Huquqiy madaniyat va huquqiy tarbiya asoslari



Yüklə 162,79 Kb.
səhifə1/9
tarix11.12.2023
ölçüsü162,79 Kb.
#147112
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Huquqiy madaniyat va huquqiy tarbiya asoslari



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI “MILLIY G’OYA VA MA’NAVIYAT ASOSLARI HAMDA HUQUQ TA’LIMI” SIRTQI BO’LIM YO’NALISHI

HUQUQIY MADANIYAT VA HUQUQIY TARBIYA ASOSLARI” FANIDAN



KURS ISHI
MAVZU:”KONSTITUTSIYA VA EKOLOGIK SIYOSAT”

Bajardi: O’rozboyeva.I
Ilmiy rahbar: Pirniyazova.M
Topshirgan sanasi:
Himoya qilgan sanasi:
NUKUS-2023
REJA:
KIRISH.
1-BOB.JAMIYAT VA TABIATNING O’ZARO ALOQADORLIGI.EKOLOGIYA HUQUQI,UNING PREDMETI,TIZIMI VA MANBALARI.
1.1.Tabiat,jamiyat va inson.Atrof-tabiiy muhitining hozirgi zamon holati.
1.2.Ekologiya huquqi tushunchasi,predmeti,vazifalari va tizimi.
1.3.Ekologiya huquqining metodi,prinsiplari va manbalari.
2-BOB.TABIATNI MUHOFAZA QILISHNING HUQUQIY ASOSLARI.
2.1.O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi ekologiya huquqining asosiy manbai.
2.2.Ekologik huquqbuzarlik uchun javobgarlik.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.

Kirish.
Ekologiya muammosi davrimizning dolzarb muammolaridan biri bo’lib qoldi. Insoniyat XXI asrga qadam qo’yar ekan, uning oldida olamni asrash, kelajak avlodning barqarorligini ta’minlash, turli ekologik muammolarning oldini olishdek dolzarb masala ko’ndalang turibdiki, bu hechkimni tashvishga solmay qolmaydi.
Natijada iqlim o’zgarishi, tabiiy resurslarning kamayib ketishi, turli kasalliklarning paydo bo’lishi, fasllarning o’zgarib borishi kabi salbiy oqibatlar kelib chiqmoqda. Atrof tabiiy muhitni ifloslantirish, tabiiy resurslarni ishlab chiqarish, ekotizimdagi ekologik aloqalarni buzish global muammo bo’lib qoldi. Hozirgi paytda dunyoning qaysi mintaqasini olib qaramaylik, inson hayoti uchun katta xavf tug’dirayotgan ekologik vaziyatni bartaraf qilishdek og’ir muammolar o’z yechimini kutib turganligining guvohi bo’lamiz.
Zero, O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimov ta’kidlaganlaridek, “Ekologiya hozirgi zamondagi keng miqyosdagi keskin ijtimoiy muammolaridan biridir. Uni hal etish barcha xalqlarning manfaatlariga mos bo’lib, sivilizatsiyaning hozirgi kuni va kelajagi ko’p jihatdan ana shu muammoning hal qilinishiga bog’liqdir.
O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimovning tashabbusi bilan 2013-yilning «Obod turmush yili» deb nomlanishi yoshlarga bozor iqtisodiyoti sharoitida ekologik ta’lim va tarbiyani xalqaro andozalar talabi darajasida olib borilishini ham taqozo etadi.
Shu bois, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 50-moddasida «Fuqarolar atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga majburdirlar» va 54-moddasida «Mulkdor o‘z mulkiga o‘z xohishicha egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi. Mulkdan foydalanish ekologik muhitga zarar yetmasligi, fuqarolar, yuridik shaxslar va davlatning huquqlarini hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzmasligi shart», deb ifoda etilgan.
Qomusimizning 55-moddasida «Yer, yer osti boyliklari, suv, o’simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir», deb ko‘rsatilganligi ham alohida ahamiyatga egadir.
O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov hozirgi sharoitda barcha ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, ekologik va geografik xususiyatlarni inobatga olib, mamlakatimizda ekologik xavfsizlikni ta’minlashning asosiy yo‘nalishlarini belgilab berdi. Ular jumlasiga havo va suv muhitiga bo‘ladigan zararli ta’sirlarni kamaytirish, sanoat korxonalarida zamonaviy tozalash qurilmalarini o‘rnatish, mavjud yer va qazilma boyliklaridan oqilona foydalanish, jonli tabiat genofondini saqlab qolish, shahar va qishloqlarda aholi uchun qulay sharoit yaratish, jahon jamoatchiligi e’tiborini mintaqaning ekologik muammolariga qaratish kabi dolzarb masalalar kiradi.
Bu masala xususida Prezidentimiz Islom Karimov O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi ma’ruzasida alohida qayd etganidek, «...atrof-muhitni muhofaza qilish aholini, ayniqsa, yoshlarni ish bilan ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarni qo‘llab-quvvatlash va shu kabi katta sotsial ahamiyatga molik boshqa masalalar bo‘yicha muhim davlat dasturlarini amalga oshirishda nodavlat notijorat tashkilotlari ishtirokining asosini yaratib beradigan qonun hujjatlari majmuasini ishlab chiqish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Xususan, atrof-muhitni himoya qilishni ta’minlash tizimida nodavlat notijorat tashkilotlarning roli va o‘rnini belgilashga qaratilgan «Ekologik nazorat to‘g‘risida»gi Qonun loyihasini ishlab chiqish va boshqa qator qonun hujjatlarini qabul qilish fursati yetdi, deb o‘ylaymiz» degan ko‘rsatmalari tabiat resurslaridan oqilona foydalanish va muhofaza qilish sohasida bir qator muammolarni bartaraf etishda asos bo‘ldi.
Shu munosabat bilan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 27-maydagi 142-sonli qaroriga asosan «2013-2017-yillarda O‘zbekiston Respublikasida atrof-muhit muhofazasi bo‘yicha harakatlar Dasturi» qabul qilinganligini alohida ta’kidlash lozim.
Ushbu Dasturni bajarish quyidagi beshta asosiy yo‘nalishlar
bo‘yicha amalga oshiriladi:
– aholi va davlat uchun yashash muhiti va ekologik xavfsizlik
darajasining kafolatlangan va qulay shart-sharoitlarini yaratish;
– iqtisodiyot tarmoqlarini ekologizatsiyalashtirish, texnologik
jarayonlarni va tabiatni muhofaza qilish faoliyatini takomillashtirish;
– atrof-muhitning ishlab chiqarish va xo‘jalik faoliyati chiqindilari
bilan ifloslanishining oldini olish;
– atrof tabiiy muhit muhofazasi va tabiatdan foydalanish, ekologik
ta’lim va barqaror rivojlanish maqsadlaridagi ta’lim sohasida tabiatni
muhofaza qilish qonunchiligini va me’yoriy-uslubiy bazani
rivojlantirish;
– tabiatni muhofaza qilish faoliyatini takomillashtirish va tabiiy
muhitni transchegaraviy ifloslanishining oldini olish bo‘yicha mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.
Umuman olganda, tabiat mutanosibligining buzilishi, tabiiy resurslarning kamayib borishi va atrof-muhit ifloslanishining 90-97 % insonlarning xo‘jasizlarcha faoliyat yuritishlari bilan bog‘liq. Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, tabiiy resurslardan oqilona foydalanmaslik va ularni ekologik muhofaza qilish talablariga rioya qilmaslik, iqtisodiy rivojlanishda ekologik talablarni inkor etish, tabiat boyliklarining kamayib ketishiga, ekologik muvozanatning buzilishiga, jamiyatning esa inqiroz holatiga tushib qolishiga va ekologik xavf paydo bo‘lishiga olib keladi.
Mustaqillik yillarida tabiiy resurslardan foydalanish va ularni muhofaza qilish munosabatlarini tartibga soluvchi qonunlarni takomillashtirish va rivojlantirishga oid keng qamrovli ishlar amalga oshirildi.O‘zbekiston Respublikasining ekologik munosabatlarni tartibga soluvchi o‘nlab qonun hujjatlari qabul qilindi.
Bu qonunlarning qabul qilinishi u yoki bu darajada tabiatni muhofaza etish munosabatlarini takomillashtirishga, tabiiy resurslarni muhofaza etishning huquqiy vositalari samaradorligini oshirishga xizmat qildi. Xususan, bozor iqtisodiyoti munosabatlari talablariga javob beruvchi, xalqimizning milliy boyligi hisoblangan har bir tabiat obyektining yangicha huquqiy holatini belgilovchi Yer kodeksi, O‘zbekiston Respublikasining «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida», «Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida», «Yer osti boyliklari to‘g‘risida», «O‘simliklar dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida»,Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida», «O‘rmon to‘g‘risida», «Ekologik ekspertiza to‘g‘risida», «Chiqindilar to‘g‘risida», «Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risida», «Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi to‘g‘risida», «Radiasiya xavfsizligi to‘g‘risida», «Yer kadastri to‘g‘risida», «Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida», «Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida», «Madaniy meros obektlarini huquqiy muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida», «Arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida» qabul qilingan qonunlar hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 27-maydagi «2013-2017-yillarda O‘zbekiston Respublikasida atrof-muhit muhofazasi bo‘yicha harakatlar dasturi to‘g‘risida»gi qarorining qabul qilinganligi moddiy boyliklarimiz asosi bo‘lgan tabiiy resurslarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanishga oid munosabatlarni huquqiy tartibga solishda yangicha mazmun kasb etdi.
Komil ishonch bilan aytish mumkinki, tabiat – biosferani saqlab qolish va uni o‘zgartirish ko‘p jihatdan inson faoliyati, ayniqsa ekologik-huquqiy savodxonlik, ekologik huquqiy ta’lim va tarbiya bilan ham bog‘liq.O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimov «Mustaqillik yillarida «Obodlik ko‘ngildan boshlanadi» degan chuqur mazmunli ibora el-yurtimiz o‘rtasida keng tarqalib, odamlarimizni bunyodkorlik tuyg‘usi bilan yashashga da’vat etib kelayotgani ham bu fikrni tasdiqlaydi»,– deb e’tirof etgan g‘oyalari barkamol avlodni har tomonlama tarbiyalab voyaga yetkazishda ekologik huquqiy ta’lim va tarbiyani xalqaro andozalar asosida olib borishni talab etadi.Shu ma’noda AQSh, Angliya, Germaniya, Fransiya, Yaponiya, Shveysariya, Italiya, Xitoy, Janubiy Koreya kabi rivojlangan xorijiy mamlakatlarning tajribalariga e’tibor beradigan bo‘lsak, ularda birinchi galdagi vazifa sifatida ekologik-huquqiy ta’lim va tarbiyaga alohida e’tibor berilgan.


Yüklə 162,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə