O'zbekiston davlat suverenitetining e'lon qilinishi Mundarija: Kirish Asosiy qism I bob O’zbekiston davlat suverenitetining e’lon qilinishi



Yüklə 56,61 Kb.
səhifə1/6
tarix26.05.2023
ölçüsü56,61 Kb.
#112974
  1   2   3   4   5   6
O\'zbekiston davlat suverenitetining e\'lon qilinishi


O'zbekiston davlat suverenitetining e'lon qilinishi
Mundarija:
Kirish………………………………………………………………………………3
Asosiy qism
I Bob O’zbekiston davlat suverenitetining e’lon qilinishi
1.1 O’zbekiston davlat mustaqilligining e’lon qilinishi va uning tarixiy ahamiyat……………………………………………………………………….….13
1.2 O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining e'lon qilinishi va yangi konstitutsiyani qabul qilish zaruriyati……….19
II Bob O’zbekiston mustaqil suveren davlat
2.1 Xalqimiz intilgan mustaqillik o`zi nima?.......................................................28
2.2 O’zbekiston Respublikasi mustaqilligi haqidagi hujjatlar……….………….31
Xulosa…………………………………………………………………………….33
Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………………34

Kirish
Kurs ishining dolzarbligi: Shu kuni O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi O`zbekiston Respublikasining "Mustaqillik Deklaratsiyasi"ga va "Davlat mustaqilligi to`g`risidagi Oliy Kengash Bayonoti"ga asoslanib, "O`zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to`g`risida"gi konstitutsiyaviy qonunni qabul qildi. Ushbu qonun O`zbekistonning davlat mustaqilligiga erishganligini uzil-kesil mustahkamladi. Unda, jumladan "O`zbekiston Respublikasi o`z tarkibidagi Qoraqalpog`iston Respublikasi bilan birga, mustaqil demokratik davlatdir" deyiladi. Ushbu qonunda O`zbekiston Respublikasi xalqining severenligi, davlat hokimiyati uning xohish-irodasiga muvofiq vakillik organlari tizimi orqali amalga oshirilishi, hududi va chegaralari daxlsiz va bo`linmasligi, u O`zbekiston xalqining roziligisiz o`zgartirilishi mumkin emasligi prinsiplari mustahkamlandi. Shuningdek, davlat hokimiyati idoralarining tizimi, hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo`linishi tartibiga asoslanishi belgilab berildi. O`zbekiston Mudofaa ishlari vazirligini tuzish, Milliy gvardiya va muqobil xizmatni tashkil etish mustaqil davlatning asosiy belgisi sifatidagi huquqi ekanligi ko`rsatildi. Uning hududidagi barcha moddiy va ma'naviy boyliklar umummilliy boylik ekanligi, ishlab chiqarish vositalari va boshqa noishlab chiqarish fondlari, transport, aloqa va energetika tizimlari respublika mulkidir, deb mustahkamlandi. Dastlabki bozor munosabatlarini rivojlantirishda mulk shakllari bundan buyon to`liq takomillashtirilishi va buning tegishli qonunlar asosida kafolatlanishi belgilab berildi. Chet davlatlar bilan diplomatik, konsullik, savdo aloqalari, muxtor vakillar bilan ayriboshlash, xalqaro shartnomalar tuzish, xalqaro tashkilotlarga a'zo bo`lish uning ajralmas huquqidir deb ko`rsatildi. Shular bilan birga, O`zbekiston Respublikasi o`z hududida ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy munosabatlarni rivojlantirish va tartibga solishda inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasiga muvofiq, inson qadr-qimmati ulug`lanishini doimo nazarda tutishini, o`z taraqqiyot yo`lini, o`z davlat ramzlari va davlat tilini o`zi belgilashini deb e'lon qildi.

Yüklə 56,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə