O'zbekiston davlat suverenitetining e'lon qilinishi Mundarija: Kirish Asosiy qism I bob O’zbekiston davlat suverenitetining e’lon qilinishi


II Bob O’zbekiston mustaqil suveren davlat



Yüklə 56,61 Kb.
səhifə4/6
tarix26.05.2023
ölçüsü56,61 Kb.
#112974
1   2   3   4   5   6
O\'zbekiston davlat suverenitetining e\'lon qilinishi

II Bob O’zbekiston mustaqil suveren davlat
2.1 Xalqimiz intilgan mustaqillik o`zi nima?
O’zbekistonning o’z suvereniteti uchun kurashi, avvalo, jumhuriyatda qabul qilingan har bir qonunning mazmuni va mohiyati jihatidan sobiq Ittifoq qonunlaridan tubdan farq qilishida, bundan tashqari, har bir qonun avvalgidek Ittifoq qonuniga moslashtirib emas, balki respublika manfaati ifoda etilganligi bilan ajralib tura boshladi.
Masalan, 1989 yil 20 oktabrida o’n birinchi chaqiriq O’zbekiston SSR Oliy Sovetining o’n birinchi sessiyasida “O’zbekiston SSR Konstitutsiyasi (Asosiy Qonuni)ga o’zgartirishlar va qo’shimchalar kiritish” to’g’risidagi masala maxsus muhokama etildi. Sessiyada shu masala yuzasidan respublika Oliy Soveti Raisi doklad qildi. Ma’ruzada O’zbekiston SSR Konstitutsiyasi (Asosiy Qonuni)ga o’zgartirishlar va qo’shimchalar kiritish haqidagi Qonun davlat mexanizmining hammad bo’g’inlari Oliy Sovetga bo’ysunishini nazarda tutishi alohida ta’kidlandi. Respublika Oliy Sovetiga eng oliy nazorat qiluvchi idora sifatida O’zbekiston SSRning yuqori mansabdor shaxslarini, shu jumladan, Oliy Sovet Raisini saylash, O’zbekiston SSR Ministlar Sovetining Raisini, hukumat a’zolari va boshqa rahbar lavozimdagi kishilarni tasdiqlash yoki tayinlash va zarur bo’lganda ularni muddatidan oldin lavozimidan chaqirib olish huquqi berildi. Hukumatning bir yilda kamida bir marta Oliy Sovet oldida hisob berishi majburiy qilib qo’yildi. Shuningdek, Oliy Sovet byudjetni nazorat qilish, ministrlik va idoralar ishini tekshirish, deputatlar so’rovini muhokama qilish masalalarini ham ko’rib chiqadigan bo’ldi.5
Konstitutsiyaga kiritilgan bu o’zgartirishlar respublika davlat hokimiyatning oliy idorasiga mustaqil davlat oliy idorasiga xos zarur vakolatlarni berdi. Ayni choqda bu vakolatlar uning ijtimoiy adolat prinsiplari buzilgan hamma joyda zudlik bilan uni tiklashi, jamiyat turmushida yuz berishi mumkin bo’lgan noxush hodisalarning oldini olish imkoniyatini ham berdi.
Qonun yana shunisi bilan ahamiyatli ediki, O’zbekiston SSR Oliy Sovetini respublikaning Sovet Federatsiyasida erkin, har tomonlama rivojlanishi uchun kafolat beradigan vakolatlar bilan ham ta’minladi. Ilgari bu vakolatlarning ko’pchiligi faqat ittifoq idoralarining huquqi hisoblanar edi. Masalan, 102-moddada ko’zda tutilgan “mulkchilik munosabatlarini, xalq xo’jaligini va sotsial-madaniy qurilishni, byudjet-moliya sistemasini, mehnatga haq to’lashni, narx belgilashni, soliq, tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanishni, shuningdek bir qancha boshqa ijtimoiy munosabatlarni qonun yo’li bilan respublikada tartibga solish” shular jumlasidandir.
Shuning uchun Konstitutsiyaga kiritilgan bu qo’shimchalar deputatlar tomonidan yakdillik bilan kutib olindi. Jumladan, sessiyada so’z olgan Farg’ona viloyatidagi “Rishton” sovxozining brigade boshlig’i, deputat Saodatxon Yoqubova “Ushbu sessiyada muhokama qilinayotgn masala g’oyat muhim bo’lib davlatni boshqarishda oshkoralik, demokratiya, inson manfaatlarini to’la himoya qilish, davlatning fuqaro oldidagi, fuqaroning davlat oldidagi huquqiy javobgarliklarini ta’minlashga olib keladi”, – deb barcha sessiya qatnashchilari fikrini ifodaladi. Shu boisdan sessiyada O’zbekiston Konstitutsiya (Asosiy Qonun)ga o’zgartirishlar va qo’shimchalar kiritish to’g’risida” qabul qilingan Qonunning 101-moddasi “O’zbekiston SSR Davlat hokimiyatining oliy organi doimiy ishlaydigan O’zbekiston SSR Oliy Soveti bo’lib, u o’z faoliyatiga qonun chiqarish, farmoyish berish va nazorat qilish vazifalarini amalga oshiradi.
O’zbekiston SSR Oliy Soveti “O’zbekiston SSR ixtiyoriga berib qo’yilgan har qanday masalani qarab chiqish uchun qabul qilish va hal etish haqlidir”, ayni choqda u milliy davlat tuzilishi masalalariga doir qarorlar qabul qiladi”, – deb alohida ta’kidlab qo’yildi.
Aytish kerakki, respublika rahbariyatining O’zbekistonning siyosiy suverenitetini ta’minlashga qaratilgan qat’iy pozitsiyasi I.A.Karimov tomonidan 1980 yillar oxiridan boshlab bir necha marta ko’ndalang qilib qo’yildi. Jumladan, U KPSS Markaziy Komitetining 1989 yil 20 sentabrida Moskvada bo’lib o’tgan Plenumida dadil tarzda: “Biz ittifoq va respublikalarning vazifalarini, burchlarini va o’zaro majburiyatlarini aniq-ravshan belgilab qo’yish, respublikalar mustaqilligini har jihatdan mustahkamlash tarafdorimiz”, – deb ta’kidladi. Oradan bir oz o’tgandan so’ng – O’zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining 1990 yil 23 martidagi Plenumida u O’zbekistonning iqtisodiy mustaqillikka erishishning asosiy yo’llarini ko’rsatib: “Siyosiy sistemani yangilash masalalarini O’zbekistonning iqtisodiy mustaqilligi muammolaridan ajralgan holda qarash mumkin emas. Bizda bunday mustaqillik uchun shart-sharoit bor”, – degan fikrni bildiradi.
Darhaqiqat, 1980 yillarning oxirlaridan boshlab respublikada iqtisodiy va siyosiy suverenitet uchun qadam-baqadam chora-tadbirlar ko’rildi. Masalan, O’zbekiston SSR Oliy Soveti 1989 yil 25 noyabrida bo’lgan “O’zbekiston SSRni iqtisodiy va sotsial rivojlantirishning 1990 yilgi Davlat plani to’g’risida”gi masalani muhokama qilar ekan, respublikaning iqtisodiy mustaqilligiga oid muhim tadbirlarni belgiladi. “1990 yilga mo’ljallangan plan, – deb ta’kidlanadi sessiyada, – respublikaning o’z-o’zini mablag’ bilan ta’minlash prinsiplariga o’tish arafasida uning iqtisodiy mustaqilligini kengaytirish talablarini hisobga olgan holda tuzilgan edi… Eng asosiysi respublikaning sharoiti, o’ziga xos xususiyati, an’anaviy marosimlari va manbalaridan kelib chiqqan holda territorial xo’jalik hisobining o’z konsepsiyasini ishlab chiqishdir”.
Sessiya 1990 yil plani byudjet loyihalarida hukumatning o’zlashtirilgan capital mablag’lari sotsial ehtiyojlarga sarf qilinishini qonunan to’g’ri va asosli deb hisobladi va “respublikaning suvereniteti ayni shunda yaqqol ko’rinadi”, – deb ta’kidladi.
Sessiyada respublikaning iqtisodiy mustaqilligini ta’minlashga qaratilgan quyidagicha qaror qabul qilindi:
“1990 yilda sovet va xo’jalik organlari, ilmiy muassasalar ishining muhim yo’nalishi respublikani o’z-o’zini boshqarish va o’z-o’zini mablag’ bilan ta’minlash prinsipiga o’tishga tayyorlash yuzasidan amaliy tadbirlarni ishlab chiqishdan iborat, deb hisoblansin.
O’zbekiston SSR Ministrlar Soveti bu ish jarayonida ijtimoiy ishlab chiqarishning real resurslarini hamda amal qilish imkoniyatlari – strukturani tubdan takomillashtirish va uning ilmiy-texnikaviy hamda tashkiliy darajasini oshirish imkoniyatlarini har tomonlama qarab chiqsin… amalga oshirilayotgan siyosiy Sistema islohotini, ishlab chiqarish munosabatlarini takomillashtirishni hisobga olgan holda respublikaning iqtisodiy suverenitetini kengaytirishning asosiy yo’llarini belgilasin”.
1990 yil 23 martida O’zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining Plenumi bo’ldi. Unda O’zbekiston SSRning siyosiy suvereniteti masalalariga oid muammolarni tahlil etishga va konsepsiyalarini ishlab chiqishga jiddiy e’tibor berildi. Plenum yangilanayotgan siyosiy tizimda respublika Kompartiyasining o’rni va mavqei, uning davlat hokimiyati idoralari va jamoat tashkilotlari bilan o’zaro munosabati prinsiplari to’g’risidagi masalalarini muhokama qilib, buyruqbozlikdan, ma’muriyatchilikdan voz kechish lozimligini uqtirdi. Shu bilan birga Plenum respublika siyosiy tizimi to’g’risidagi masalani ko’rib chiqishni hayot taqozo qilayotganligini ko’rsatib, real hokimiyat O’zbekiston Kompartiyasidan, uning barcha darajalaridagi komitetlaridan xalq deputatlari Sovetlariga berilishi bilan bog’liq barcha qiyinchiliklarni yengib o’tishlari lozimligini ta’kidlab, yuzaga kelgan vaziyatda O’zbekiston SSR Prezidenti lavozimini ta’sis etish muhim ahamiyat kasb etadi”, – deb ta’kidladi.
O’zbekistonda Prezidentlik boshqaruvi masalasining ko’tarilishi shunchaki SSR Ittifoqi yangi tartibiga taqlid qilish emas, balki prinsipial amaliy va tarixiy hodisa bo’ldi. Respublika boshqaruvning ayni ana shunday shakli joriy etilishi, avvalo, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, millatlararo va boshqa sohalardagi muammolarni hal qilish jarayonini tezlashtirishga ko’maklashish vositasi sifatida joriy qilindi. Eng muhimi shundan iboratki, Prezident muassasining joriy etilishi – respublika uchun suverenitet va davlatchilikda mohiyat jihatidan yangi bosqichga o’tishni bildirar edi.
Alohida ta’kidlash kerakki, ayni shu paytda keng miqyosda tartib va intizomni, eng avvalo, boshqaruvning barcha darajalarida va jabhalarida ijro mexanizmini qayta qurishni tezlashtirish vazifalarini o’z vaqtida hal etish masalasi, fuqarolar huquqlarini himoya qiluvchi barcha davlat muassasalarini nazorat qilish ham katta ahamiyat kasb etmoqda edi.
Ana shu ob’yektiv holatni hisobga olib, 1990 yil 24 martida XII chaqiriq O’zbekiston SSR Oliy Sovetining birinchi sessiyasi bo’ldi. Sessiya O’zbekiston tarixida birinchi marta Prezidentlik lavozimini ta’sis etish to’g’risida qaror qabul qildi. Sessiya yakdillik bilan Islom Abdug’aniyevich Karimovni O’zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining Prezidenti etib saylash to’g’risida qaror qabul qildi. Bu yerda shuni alohida ta’kidlash kerakki, O’zbekistonda Prezident lavozimining ta’sis etilishi jumhuriyatning siyosiy va iqtisodiy mustaqilligi uchun kurash borasida qo’yilgan dadil qadamlardan dastlabkisi edi.
Chunki uzoq yillar mobaynida yig’ilib qolgan milliy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy rivojlanish muammollari bu vaqtga kelib nihoyatda keskin tus olgan edi. Hayot respublikaning kelajagi, xalq taqdiri va turmushining, O’zbekiston fuqarolari kelajak avlodlari hayotining to’kisligi, tinchlik, osoyishtalik muammolarini izchil hal etishni ko’rsata boshladi. O’zbekiston oldidagi mana shu dolzarb muammolarni hal etishda Prezident lavozimi keng imkoniyat ochar edi.
Respublikaning birinchi Prezidenti I.A.Karimov sessiyada “Bu katta ishonch uchun o’zimning minnatdorchiligimni bildiraman, men buni, eng avvalo, o’zbek xalqi, O’zbekiston SSRning barcha mehnatkashlari, ishchilar sinfi, dehqonlar, ziyolilar, jumhuriyatimizda yashovchi hamma millat va xalqlar taqdiri uchun o’z zimmamga tushgan ulkan burch va javobgarlik deb qabul qilaman. Har bir grajdanning konstitutsion huquqi va erkinliklarini ta’minlash yo’lida katta mas’uliyat deb tushunaman”, – dedi.
O’z fikrini davom ettirib, u Prezident vazifasiga to’xtalib: “O’zbekiston Prezidenti sifatidagi o’zimning asosiy vazifalarini nimadan iborat deb bilaman? O’zbekiston SSRning siyosiy mustaqilligini mustahkamlash va yanada takomillashtirish, uni yangi va hayotiy mazmun bilan boyitish, shuningdek, “Prezident boshqaruvi”ning muhim vazifalaridan biri respublikaning iqtisodiy mustaqilligini, o’zini-o’zi idora qilishga o’tishini ta’minlashdir. Ayni choqda mehnatkashlarning, aholining hamma tabaqalari faravonligini oshirish, odamlarning talab va ehtiyojlarini qondirish, ijtimoiy sohani tez sur’atlar bilan rivojlantirish – respublika davlat hokimiyati organlaridan, shaxsan mendan, O’zbekiston SSR Prezidentidan doimiy e’tibor talab qiladigan vazifadir”. Shu tariqa Prezident eng qiyin va qonli to’qnashuvlarni boshdan kechirgan xalq oldida butun mas’uliyatni ochiq-oydin o’z zimmasiga oldi.6
Shu bilan birga Prezident o’z faoliyatining markazida xalqni ma’naviy yuksaltirish, insonni axloqiy va jismoniy takomilga erishtirish turganligini ham alohida uqdirdi.
Gap O’zbekiston mustaqilligi haqida borganda, shubhasiz, O’zbekiston SSR Oliy Sovetining ikkinchi sessiyasida qabul qilingan O’zbekiston Respublikasi “Mustaqillik Deklaratsiyasi”ning o’rni va ahamiyatiga alohida to’xtash lozim. Zero bu muhim hujjat O’zbekistonning mustaqillikka erishishida qo’yilgan navbatdagi muhim qadamlardan biri edi. Bu umumdavlat ahamiyatiga ega bo’lgan Deklaratsiyani qabul qilishda respublika Oliy Soveti deputatlari faollik ko’rsatdilar. O’zbekistondagi tarixiy shart-sharoit va vaziyatni hisobga olgan 200 dan ortiq deputat XII chaqiriq respublika Oliy Sovetining ikkinchi sessiyasi (1990 yil 18 iyunda) boshlanishidayoq mustaqillik Deklaratsiyasi qabul qilishni kun tartibiga kiritishni va kechiktirmasdan shu sessiyada uni qabul qilishni qat’iy talab etdilar.
O’zbekiston SSR Oliy Soveti Rayosati a’zolari, komissiya raislari va muovinlari “Mustaqillik Deklaratsiyasi” xususida fikrlashib, deputatlar fikrini olish va so’ng uni sessiyaga olib chiqish lozim deb topdilar. 19 iyun kuni 40 dan ortiq deputat, doimiy komissiyalarning raislari, huquqshunoslar tayyorlagan Deklaratsiya matnini batafsil ko’rib chiqdi. Natijada bu masala 20 iyun kuni sessiyada kun tartibiga kiritildi.
“Mustaqillik Deklaratsiyasi” deputatlar tomonidan moddama-modda, bandma-band muhokama qilindi, har bir millat o’z taqdirini o’zi belgilashi, Deklaratsiya qoidasi bilan kafolatlanishi qayta-qayta ta’kidlandi. Unda o’zbek xalqining asrlar davomida qo’lga kiritilgan davlat qurilishi va madaniy taraqqiyot borasidagi boy tarixiy tajribasi va an’analari hisobga olinishi uqtirildi.
Natijada sessiya qabul qilingan “Mustaqillik Deklaratsiyasi” kirish qismiga quyidagicha yozib qo’yildi:
“O’zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi Oliy Kengashi o’zbek xalqining davlat qurilishi tarixiy tajribasi va tarkib topgan boy an’analari, har bir millarning o’z taqdirini o’zi belgilash huquqini ta’minlashdan iborat oliy maqsad haqi, O’zbekistonning kelajagi uchun tarixiy mas’uliyatni chuqur his etgan holda xalqaro huquq qoidalariga, umumbashariy qadriyatlarga va demokratiya prinsiplariga asoslanib, O’zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qiladi”.
Shuningdek, birinchi moddada: “O’zbekiston SSRning demokratik davlat mustaqilligi respublikaning o’z hududida barcha tarkibiy qismlarini belgilashda va barcha tashqi munosabatlarda tanho hokimligidir”, – deb belgilab qo’yildi. Sessiya qabul qilgan bu “Mustaqillik Deklaratsiyasi” xalqimiz tomonidan katta mamnuniyat bilan kutib olindi.
Surxondaryo viloyati, Kuybishev saylov okrugidan saylangan deputat I.Fayzullayev o’z his-tuyg’ularini ifodalab: “Xalqimiz qarsak chalib, joyimizdan turib, butun vujudimiz bilan berilib, Mustaqillik Deklaratsiyasini qabul qildik. Butun O’zbekiston xalqi ko’rib turdi. 70 yillar davomida O’zbekiston ishlab topgan mahsulotlarini, bor xom ashyosini o’zi yemay boshqa respublikalarga berib keldi. Endi mustaqillikni qo’lga kiritay deganda… orqaga qaytmaslik lozim”.
hu kundan boshlab respublikada O’zbekiston iqtisodiy va siyosiy hayotiga doir masalalar mustaqil tarzda hal qilina bordi.
Bu borada ba’zi misollarni keltirish o’rinli. Jumladan, 1991 yil 22 iyulida O’zbekiston SSR Oliy Kengashi Prezidiumi “O’zbekiston SSR hududida joylashgan Ittifoqqa bo’ysinuvchi davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarini “O’zbekiston SSRni huquqiy tobeligiga o’tkazish to’g’risida qaror qabul qilib, jumladan, unda “O’zbekiston SSRning “Mustaqillik Deklaratsiyasi”ga amal qilib, bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida mehnat jamoalari manfaatlarini himoya qilish va ularning xo’jalik mustaqilligini ta’minlash maqsadida respublika hududida joylashgan ittifoqqa bo’ysinuvchi davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlari O’zbekiston SSRning huquqiy tobeligiga o’tadi”, – deb qayd qilindi.
Shuningdek, ushbu qaror “O’zbekiston SSR Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasiga Ittifoqqa bo’ysunuvchi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning O’zbekiston SSR huquqiy tobeligiga o’tishi tartibini belgilash vazifasi topshirildi”.
Yana bir misol: respublika Oliy Soveti Prezidiumi “Chakana narxlar amalga oshirilayotgan bir davrda mehnatni rag’batlantirishni kuchaytirish va mehnatkashlarning ijtimoiy himoyalanganligini ta’minlash maqsadida, O’zbekiston SSRning “Mustaqillik Deklaratsiyasi”ga hamda O’zbekiston SSRdagi korxonalar to’g’risidagi qonunga muvofiq “1991 yilgi “Ittifoq byudjeti” to’g’risidagi SSSR Qonuni 8-moddasining “korxonalar iste’mol fondini ko’paytirishni cheklashga oid qismi amal qilishini O’zbekiston hududida to’xtatishi” to’g’risida ham qaror qabul qildi. Shunday qilib, 90-yillarning dastlabki davrlarida O’zbekiston SSR Prezidenti I.A.KArimov, O’zbekiston SSR Oliy Kengashi va Hukumati O’zbekistonning siyosiy-iqtisodiy mustaqilligi, uning milliy suvereniteti uchun dadil qadamlar qo’ydilar. Bu xalq tomonidan ham qoniqish bilan kutib olina boshladi. Masalan, Toshkent siyosatshunoslik va boshqaruv institute 1991 yili fevral oyida Toshkent, Samarqand, Farg’ona shaharlarida 10 ta sanoat korxonasida 400 ishchi bilan sotsiologik so’rov o’tkazdi. So’ralganlarning 67,8 foizi mamlakatda iqtisodiy ahvol yaxshilanmaydi, deb 72 foizdan ortig’i esa hayotdan qoniqmayotganini aytdi. Ishchilarda sobiq Markazning sotsial-siyosiy tartibotlariga ishonmaslik vujudga keldi. Masalan: “Umumittifoq va mahalliy hokimiyat hamda boshqaruv organlariga sizning munosabatingiz qanday?”, – deb berilgan savolga 4,5 foiz kishi: “O’z umidimni umumittifoq davlat idoralari bilan bog’layman”. 32,5 foiz ishchi esa: “Respublika davlat organlari bilan bog’layman”, – deb javob berdi. Ushbu javoblardan ham ko’rinib turibdiki, kishilarda umumittifoq idoralariga emas, balki respublika davlat idoralariga, tabiiyki, respublikaning mustaqil rivojlanishiga ishonchi tobora orta boshladi. I.A.Karimov O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XII chaqiriq oltinchi sessiyasida jamiyatda yuz berayotgan o’zgarishlarni ta’riflab shunday fikr bildirgan edi: “Mamlakatda bugun mavjud bo’lgan keskin qarama-qarshilik vaziyatni bir kunda paydo bo’lgnia yo’q. Novo-Ogorevoda Ittifoq shartnomasi ustidan ish olib borilayotgan bir paytda SSSR Oliy Kengashining rahbarlari pozitsiyasi ma’lum bo’ldi.


Yüklə 56,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə