O'zbekiston davlat suverenitetining e'lon qilinishi Mundarija: Kirish Asosiy qism I bob O’zbekiston davlat suverenitetining e’lon qilinishi


O’zbekiston Respublikasi mustaqilligi haqidagi hujjatlar



Yüklə 56,61 Kb.
səhifə5/6
tarix26.05.2023
ölçüsü56,61 Kb.
#112974
1   2   3   4   5   6
O\'zbekiston davlat suverenitetining e\'lon qilinishi

2.2 O’zbekiston Respublikasi mustaqilligi haqidagi hujjatlar
“O’zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to’g’risida”gi qonun g’oyat katta ahamiyatga ega bo’lganligi uchun bu muhim hujjat haqida batafsil to’xtash lozim. Mazkur qonun asosida O’zbekistonning huquqiy holati tubdan o’zgardi. O’z mohiyatiga ko’ra bu hujjat respublika uchun vaqtincha konstitutsiya rolini ham o’ynaydigan bo’ldi. 17 moddadan iborat bu qonun suveren O’zbekiston Respublikasining asosiy belgilarini aniqlab berdi.
1-moddada O’zbekiston Respublikasi o’z tarkibidagi Qoraqalpog’iston Respublikasi bilan birga mustaqil demokratik davlat deb e’lon qilinadi.
2-moddada O’zbekiston Respublikasining xalqi suveren ekanligi va u respublika davlat hokimiyatining birdan-bir sohibi ekanligi haqida gapiriladi.
3-moddada O’zbekiston Respublikasi to’la davlat hokimiyatiga ega, o’zining milliy davlat va ma’muriy-hududiy tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv idoralari tizimini mustaqil belgilash qonunlashtirildi.
5-moddada O’zbekiston Respublikasida Konstitutsiya, uning qonunlari ustun ekanligi va davlat idoralarining tizimi, hokimiyatni qonun chiqaruvchi, ijroiya va sud hokimiyatiga ajratish tartibi asosida ko’rilganligi haqida gapirildi.
8; 12; 14-moddalar O’zbekiston mustaqilligining iqtisodiy asoslarini izohlab berdi.
13; 14-moddalarda O’zbekistonning tashqi siyosiy aloqalaridagi mustaqilligi sharhlandi.
15-moddada O’zbekiston Respublikasi hududida inson huquqlari umumiy deklaratsiyasiga muvofiq holda respublika fuqaroligi joriy etilishi, u fuqarolar, millati, elati, ijtimoiy kelib chiqishi, qaysi dinga mansubligidan qat’i nazar, bir xil huquqlarga egaligi va ular respublika Konstitutsiyasi qonunlari himoyasida egaligi va ular respublika Konstitutsiyasi qonunlari himoyasida bo’lishlari qonunlashtirilgan.
16-moddada davlat razmzi bo’lgan gerb, bayroq va madhiya hamda davlat tili haqida gapirilsa, 17-moddada esa O’zbekistonning Qoraqalpog’iston bilan munosabatlari xususisa so’z borib, O’zbekiston Qoraqalpog’istonning hududiy yaxlitligini tan olishi haqida fikr yuritiladi, u O’zbekiston tarkibida ekanligi e’tirof etiladi (bu moddada O’zbekiston va Qoraqalpog’iston o’zaro munosabatlari ikki tomonlama tenglik asosida tarkib topishi kerakligi qonunlashtirilgan). Shuningdek, bu moddada Qoraqalpog’iston Respublikasi O’zbekiston Respublikasi tarkibidan tegishli qonunlar asosida chiqib ketishi mumkinligi ham e’tirof etilgan.
Bunday Qonunning qabul qilinishi Mustaqillik davrida qo’lga kiritilgan yutuqlarning natijasi hisoblanadi. Bu es huquqiy, iqtisodiy hamda ma’naviy-axloqiy munosabatlar natijasi sifatida eng muhim ahamiyatga ega.7
Shuning uchun ham, ushbu Qonunga O’zbekiston SSR Oliy Kengasshining 1991 yil 30 sentabr qarori bilan Konstitutsiyaviy maqom berildi. Jumladan, unda shunday deyiladi:
“O’zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to’g’risida” 1991 yil 31 avgustida qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining Qonuniga konstitutsiyaviy maqom berilsin.
O’zbekiston Respublikasi amaldagi Konstitutsiya moddalari “O’zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to’g’risida”gi Qonunning qoidalarig zid kelgan hollarda mazkur Qonunga amal qilinsin.
Konstitutsiya komissiyasi tayyorlanayotgan “Respublika Konstitutsiyasining Davlat mustaqilligi asoslari to’g’risida” gi Qonunning qoidalariga amal qilinsin”.
Shu tariqa qonun tarzida huquqiy jihatdan rasmiylashtirilgan O’zbekiston mustaqilligi barchaning dilini quvonchlarga to’ldirdi. Toshkentdagi Pod’yemnik ishlab chiqarish birlashmasining ishchisi, 21-saylov okrugidan O’zbekiston xalq deputati Botir Qosimov sessiya yakunida so’zga chiqib, shunday dedi:
“Yashirmayman, mustaqillik haqida gap-so’z ko’p edi-ku, lekin ishning amaliy qismiga kelganda siljish yo’q edi. Nihoyat respublikamiz Oliy davlat hokimiyati juda muhim qonun, davlat mustaqilligi to’g’risida hujjatni qabul qildi. Endi mana shu har birimizga quvonch va iftixor tuyg’ularini olib kelgan qarorni amalda quvvatlashimiz zarur”.
Shu tariqa xalqimizning uzoq yillar kurashib, intilib qo’lga kiritgan mustaqillik erki qonun bilan mustahkamlab qo’yildi.
Xulosa
Xullas, Konsepsiyadan ma’lum bo’lyaptiki, SSSR markaziy idoralaridan farqli o’laroq, 80-yillar oxiri va 90-yillar boshida O’zbekiston dadillik bilan iqtisodiy mustaqillik va siyosiy suverenitetni qo’lga kiritish uchun amaliy harakat qila boshladi. Ayni choqda O’zbekistonning iqtisodiy mustaqilligi va siyosiy suverenitetini ta’minlashning huquqiy asoslarini yaratish uchun ham konkret choralar ko’rildi. Bu borada xalqning xohish irodagi hisobga olindi.
Masalan, O’zbekiston rahbariyati va xalqning O’zbekistonning mustaqillik sari dadil qadam qo’yayotganligini 1991 yil 17 martidagi umumxalq referendum yaqinlarida ham yaqqol ko’rish mumkin. 1991 yil 20 fevralda O’zbekiston SSR Oliy Kengashi Rayosatining yig’ilishi bo’lib, unda SSSR Oliy Kengashi tomonidan belgilangan referendumda ovoz berishga mo’ljallangan asosiy byulleten bilan birga “O’zbekiston yangilanayotgan Ittifoq (Federatsiya) tarkibida mustaqil, teng huquqli respublika bo’lib qolishga rozimisiz?” degan savol qo’yilgan qo’shimcha byulleten kiritishga qaror qilindi. Byulletendagi ushbu matn o’zgartirilishi mumkin emas, deb belgilandi.
Oliy Kengash Rayosati viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklariga bo’lajak referendumda O’zbekistonning mustaqil bo’lishiga munosabat bildiruvchi ushbu byulleten matni yuzasidan mehnatkashlar ommasi o’rtasida tushuntirish olib borishni topshirdi. Bu ishlarga huquqshunoslar, mutaxassislar, ziyolilar vakillarini keng jalb qilish tavsiya qilindi.
Referendum yakuni shuni ko’rsatdiki, O’zbekistonning mustaqil teng huquqli respublika sifatida yangilangan Ittifoq (Federatsiya) tarkibida bo’lishiga doir qo’shimcha byulleten bo’yicha 9 million 215 ming 571 nafar kishi yoki ovoz beruvchilarning – 93,9 foizi ovoz berdi.
Shunday qilib, bu referendumda O’zbekiston xalqining mutlaq ko’pchiligida O’zbekistonning mustaqil respublika sifatida ko’rish xohishi borligining o’ziyoq respublika rahbariyatining bu boradagi dadil kuch-g’ayratini qo’llab-quvvatlash ifodasi edi.
Bundan tashqari, O’zbekistonda respublikaning davlat mustaqilligiga doir mutlaqo yangi davlat ramzlari tayyorlash va qabul qilish ishlari ham dadil boshlab yuborildi.
1991 yil 15 fevralida O’zbekiston Oliy Kengashi “O’zbekistonning davlat ramzlari to’g’risida” maxsus qaror qabul qildi. Unda, jumladan, shunday deyiladi:
“Mustaqillik to’g’risidagi Deklaratsiyaga amal qilib, O’zbekiston SSR Oliy Kengashi qaror qiladi:

  1. O’n ikkinchi chaqiriq Oliy Kengash II sessiyasida tuzilgan O’zbekiston SSR Konstitutsiyasi (Asosiy Qonuni)ning yangi loyihasini tayyorlovchi komissiyasiga O’zbekiston SSRning Yangi Davlat bayrog’i, Gerbi va Madhiyasiga doir takliflar hamda ular to’g’risida Nizomlar tayyorlash topshirilsin. Komissiya respublika jamoatchiligi va deputatlarining fikrlariga tayanib ish ko’rsin.

  2. Bu boradagi takliflar matbuotda e’lon qiliinb, umumxalq muhokamasi uyushtirilsin”.



Yüklə 56,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə