Singapur davlati iqtisodiyoti



Yüklə 2,02 Mb.
tarix28.11.2023
ölçüsü2,02 Mb.
#134006
Singapur (3)

Singapur davlati iqtisodiyoti


HBA-75 MAMATQULOV BUNYOD
  • Singapur – Janubiy-Sharqiy Osiyoda joylashgan, Maydoni-640 km². Aholisi-5.637 million kishi (2022). Poytaxti — Singapur shahri. Davlat boshligʻi — prezident (2017-yil 14-sentabrdan boshlab,Halima Yoqub), u umumiy toʻgʻri ovoz berish yoʻli bilan aholi tomonidan 6 yil muddatga saylanadi.Bu mamlakat dunyoda davom etayotgan iqtisodiy inqirozga qaramay gullab-yashnashda, rivojlanishda davom etmoqda.

Janubiy-Sharqiy Osiyodagi Britaniya koloniyasi bo‘lgan Singapur hayratlanarli ravishda rivojlanmoqda. Ayni paytda, nufuzli siyosatchilar va iqtisodchilar fikriga ko‘ra, XXI asrda rivojlangan, yashnagan, namunali davlatdir. Singapur 7 ta asosiy taraqqiyot yo‘nalishi – moliya, transport xizmatlari, logistika, shaharsozlik, sog‘liqni saqlash, raqamli iqtisodiyot va ilg‘or ishlab chiqarishni tanlab olgan.
  • Singapurning deyarli barcha yutuqlari bir kishi — islohotchilar asoschisi, mamlakatning sobiq bosh vaziri Li Kuan Yu nomi bilan bog‘liq.

Li Kuan Yuni bolaligidan “Kuan Yew”, ya’ni “nur va yorqinlik” deb chaqirishar edi. Bu ism “ajdodlariga shon-shavkat keltiruvchi” degan ma’noni beradi. Millat otasi sifatida tan olingan va davlatni 30 yil boshqargan Li Kuan Yu o‘z irodasini namoyish qildi, nafaqat ajdodlariga, millatiga shon-shavkat hamda farovonlik keltirdi, o‘z va’dasiga binoan xalqini dunyoning yetakchi davlatlari qatoriga qo‘sha oldi.
  • 63 ta orolda joylashgan ushbu davlat tabiiy resurslarga deyarli ega emas, hattoki Malayziya va Indoneziyadan ichimlik suvi va qurilish qumi sotib olib kelinadi. Shunga qaramay, Singapur endi banklar, osmono‘par binolar, chiroyli yo‘llar va dunyoning eng yaxshi soliq, ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimlariga ega.

singapur iqtisodiyoti

  • Valyutasi: Singapur dollari
  • Savdo tashkilotlari: APEC, JST, ARC-SIO, ASEAN
  • Statistikalar

  • YaIM: $362.818 (2019)
  • YaIM darajasi: 32-oʻrin
  • Jon boshiga YaIM: $103 181 (2019)
  • Aholi jon boshiga YaIM darajasi: 3-oʻrin
  • Inflyatsiya (INI): 0.439% (2018)
  • Bugunga kelib, Singapur jahonda rivojlangan mamlakatdir. Yalpi ichki mahsulotning aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan ulushi 53 ming AQSH dollarini tashkil qiladi. Singapurliklarning 90 foizi barcha sharoitlarga ega bo‘lgan uy-joylarga ega. Bu mamlakatda ishsizlik darajasi bor-yo‘g‘i 2 foizni, o‘rtacha ish haqi 5808 singapur dollarini tashkil etadi. Singapur dollarining qadri baland. Inflyatsiya darajasi 0,4 foiz. Singapurda erkak va ayollar 62 yoshdan pensiyaga chiqishadi. Bosh vazir topshirig‘iga muvofiq mahalliy va xorijiy tadbirkorlar o‘rtasida muntazam ravishda biznes yuritishni osonlashtiruvchi xronologik kuzatuvlar, uchrashuv va debatlar o‘tkazib boriladi. Singapur jahon bankining “biznes qilish” reytingida yetakchi hisoblanadi. Shuning uchun butun dunyodan sarmoyalar bu mamlakatga oqib keladi.
  • Osiyo mamlakatlari guruhi orasida Singapur Xitoyga kiritgan eng yirik to’g’ridan –to’g’ri investor sifatida e’tirof etiladi. Kiritilgan investitsiyalarning 80% ortig’i kuchmas mulk, turizm va sanoat sohalaridir.

Investitsiyalarning asosiy qismi Xitoyning janubiy viloyatlariga, jumladan Fujian va Guangdong viloyatlari hissasiga to’g’ri keladi.

Ta'kidlash kerak, Singapur bir necha yillardan buyon dunyoning eng aqlli shaharlari ro‘yxatini tark etgani yo‘q. Bolalar raqamli savodxonlikni maktabgacha ta'lim muassasasida o‘rganishadi. O‘rta ta'lim sifati esa Osiyoda eng yaxshisi hisoblanadi. Ekspertlarning fikricha, 2050 yilga borib, Singapur 50 foizga elektrtransport bilan ta'minlanadi. Bugungi kundayoq, shahar ko‘chalarida bepul elektr taksilarni uchratish mumkin.

E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT


Yüklə 2,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə