Huquqiy tarbiya huquqiy ong va huquqiy madaniyat shakllanishining asosiy vositasi. Abdusalimova Shahnoza Termiz davlat pedagogika instituti Tarix fakulteti Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo‘nalishi 1-bosqich talabasi



Yüklə 38,42 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix22.03.2024
ölçüsü38,42 Kb.
#183863
1   2   3   4
HUQUQIY TARBIYA


Huquqiy tarbiyani rivojlantiruvchi qator vositalar mavjud. Sh.A. Saydullayev 
“Davlat va huquq nazariyasi” darsligida quyidagilarni sanab oʻtadi:
 

Huquqiy taʼlim; 

Huquqiy targʻibot va tashviqot; 


201 

Yuridik amaliyot; 

Oʻz – oʻzini tarbiyalash. 
Huquqiy taʼlimni olgan shaxs uni nafaqat oʻzining hayotiga, balki, jamiyat 
hayotiga ham tadbiq eta olishi kerak. Huquqiy taʼlim bu – huquqiy bilim va tamoyillar 
normalarni uzatish, toʻplash va oʻzlashtirish, shuningdek, huquq va unga amal qilish 
amaliyotiga munosib munosabatni shakllantirish, oʻz huquqlaridan foydalanish
taqiqlarga rioya qilish va uni bajarish qobiliyatidir [4 - 120]. 
Huquqiy tarbiyani rivojlantiruvchi vositalardan yana biri huquqiy targʻibotdir. 
Oʻzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning 1997-yil 25-iyunda 
qabul qilingan “Huquqiy tarbiyani yaxshilash aholini huquqiy darajasini yuksaltirish, 
huquqshunos kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish, jamoatchilik fikrini 
oʻrganish ishini yaxshilash haqida”gi PF – 1791-sonli farmonida huquqiy maʼrifat 
targʻiboti markazining vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari koʻrsatilgan edi. Ular 
quyidagilar: 

Mamlakatda huquqiy ta’limni tashkil qilishga yordamlashish, aholi 
oʻrtasida huquqiy bilimlarni targʻib qilish, huquqiy sohadagi taʼlim ishlarini uslubiy 
jihatdan taʼminlash .

Aholi turli ijtimoiy guruhlarining huquqiy madaniyatini oshirish, huquqiy 
tarbiya va taʼlimning zamonaviy turlarini tadbiq etish borasida tavsiyalar ishlab chiqish. 

Huquqiy taʼlimning holatini umumlashtirish va tashkil qilib borish, ularni 
yaxshilash yuzasidan takliflarni ishlab chiqish . 

Joylarda huquqiy targʻibot ishlarini muvofiqlashtirish . 
Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev tomonidan 2019-yil 9-yanvarda qabul qilingan 
“Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan 
takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF – 5611 sonli farmonida oʻquvchi yoshlar oʻrtasida 
huquqiy taʼlim va tarbiya berishni takomillashtirish ularning huquqiy bilimini 
oshirishga qaratilgan chora – tadbirlar ham oʻrin olgan [5]. 
Bundan koʻrishimiz mumkinki, korrupsiyaga qarshi kurash ham koʻp hollarda 
huquqiy bilimga bogʻliq boʻlar ekan. Bizning huquqiy tarbiya va huquqiy bilimimiz 
yuqori boʻlsa, fuqarolarning ongidan yetarlicha joy egallasa, korrupsiyani ham tugata 
olar ekanmiz.
Farmonda maktabgacha taʼlim tizimidagi bolalar orasida ham huquqiy ongni 
shakllantirish masalasiga alohida eʼtibor berilgan. 


202 
Huquqiy tarbiya oʻz tarixiga ega. Qadimgi Yunoniston va Qadimgi Rim huquqiy 
tarbiya aholiga yoshligidan singdirila boshlagan. Masalan, Qadimgi Rimda bolalar 
voyaga yetguniga qadar ya’ni 14 yoshga kirgunicha 12 ta mis jadvalni yod olgan 
boʻlishi kerak boʻlgan.
Huquqiy tarbiyaning oʻziga xos tizimi mavjud. Bular: 

Maktabgacha huquqiy tarbiya. 

Maktabda huquqiy tarbiya. 

Oʻrta maxsus taʼlimda huquqiy tarbiya. 

Oliy taʼlimda huquqiy tarbiya. 

Darsdan tashqari huquqiy tarbiya [6 - 22]. 

Yüklə 38,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə