Konstitutsiya baxtimiz qomusi



Yüklə 16,52 Kb.
tarix28.11.2023
ölçüsü16,52 Kb.
#134246
Konstitutsiya-baxtimiz-qomusi-nomli-senariy.-Baxtiyor.UZ


8 dekabr- O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilingan kun “Konstitutsiya – baxtimiz qomusi”nomli bayram ssenariysi.
Tadbir o‘tkazilayotgan joy mavzuga mos bezatilgan bo‘ladi. Konstitutsiya moddalaridan yosh avlodga tegishli punktlari lavha sifatida yozilib, devorlarga ilingan bo‘ladi. Vatan haqidagi qo‘shiqlar taralib turadi.
Sahnaga 2 nafar boshlovchi chiqadi.
1-boshlovchi: Assalomu alaykum, hurmatli ustozlar, aziz mehmonlar!
8 dekabr - O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunga bag‘ishlangan “Konstitutsiya – baxtimiz qomusi” deb nomlangan tadbirimizga xush kelibsiz. O‘zbekiston Respublikasi Davlat Konstitutsiyasi 1992 yil 8 dekabr kuni Respublika Oliy Majlisi XII chaqiriq XI - sessiyasida qabul qilingan. Konstitutsiyamiz 6 ta bo‘lim, 26 bob, 128 moddadan iborat bo‘lib,2023 yil refendum o’tkazildi va qomusimiz 6 bo’lim,27 bob va 155ta moddani tashkil etadi. Ularning barchasida adolat ustuvordir, ya’ni - Respublikamiz fuqarolarining, o‘smirlarning va kichik yoshdagi bolajonlarning huquq va burchlari aniq belgilab berilgan.
2-boshlovchi:O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi o‘zbek xalqining tarixi, madaniy merosi, milliy an’analari, qadriyatlari, azaliy udumlari, ildizlariga tayanilgan jahon tajribasi, umume’tirof etilgan xalqaro huquqiy normalar, qoidalar bilan hamohang tarzda yaratilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangraydi. Barcha qatnashchilar tik turib,unga jo‘r bo‘ladi.
Sahnaga 5 nafar talaba chiqadilar. Konstitutsiyaga bag‘ishlangan she’rlar o‘qiydilar, ma’lumotlar keltiradilar.
1- o‘quvchi :
Qomusimni bugun bilmoq istadim, Har moddasin dilga solmoq istadim. Qomus erur qonunlarning to‘plami, Qonunlarni dildan tuymoq istadim.
2- o‘quvchi :
Qomus berdi huquqimni, burchimni, Shon-shuhrati oshsin doim yurtimning. Qonunlarni agar yaxshi o‘rgansam, Albat yetar, qayga cho‘zsam qo‘limni.
3-o‘quvchi: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi erkin va ozod shaxsni, barkamol insonni istiqlol g‘oyasi asosida kamol toptirishning, huquqiy demokratik davlat qurishning, jamiyat va shaxs, ular orasidagi uyg‘unlik, mutanosiblikni ta’minlashning huquqiy asosidir.
4-o‘quvchi: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi huquqiy me’yorlarga tayangan qonunlar majmuasi bolib, unda muqaddas ona tilimiz, Vatanimiz sarhadlari, madaniyati, mustaqil yurtimiz olib borayotgan odilona davlat siyosati, har bir diyorimiz fuqarosining huquq va burchlari o‘z aksini topgan.
5-o‘quvchi: - Jumladan, Qomusimizda: “0’zbekiston - suveren mustaqil davlat”. Davlatning “O‘zbekiston Respublikasi” va «O‘zbekiston» degan nomlari bir ma’noni anglatadi», deb belgilab qo‘yilgan.
Amu bilan Sirdaryodan Kamol topgan o‘zbekmiz. O‘z erkiga, huquqiga
Ega bo‘lgan o‘zbekmiz.
Vatan haqida qo‘shiq ijro etiladi. Sahnaga boshlovchilar chiqadilar.Ular Qomusda belgilangan moddalardan misollar aytadilar.
1-boshlovchi: : O‘zbekiston Respublikasi demokratik va umuminsoniny prinsiplarga asoslanadi, ularga ko‘ra, inson,uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oily qadriyat hisoblanadi. Bu O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 13moddasida ifoda etilgan.
Shu boisdan Qomusimiz Bizlar uchun tabarruk. Yuraklarga yaqin erur Bizlar uchun u suyuk.
2-boshlovchi: Davlat hokimiyatini tashkil etishda qonuniylik prinsipiga qat’iy amal qilinadi. Konstitutsiyaning 15-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining ustunligi so‘zsiz tan olinadi.
O‘quvchi qizlar tomonidan “Lazgi” raqsi ijro etiladi.
Sahnaga 4 nafar o‘quvchi chiqadi.
1-o‘quvchi: 41-moddada: “Har kim bilim olish huquqiga egadir”, deb yozib qo‘yilgan. Demak, biz bu huquqdan foydalanib, har kuni universitet quchog‘iga otlanamiz.
2-o‘quvchi: 40-modda: “Har bir inson malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega”. 3-o‘quvchi: 49-modda: “Fuqarolar O‘zbekiston xalqining tarixiy, ma’naviy, madaniy merosini avaylab-asrashga majburdirlar. Chunki Madaniy yodgorliklar davlat muhofazasidadir”.
4-o‘quvchi: 50-modda: “Fuqarolar atrof tabiiy muhitiga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga majburdirlar”.
Vatan mavzuidagi qo‘shiq raqsi bilan ijro etiladi.
1-boshlovchi: Konstitutsiyamizning har bir moddasini chuqur bilish, unga rioya qilish har birimizning burchimizdir.
2-boshlovchi: - Chunki chindan ham har bir demokratik va mustaqil daviatda Konstitutsiya xalqning bosh himoyachisi sanaladi. U fuqarolarni har qanday ichki va tashqi tahdidlardan, qonunbuzarliklardan, adolatsizliklardan asraydi, ularning tinch va farovon yashashlari uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
1-boshlovchi: - Qomusimiz yillar osha xalqimiz uchun ishonch, najot, faxr, iftixor namunasi bo‘lib qolsin!
2-boshlovchi: Shu bilan qomusimizga bag‘ishlangan tadbirimiz tugadi. Hammangizni Asosiy Qonunimiz – Konstitutsiya bayrami bilan muborakbod etamiz!
Tadbir so‘ngida Vatan haqida qo‘shiq yangraydi.
Yüklə 16,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə