O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligiga



Yüklə 22,88 Kb.
səhifə1/3
tarix27.12.2023
ölçüsü22,88 Kb.
#163723
  1   2   3
ЮЛЧИЕВА МУСТАФАЕВА Янги конс Мақола 01 12 2023




O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
qabul qilinganligining 31 yilligiga

Pedagogika va psixologiya kafedrasi


mudiri, dotsent Z.N.Yulchiueva
Katta o‘qituvchi I.N.Mustafaueva
KONSTITUTSIYA – INSON MANFAATLARI YO‘LIDA


Annotatsiya: Ma`lumki, Konstitutsiya insonlarga mamlakatida erkin yashash,o‘zini yurt himoyasida ekanligini his qilishlari uchun sharoit yaratadi. Ushbu Konstitutsiya fuqarolarga muayyan huquq va o‘z navbatida majburiyatlarni ham yuklaydi. Shu kunga qadar qabul qilingan qonun, qaror, farmon, kodeks va boshqa normativ huquqiy hujjatlarning barchasi Konstitutsiyaga asoslanadi va uni to‘ldiradi. Shunday ekan, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlar barchamiz uchun o‘ta uhim va ahamiyatlidir. Qolaversa, hozirda har bir fuqaroga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga taklif berish bo‘yicha barcha imkoniyatlar yaratilgan.
Kalit so‘zlar: Konstitutsiya, qonun, kodeks, farovon hayot, ijtimoiy himoya, huquq.
Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab mamlakatimizda amalga oshirilgan islohotlar inson manfaatlarini ta’minlash, uning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish, orzu-intilishlarini ro‘yobga chiqarishga yo‘naltirildi. Bu boradagi dastlabki va o‘ta muhim qadam 1992 yilning 8 dekabrida qo‘yildi — O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilindi. O‘tgan sinovli va murakkab yillar Asosiy qonunimizning hayotga tatbiq etilishi, unda belgilangan maqsad va vazifalarning hayotimizda to‘laqonli o‘z aksini topishiga xizmat qildi. Bugungi kunga kelib, Yangi qomusimizda belgilangan qonun ustuvorligi prinsipi jamiyatimizda inson huquq va erkinliklarini ta’minlash, barcha islohotlarni samarali amalga oshirishning muhim kafolatiga aylandi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida” 2023-yil 16-noyabrdagi F-72-son Farmoyishida keltirilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlashga, shuningdek oʻquvchilar va talabalarda Konstitutsiya toʻgʻrisida bilim va koʻnikmalarni shakllantirishga qaratilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yangi tahriri 2023-yil 1-maydan eʼtiboran kuchga kirdi. 1992-yilda qabul qilingan konstitutsiyada belgilangan normalar 65 foizga yangilandi. Inson huquqlariga oid normalar 3 barobarga koʻpaydi.
Aytish kerakki, bu boradagi sa’y-harakatlar ko‘lami ayni vaqtda Prezident Shavkat Mirziyouev rahbarligida olib borilayotgan qator amaliy ishlar samarasida butunlay yangi bosqichga ko‘tarildi. Qisqa vaqt ichida ongimizda asrga tatigulik evrilish yuz berdi, desak aslo mubolag‘a emas. Bugun mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida yuz berayotgan keng qamrovli o‘zgarishlarni mushohada qilar ekanmiz, yurtimizda yangi demokratik qadriyatlar ildiz otayotgani, inson huquqlari va uning erkini ta’minlashga qaratilgan huquqiy-demokratik davlat va adolatli fuqarolik jamiyatiga xos zamonaviy uslub hamda yo‘nalishlar qaror topayotganini alohida e’tirof etmoq joiz.
O‘zbekiston Respublikasining yangi Konstitutsiyasi – insonlarning ozod va obod yashash, mehnat qilish, ilm olish, fikrlash, so‘zlash, saylash va saylanish, nikoh tuzish, tibbiy xizmat turlaridan, turar joy daxlsizligidan, til va din erkinliklaridan foydalanish huquqlarining asosiy kafilligini oluvchi Bosh Qonun sifatida inson huquq va erkinliklarini oliy darajaga ko‘tardi. Unda davlat ham, jamiyat ham, avvalo, inson manfaatlariga xizmat qilishi, uning haq-huquqlarini himoya etishi ustuvor tamoyil sifatida belgilab qo‘yildi.
Inson tabiatning gultoji, barcha mavjudodlarning eng sharaflisi va eng afzalidir. Davlat va jamoat arbobi, she’riyat sultoni Nizomiddin Mir Alisher Navoiyning “
Yüklə 22,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə