2-mavzu: mustaqillikka erishish arafasida o’zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar

Yüklə 23,97 Kb.
səhifə4/9
tarix22.12.2023
ölçüsü23,97 Kb.
#153988
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Uzb tarixi

Biroq, 1987 yil iyun oyida mahalliy sovetlarga bo’lib o’tgan saylov hali bu jarayon demokratiyalashuvdan ancha yiroq ekanligini ko’rsatdi. Saylovda mahalliy sovetlarga 106484 kishi saylangan bo’lib, ulardan 37709 nafari, ya’ni 35,7% ishchilar, 29209 nafari yoki 27,7% kolxozchilar edi. 1985 yilda respublika ishchilari orasida o’zbeklar 45,7% bo’lsa, aholi tarkibida esa ular 70% dan ortiq edi. Demak, deputatlar orasida o’zbeklar kamchilikni tashkil qilgan.

2. Markazning O’zbekistonda amalga oshirgan qatag’on siyosati. “Paxta ishi”, “O’zbek ishi”.

1960-yillarning oxirlarida partiya va davlat apparatlari xodimlari o’rtasida o’zini xalqdan ustun qo’yish va boylik ortdirishga urinish harakatlari avj oldi. Bu hol xavfsizlik xizmati va ichki ishlar xizmati rahbar xodimlari o’rtasida ham tez tarqala boshladi. Sobiq ittifoqda bo’lgani kabi, respublikada ham davlat xazinasiga qo’l urish, xizmat lavozimlarini suiste’mol qilish, poraxo’rlik va boshqa salbiy holatlar kuchaydi.

O’zlarini yangi bir qatlam sifatida his qilgan mansabdor shaxslar mehnatkash omma sha’niga dog’ tushira boshladilar. O’zbekiston KP MK ning XVI plenumi (1984 yil) bu qatlamga zarba berishga urinib ko’rdi, biroq sobiq rahbar xodimlarning ko’pchiligi yengilgina qo’rquv bilan qutulib qolishga muvaffaq bo’ldilar. Respublikaning yangi rahbarlari butun aybni boshqalarga (jumladan, marhumlarga ham) ag’darishdan toymadilar. Ular markazga ketma-ket murojaat qilishib, respublikada qattiq tartib o’rnatish uchun markazdan kadrlar yuborishni iltimos qildilar. Bu rahbarlar egallab turgan lavozimlarini va jonlarini asrab qolish uchun qo’yilgan ayblarni SH.R. Rashidovga va o’z xalqiga ag’darishga harakat qildilar.

Yüklə 23,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9

Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə