2-mavzu. O‘zbekiston suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat (2 soat) Mavzu tarkibi



Yüklə 15,18 Kb.
tarix27.12.2023
ölçüsü15,18 Kb.
#162758
2-mavzu


2-mavzu. O‘zbekiston suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat (2 soat)

Mavzu tarkibi: Suverenitet, demokratiya tushunchasi, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat belgilari hamda xususiyatlari, suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va duny oviy davlat sifatida O‘zbekiston Respublikasining huquq va majburiyatlari.
XVII-asrda Frantsiyada renta shartnomasi, 1789 йилги буюк Француз инқилобида Инсон ва фуқаролар хуқуқлари Декларацияси қабул қилиниши, 1776 йилда АҚШ Мустаққиллик декларацияси, 1787 йилги АҚШ Конститутцияси
Suverenitet - davlatning ichki ishlarni olib borishda va tashqi munosabatlarda boshqa davlatlardan toʻla mustaqilligi
Demokratiya — (qadimgi yunonchaδημοκρατία — „xalq hokimiyati“) — barcha insonlar tenglik bilan kollektiv qarorga kelish imkoniga ega siyosiy tuzum
Dunyodagi eng barqaror konstitutsiya AQShniki. Mualliflardan biri Tomas Jefferson barcha jamoalar uchun umumiy bo‘lgan va doimiy amal qiladigan konstitutsiya yaratish imkonsiz, har bir avlod o‘z konstitutsiyasini yaratish huquqiga ega, degan fikrni aytgan. Dunyoda 200 ga yaqin amaldagi konstitutsiya bor va 65 ta yangi konstitutsiya qabul qilindi. AQSh konstitutsiyasi eng barqarori bo‘lgani bilan, har bir shtatida alohida ichki konstitutsiya bor va ularda o‘zgarishlar juda ham ko‘p. Fransiyaning konstitutsiyasida 24 ta o‘zgarish bo‘lgan.
Ijtimoiy davlat – bu davlatning konstitutsiyaviy huquqiy maqomi bo‘yicha sifat tavsifi bo‘lib, unda inson va fuqarolarning iqtisodiy, ijtimoiy huquq va erkinliklari hamda davlatning tegishli majburiyatlari konstitutsiyaviy kafolatlanganligini taqozo etadi.
1949 yil birinchi bor GFR Konstitutsiyasida, keyingi yillarda boshqa yevropa davlatlarida, MDH davlatlari konstitutsiyalarida ijtimoiylik o‘zining konstitutsiyaviy ifodasini topgan. Ijtimoiy davlat insonlarning mehnati va sog‘lig‘ini muhofaza qilish, ish haqining minimal kafolatlangan miqdorini belgilash, oila, onalik, otalik va bolalikka, nogironlar va keksa kishilarga yordam berishni ta'minlash, davlat pensiyalari, nafaqalari va ijtimoiy himoyaning boshqa turlarini kafolatlash majburiyatiga ega. Ijtimoiy davlatning moddiy zamini muhtoj qatlamlarning yashash minimumini ta'minlay oladigan iqtisodiy rivojlanishning yuksak darajasidir.
Huquqiy davlat esa davlatning rivojlanganlik darajasini belgilab beradi. Uning quyidagi belgilari mavjud: a) fuqarolarning huquq va erkinliklarini huquqiy va har tomonlama kafolatlanishi; b) huquq va qonunning ustuvorligi; v) qonunlarning to‘g‘ri amal qilishi; g) fuqarolarning davlat oldidagi mas'uliyati va aksincha davlatning fuqarolar oldidagi mas'uliyati; hokimiyatlarning taqsimlanish prinsipini amaliyotga tatbiq qilinishi; d) jamiyat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan, demokratiya, qonuniylik va konstitutsiyaviylik rejimlarining mavjudligi.
Кonstitutsiyaning 1-bo’limi IV-bob 18-ta moddadan iborat
I-Bob Davlat suvereniteti
II-Bob Xalq xokimiyatchiligi
III-Bob Konstitutsiya va qonunning ustunligi
IV-Tashqi siyosat
Xokimiyatlar bo’lininsh shakllari:
1-Qonun chiqaruvchi
2-Ijro etuvchi
3-Sud xokimiyati
Yüklə 15,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə