’zbekiston KP MK ning XVI plenumi (1984 yil) bu qatlamga zarba berishga urinib ko’rdi, biroq sobiq rahbar xodimlarning ko’pchiligi yengilgina qo’rquv bilan qutulib qolishga muvaffaq bo’ldilar. Respublikaning yangi rahbarlari butun aybni boshqalarga (jumladan, marhumlarga ham) ag’darishdan toymadilar. Ular markazga ketma-ket murojaat qilishib, respublikada qattiq tartib o’rnatish uchun markazdan kadrlar yuborishni iltimos qildilar. Bu rahbarlar egallab turgan lavozimlarini va jonlarini asrab qolish uchun qo’yilgan ayblarni SH.R. Rashidovga va o’z xalqiga ag’darishga harakat qildilar.

O’z navbatida markaz ham uzoq kutdirib qo’ymadi. O’zbek xalqi ongida ro’y berayotgan milliy uyg’onish tuyg’ulari markazni tashvishga solayotgan, sobiq SSSRning parchalanib ketishiga jiddiy xavf tug’ilayotgan edi. CHunki, yillar davomida qilingan mehnatga yarasha haq olmaslik, milliy g’urur, iftixor tuyg’usining poymol qilinishi, boshqa xalqlar qatori o’zbek xalqi qalbida ham og’ir asoratlar qoldirayotgan edi. Ayniqsa, Osiyoning bir qator mamlakatlari (Janubiy Koreya, Indoneziya, Singapur, Tayvan, Gonkong kabi sobiq mustamlaka mamlakatlar)da sodir bo’layotgan iqtisodiy o’zgarishlar sovetlar tuzumiga ishonchsizlikni kuchaytira boshladi. Bundan tashqari, Afg’onistondagi olib borilgan urush harakatlari, Eron xalq revolyutsiyasining g’alabasi O’rta Osiyo xalqlari ma’naviyatiga ham jiddiy ta’sir ko’rsatdi. Ularning qalblarida mustaqillikka intilish kayfiyatlari tobora kuchayib bordi.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9

Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə