Huquqiy tarbiya huquqiy ong va huquqiy madaniyat shakllanishining asosiy vositasi. Abdusalimova Shahnoza Termiz davlat pedagogika instituti Tarix fakulteti Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo‘nalishi 1-bosqich talabasi



Yüklə 38,42 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix22.03.2024
ölçüsü38,42 Kb.
#183863
  1   2   3   4
HUQUQIY TARBIYA



199 
Huquqiy tarbiya - huquqiy ong va huquqiy madaniyat shakllanishining asosiy 
vositasi. 
Abdusalimova Shahnoza
Termiz davlat pedagogika instituti Tarix fakulteti Milliy g‘oya, ma’naviyat 
asoslari va huquq ta’limi yo‘nalishi 1-bosqich talabasi. 
 
Annotatsiya: 
Ushbu maqolada huquqiy ong va huquqiy madaniyatni 
jamiyatimiz aʼzolarining ongida shakllantirish va bu toʻgʻrisida tushunchaga ega 
boʻlishini taʼminlashda huquqiy tarbiya muhim vosita ekanligi yoritilgan. Shuningdek, 
huquqiy davlatni shakllantirishda ham, huquqiy ong, madaniyat va huquqiy tarbiyaning 
ahamiyati koʻrsatilgan. 
Kalit soʻzlar: 
huquqiy tarbiya, huquqiy ong, huquqiy madaniyat, demokratik 
davlat, huquqiy taʼlim. 
KIRISH
Yangi O‘zbekistonda demokratik davlat qurar ekanmiz, eng avvalida
jamiyatimizdagi har bir shaxsning ongiga huquqiy tarbiya tushunchasini singdirishimiz 
zarurdir. Huquqiy tarbiya asosidagina huquqiy ong va huquqiy madaniyat shakllanadi. 
Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek “Biz qanchalik mukammal 
qonunlarni yaratmaylik, qanday islohotlar o‘tkazmaylik, agar fuqarolarning huquqiy 
bilimi, ongi va madaniyati yetarli boʻlmasa kutilgan natijalarga erishish mushkul”. 
Huquqiy bilimlarni fuqoralarning yoshligidan boshlab oʻrgatila boshlashi huquqiy 
demokratik davlat yaratish uchun muhim boʻlgan omillardan biri desak ham xato 
boʻlmaydi. Masalan, maktabgacha taʼlim muassasalaridan birida konstitutsiyaga 
bagʻishlab tadbir oʻtkazilmoqda. Albatta tadbir davomida bolalar konstitutsiyaning 
moddalaridan misol aytishadi. Demak, bogʻchalarda oʻtkaziladigan bu kabi tadbir ham 
bolalarda huquqiy bilimga ega boʻlishini malum bir jihatdan taʼminlaydi.
Materiallar va metodlar 
Jamiyatimiz aʼzolarining huquqiy madaniyatini va huquqiy ongi darajasini 
yuksaltirish eng avvalida , huquqiy tarbiyaning shakllanishi va rivojlanishiga ham 
bogʻliq . Abdulla Avloniy oʻzining “Turkiy guliston yohud axloq” asarida tarbiyaga 
quyidagicha taʼrif beradi :
“Tarbiya bizlar uchun yo hayot – yo momot , yo najot – yo halokat , yo saodat – 
yo falokat masalasidir” . 


200 
Huquqiy tarbiya – bu jamiyat a’zolarining yurish – turish madaniyatiga va ongiga 
huquq haqidagi bilimlarni doimiy ravishda maqsadga muvofiq ta’sir etish orqali 
singdirib borish jarayonidir [1 - 118].
 
Har bir jarayonning o’z maqasadiga muvofiq boʻlgan vazifalari boʻladi. Masalan, 
tarbiyaning ijtimoiy vazifasi shaxsni foydali faoliyatga oʻrgatish hisoblansa, huquqiy 
tarbiyaning asosiy vazifasi fuqarolarning ongida qonunlarni anglash, ularni tushunish, 
huquq normalariga rioya qilish kabi bir qator jarayonlarni yuzaga keltirishdan iboratdir.
 
Hammamizga maʼlumki, qonunlarga rioya qilish uchun , avvalo , ularni bilish 
kerak. Aynan qonunlarni bilish toʻgʻrisidagi tasavvurlarni, yoʻl – yoʻriqlarni 
shakllantirish ham huquqiy tarbiyaning bir vazifasidir.
 
Huquqiy tarbiyaning vazifasi – odamlar ongida huquqning ahamiyatini, 
maqsadini toʻgʻri tushunishni, uning talablarining haqiqatligini, ularga ongli ravishda 
rioya qilish zarurligini shakllantirishdan iborat [2 - 115].
 
Biz yuqorida Yangi Oʻzbekistonda demokratik davlat qurish toʻgʻrisida gap 
boshlagan edik. Bunday ulugʻ vazifani oʻzimizga maqsad qilar ekanmiz davlatimizni 
har tomonlama rivojlantirishimiz kerak va qonunbuzarliklarga, huquqbuzarliklarning 
turli koʻrinishlariga oʻrin qoldirmasligimiz zarur. Bizning fikrimizcha, jamiyatda har 
bir 
shaxsning 
ongiga 
huquqiy 
tarbiyani 
chuqurroq 
singdirilsa 
bunday 
huquqbuzarliklarga yoʻl qoʻyilmaydi. Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda 
“Konstitutsiya va qonunlarga hurmat, huquqiy ong va madaniyat har bir fuqaroning, 
har bir mansabdor shaxsning hayot va faoliyat tarziga aylanmogʻi kerak”. Aynan 
oʻshandagina jamiyat aʼzolari qonunlarning jamiyat va inson hayotida muhim oʻrin 
tutishini bilishadi.
 
Huquqiy ta’lim-tarbiya hamisha davlatning siyosiy, iqtisodiy va axloqqa 
nisbatan oʻz nuqtayi nazarini aholiga aniq yetkazib berish borasidagi eng ishonchli yoʻl 
hisoblanadi [3 - 42]. Davlat mana shu yoʻl orqali fuqarolarda huquqiy ongni va huquqiy 
madaniyatni shakllantirishga erishadi. Huquqiy taʼlim – tarbiya esa vosita hisoblanadi. 
Huquqiy madaniyat demokratik davlat qurish va rivojlantirishning muhim xususiyati 
hisoblanadi. Huquqiy tarbiya qanchalik mukammal boʻlsa, huquqiy madaniyat yaratish 
shunchalik oson boʻladi

Yüklə 38,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə