2-mavzu: mustaqillikka erishish arafasida o’zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar


Ma’muriy-buyruqbozlik tartibi o’rnatilishi bilan



Yüklə 23,97 Kb.
səhifə3/9
tarix22.12.2023
ölçüsü23,97 Kb.
#153988
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Uzb tarixi

Ma’muriy-buyruqbozlik tartibi o’rnatilishi bilan

dunyoga ilmiy nuqtai-nazardan yondashish inkor etila boshlandi. Din bilan dunyoviy qarash bir-biriga qarama-qarshi siyosiy qarash bilan almashtirildi. Sotsializmda dinga o’rin yo’q, unga din begona, dinga nisbatan salbiy munosabat, dinga qarshi zo’rlik ko’rsatishga aylanib qoldi. Masjid, madrasa, maktab, darsxonalar, 70 yil davomida ta’mirlanmadi, aksincha ko’pchiligi buzib tashlandi. eng qimmatli tarixiy boyliklar, jumladan, nodir qo’lyozmalar, muqaddas kitoblar Peterburgga tashib ketildi.

Ma’muriy-buyruqbozlik tizimi va shaxsga sig’inish mafkurasi

respublikaning ijodiy xodimlarini, ularning butun ma’naviy hayotini qattiq iskanjaga oldi. Kommunistik badiiy adabiyotni qo’pol ravishda sotsializm nazariyasiga tadbiq etdi. Dinni bilish imkonlarini toraytirib qo’ydi. Partiyaning kommunistik mafkuraga e’tiqod qilishga da’vati o’tmishga salbiy munosabat paydo bo’lishiga, ijtimoiy-iqtisodiy jarayondagi tarixiy izchillikni unutib yuborishga olib keldi. Madaniyatda murakkab ijtimoiy muammolarni keltirib ko’rsatishar, kamchiliklarni bo’yab, haqiqatni buzib ko’rsatish boshlandi. Kommunistik mafkuraning hukmronligi xalqning ma’naviy madaniyatiga nihoyat darajada katta zarar yetkazdi. Zo’rlik va buyruqbozlikka tayangan yakkabozchilik tuzumini yurgizayotgan siyosat natijasida O’zbekiston Respublikasi 80-yillarda siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy taraqqiyotda tang ahvolga tushib qoldi.

“Qayta qurish”

1985 yilda boshlangan “Qayta qurish” natijasida vujudga kelgan oshkoralik tufayli sovet jamiyatidagi haqiqiy ahvolni tahlil qilish va mamlakatda yo’l qo’yilgan xatolarga ochiqchasiga baho berish imkoniyati vujudga keldi. O’sha paytda SSSR ning tarkibiy qismi bo’lgan O’zbekiston ham qayta qurish girdobiga tortildi. Demokratiyani asosan sotsialistik xalq hokimiyati va o’z-o’zini boshqarish deb tushunilib, buning uchun saylov tizimini takomillashtirishga ma’lum darajada harakat qilindi.


Yüklə 23,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə