O'zbekiston davlat suverenitetining e'lon qilinishi Mundarija: Kirish Asosiy qism I bob O’zbekiston davlat suverenitetining e’lon qilinishi


O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining e'lon qilinishi va yangi konstitutsiyani qabul qilish zaruriyati



Yüklə 56,61 Kb.
səhifə3/6
tarix26.05.2023
ölçüsü56,61 Kb.
#112974
1   2   3   4   5   6
O\'zbekiston davlat suverenitetining e\'lon qilinishi

1.2 O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining e'lon qilinishi va yangi konstitutsiyani qabul qilish zaruriyati
O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi, Ittifoqdagi vaziyatni oldindan ko`ra bilganligi va unga to`g`ri baho bera olganligi, shunda ko`rinadiki, SSSR tarkibiga kiritilgan respublikalar ichida birinchilardan bo`lib u 1990 yil 20 iyunda " Mustaqillik deklaratsiyasi"ni qabul qildi. O`sha davrda Ittifoqni tish-tirnog`i bilan saqlab qolishga intilayotgan qora kuchlar milliy nizolarni avj oldirish uchun barcha imkoniyatlarini ishga solgan. Buning misoli sifatida Farg`ona bilan Oshdagi voqealarni keltirishimiz mumkin. O`zbekistonni Mustaqilligining e'lon qilinishi va uning tinchliksevar mamlakatlar tomonidan tan olinib qo`llab-quvvatlanganligi O`zbekistonning tinch yo`l bilan o`z huquqini mustahkamlab olishida juda katta yordam berdi.
O`zbekistonning davlat mustaqilligiga erishishida, avvalo, 1990 yil 24 mart kuni Sobiq Ittifoq respublikalari ichida birinchi bo`lib Prezidentlik lavozimining joriy etilishi muhim ahamiyatga egadir. O`zbekiston Respublikasida Prezidentlik lavozimining joriy etilishi mustaqillik g`oyalarini tezkorlik bilan amalga oshishi uchun shart-sharoitlar yaratib berdi. O`zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov tashabbusi bilan 1990 yil 20 iyunda Oliy Kengash yig`ilishi chaqirilib, "Mustaqillik Deklaratsiya"si qabul qilindi. Bu hujjatning tarixiy ahamiyati shundan iboratki, u o`zbek davlatchiligi tarixidagi birinchi tinch yo`l bilan o`z taqdirini o`zi belgilash huquqi to`g`risidagi hujjat edi. Unga ko`ra, o`zbek xalqi davlat boshqaruvida har bir millatning o`z taqdirini o`zi belgilash huquqini va farovon hayot kechirishini ta'minlashni oliy maqsad deb o`z zimmasiga olgan holda, xalqaro huquq qoidalariga asoslanib o`zining "Mustaqillik Deklaratsiya"sini e'lon qildi. Va bundan buyon O`zbekiston o`zining tashqi munosabatlarida, davlat hokimiyati masalalarini hal etishda tanho hokimligini, uning chegaralari va hududi daxlsiz ekanligi, o`z taraqqiyot yo`lini, o`z nomini, davlat ramzlarini (gerb, bayroq, madhiya) o`zi ta'sis etishi va demokratik huquqiy davlat tashkil topganligini butun dunyoga ma'lum qildi.
O`zbekistonning davlat mustaqilligiga erishishi uning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy va ma'rifiy yangilanish istiqbollari rejalarini belgilab berdi. Batamom mustaqillikni qo`lga kiritish uchun ma'lum bir vaqt talab qilinar edi. Chunki Sobiq Ittifoq markazida bunga qarshi juda katta kuchlar tayyor bo`lib turar edi. Mana shunday og`ir bir vaziyatda: "taqdir I.A.Karimov zimmasiga jamiyatning murakkab ichki va tashqi siyosiy sharoitlarida ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va davlat huquqi masalalarini hal qilishga da'vat etilgan, uning qayta o`zgartiruvchisi bo`lishdek nihoyatda og`ir vazifani yukladi. Shunday vaziyatda ham I.A.Karimov o`zini buyuk rahbar sifatida ko`rsatdi."[1][16]
Davlat va jamiyat hayotidagi muammolarni tezkorlik bilan hal etish kechiktirib bo`lmas ahamiyatga ega edi. Chunki o`sha vaqtlarda SSSRning taqdiri hal bo`layotgan edi. "markaz" rahbarlari xalqni har xil siyosiy yo`llar va kuch bilan qo`rqitib, Ittifoqni saqlab qolishga harakat qilayotgan edilar. O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi, Ittifoqdagi vaziyatni oldindan ko`ra bilganligi va unga to`g`ri baho bera olganligi, shunda ko`rinadiki, SSSR tarkibiga kiritilgan respublikalar ichida birinchilardan bo`lib u1990 yil 20 iyunda "O`zbekiston Respublikasining Mustaqillik deklaratsiyasi"ni qabul qildi. O`sha davrda Ittifoqni tishtirnog`i bilan saqlab qolishga intilayotgan qora kuchlar milliy nizolarni avj oldirish uchun barcha imkoniyatlarini ishga solgan. Buning misoli sifatida Farg`ona bilan Oshdagi voqealarni keltirishimiz mumkin.
Shunga qaramasdan 1991 yil 31 avgust kuni O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining sessiyasi chaqirilib, "Davlat Mustaqilligi to`g`risida Oliy Kengash Bayonot"i e'lon qilindi: "O`tmishdan saboq chiqarib Ittifoqning siyosiy hamda ijtimoiy hayotidagi o`zgarishlarni e'tiborga olib, xalqaro-huquqiy hujjatlarda qayd etilgan o`z taqdirini o`zi belgilash huquqiga asoslanib, O`zbekiston xalqlarining taqdiri uchun butun mas'uliyatni anglab, shaxsning huquq va erkinliklari, mustaqil davlatlar o`rtasida chegaralarning buzilmasligi to`g`risidagi Xelsinki shartnomalariga qat'iy sadoqatni bayon etib, millati, diniy e'tiqodi va ijtimoiy mansubligidan qat'iy nazar, respublika hududida yashovchi har biri kishining munosib hayot kechirishini sha'ni va qadr-qimmatini ta'minlaydigan insonparvar, demokratik, huquqiy davlat barpo etishga intilib, "Mustaqillik Deklaratsiya"sini amalga oshira borib, O`zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi Oliy Kengashi O`zbekistonning davlat mustaqilligini va ozod suveren davlat – O`zbekiston Respublikasi tashkil etilganligini tantanali ravishda e'lon qildi.
Shu kuni O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi O`zbekiston Respublikasining "Mustaqillik Deklaratsiyasi"ga va "Davlat mustaqilligi to`g`risidagi Oliy Kengash Bayonoti"ga asoslanib, "O`zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to`g`risida"gi konstitutsiyaviy qonunni qabul qildi. Ushbu qonun O`zbekistonning davlat mustaqilligiga erishganligini uzil-kesil mustahkamladi. Unda, jumladan "O`zbekiston Respublikasi o`z tarkibidagi Qoraqalpog`iston Respublikasi bilan birga, mustaqil demokratik davlatdir" deyiladi. Ushbu qonunda O`zbekiston Respublikasi xalqining severenligi, davlat hokimiyati uning xohish-irodasiga muvofiq vakillik organlari tizimi orqali amalga oshirilishi, hududi va chegaralari daxlsiz va bo`linmasligi, u O`zbekiston xalqining roziligisiz o`zgartirilishi mumkin emasligi prinsiplari mustahkamlandi. Shuningdek, davlat hokimiyati idoralarining tizimi, hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo`linishi tartibiga asoslanishi belgilab berildi. O`zbekiston Mudofaa ishlari vazirligini tuzish, Milliy gvardiya va muqobil xizmatni tashkil etish mustaqil davlatning asosiy belgisi sifatidagi huquqi ekanligi ko`rsatildi. Uning hududidagi barcha moddiy va ma'naviy boyliklar umummilliy boylik ekanligi, ishlab chiqarish vositalari va boshqa noishlab chiqarish fondlari, transport, aloqa va energetika tizimlari respublika mulkidir, deb mustahkamlandi. Dastlabki bozor munosabatlarini rivojlantirishda mulk shakllari bundan buyon to`liq takomillashtirilishi va buning tegishli qonunlar asosida kafolatlanishi belgilab berildi. Chet davlatlar bilan diplomatik, konsullik, savdo aloqalari, muxtor vakillar bilan ayriboshlash, xalqaro shartnomalar tuzish, xalqaro tashkilotlarga a'zo bo`lish uning ajralmas huquqidir deb ko`rsatildi. Shular bilan birga, O`zbekiston Respublikasi o`z hududida ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy munosabatlarni rivojlantirish va tartibga solishda inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasiga muvofiq, inson qadr-qimmati ulug`lanishini doimo nazarda tutishini, o`z taraqqiyot yo`lini, o`z davlat ramzlari va davlat tilini o`zi belgilashini deb e'lon qildi.4
"O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi dunyoga kelishiga asosan ikkita omil sabab bo`ldi. Shulardan biri jamiyatning bozor munosabatlari tomon tutgan yo`li, yangi taraqqiyotdagi umumiy qonuniyatlar va yo`nalishlarga muvofiq ravishda O`zbekistonning jahon hamjamiyatiga kirib borishi bo`ldi… O`zbekistonning davlat mustaqilligi O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini ishlab chiqish va qabul qilinishini taqozo etgan ikkinchi omil bo`ldi."[3][18]
Respublikaning yangi Konstitutsiyasini ishlab-chiqish zururligi to`g`risidagi g`oya XII chaqiriq Oliy Kengashning 1990 yil martida bo`lib o`tgan birinchi sessiyasidayoq yangragan edi. Oliy Kengashning 1990 yil iyunda bo`lib o`tgan ikkinchi sessiyasi respublika Prezidenti I.A.Karimov raisligida 64 kishidan iborat Konstitutsiya komissiyasini tashkil etdi. Komissiya tarkibiga viloyatlar, Qoraqalpog`iston Respublikasi vakillari, xo`jaliklar, korxonalarning rahbarlari, davlat va jamoat idoralari rahbarlari, olimlar va xalq xo`jaligi mutaxassislari kirdi. Komissiya a'zosi bo`lgan akademik SH.Z.O`razayevning "Mustaqil O`zbekiston Konstitutsiyasi" nomli risolasida quyidagilar bayon qilingan:
...Shunday qilib, Prezident I.A.Karimovning zimmasida ikkita eng muhim muammoni hal etish vazifasi turgan edi. Bu-respublikaning davlat mustaqilligini ta'minlash va uning Konstitutsiyasini qabul qilishdir. Mazkur vazifalar kechiktirib bo`lmas, birinchi darajali mazmun kasb etib turgan ijtimoiy muammolarni hal etishga e'tiborni susaytirmagan holda amalga oshirilishi lozim edi.
Davlat mustaqilligining O`zbekiston Konstitutsiyasida mustahkamlab qo`yilganligi butun bir davr mazmuniga ega voqealarni o`z ichiga olib, bunda Prezident davlat faoliyatining gultoji hisoblanadi. 1991 yil 12 aprelda I.A.Karimov boshchiligida Konstitutsiya komissiyasining birinchi majlisi bo`lib o`tdi. Konstitutsiya loyihasini ishlab chiqishga tayyorgarlik sohasidagi butun ishni markazlashtirib turish maqsadida Konstitutsiya komissiyasi a'zolaridan hamda taniqli olimlar va mutaxissislardan 32 kishidan iborat ishchi guruhi tuzildi. Uning tarkibiga Oliy Kengashning qator qo`mitalarining, vazirliklar, prokuratura, sud organlarining rahbarlari, olimlar, Respublika Prezidenti devoni va Oliy Kengash idorasining mas'ul hodimlari kirdilar.
Konstitutsiya komissisiyasining raisi ishchi guruhi oldiga aniq vazifa qo`ydi: jahon tajribasi o`rganilsin, boshqa mamlakatlarning inson huquqlari borasida, demokratiya va qonunchilik sohasida qo`lga kiritgan yutuqlari asosida tushunarli siyosiy va yuridik xujjat yaratilsin.
Konstitutsiya bu muhobatli asar, butun qonunchilikning umurtqa pog`anasi. Qanday bo`lishi lozimligini oldindan bilmay turib, uning Konstitutsiya komissiyasining topshirig`iga binoan, ishchi guruhi, eng avvalo bo`lajak Konstitutsiyaning konsepsiyasini ishlab chiqishga kirishdi. Uchta konsepsiya tayyorlandi. Falsafa va huquq institutining konsepsiyasi (u Fanlar akademiyasi rayosati tomonidan muxokama qilindi va tasdiqlandi). Siyosatshunoslik instituti konsepsiyasi va Prezident devonining davlat sho`basi tayyorlagan konsepsiya. Ishchi komissiyasining bir guruh a'zolari bu konsepsiyalarning g`oyalarini umumlashtirib, ulardan bitta asos ishlab chiqdilar. So`ngra Konstitutsiya komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlangan ana shu konsepsiya asosida ish boshlab yuborildi.
Loyihaning 158 moddadan iborat dastlabki varianti 1991 yil noyabrgacha tayyorlab berildi. I.A.Karimov bu loyiha bilan tanishib chiqib, kam ish qilinganligi to`g`risida gapirdi va yo`llanma berib, bo`lg`usi loyihaning shakl-tamoyillariga oydinlik kiritib berdi.
Loyihaning ikkinchi ishchi varianti 149-moddadan iborat bo`ldi. Respublika Prezidenti yana qo`liga qalam olib, matnni yaxshilab ko`rib chiqdi. Shu tariqa Konstitutsiya komissiya raisining nigohidan o`tgach, loyiha lo`nda va ifodali bo`lib bordi.
Uchinchi qilingan variant 137-moddani tashkil qilar edi. Matbuotda e'lon qilinishi oldidan yana bir bor diqqat bilan o`rganilib, 127-moddadan iborat tartibda, mazmundor qilib tuzildi. Konstitutsiya komissiyasining qarori bilan loyiha 1992 yil 26 sentabrda umumxalq muhokamasi uchun matbuotda e'lon qilindi.
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi loyihasining muxokamasi barcha mehnat jamoalarida, korxonalar, o`quv yurtlarida, idoralar va vazirliklarda, tumanlar, viloyatlar, Qoraqalpog`iston Respublikasi faollarining yig`ilishlarida, matbuotda, televideniye va radioda, xalq demokratik partiyasining Markaziy Kengashlari va mahalliy tashkilotlarda, kasaba uyushmalari hamda xotin-qizlar, faxriylar va yoshlar tashkilotlarida, ijodiy uyushmalarda, olimlarning birlashmalarida va boshqa tashkilotlarda bo`lib o`tdi.


Yüklə 56,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə