Har bir inson oʻz shaxsini erkin kamol toptirish huquqiga EGA



Yüklə 253,46 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix16.06.2023
ölçüsü253,46 Kb.
#117514
Har bir inson oʻz shaxsini erkin kamol toptirish huquqiga ega



Har bir inson oʻz shaxsini erkin kamol toptirish huquqiga ega 
Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning 21-moddasiga asosan, “
Har bir inson oʻz 
shaxsini erkin kamol toptirish huquqiga ega
”. 
Oʻz shaxsini erkin kamol toptirish huquqi inson salohiyatining yangi 
qirralarini namoyon qilish, barcha imkoniyatlarni roʻyobga chiqarishning bosh omili 
hisoblanadi. Shaxslarning har tomonlama kamol topishiga koʻmaklashish esa har bir 
davlatning eng muhim vazifalaridan biridir. 
Oʻz shaxsini erkin kamol toptirish huquqi
– bu insonning oʻz shaxsini erkin 
rivojlantirish, qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan har qanday harakatni 
amalga oshirish huquqiga ega boʻlishidir. Inson huquqlari umumjahon 
deklaratsiyasida ham aynan 
“har bir inson qayerda boʻlishidan qatʼi nazar, 
oʻzining huquq subyekti sifatida tan olinishiga haqli”,
degan qoida bejizga 
mustahkamlanmagan. 
Shaxsni erkin kamol toptirish huquqi uning huquqlarini qonunchilikda 
kafolatlash, soʻngra ularni taʼminlash orqali amalga oshiriladi. Oʻzbekiston 
qonunchiligi 
“inson, uning hayoti, erkinligi, shaʼni, qadr-qimmati va boshqa 
daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi”,
degan oltin qoida bilan 
singdirilganligi erkin kamol topish huquqini amalga oshirish uchun barcha 
imkoniyatlar mavjudligini anglatadi. 
Ushbu huquq insonning ijod qilishga boʻlgan huquqlari asosida oʻziga kerakli 
boʻlgan bilim va koʻnikmalarni egallash huquqini ham anglatadi. Mazkur huquqning 
belgilanishi insonni oʻzini-oʻzi kashf etishi va rivojlantirishi uchun konstitutsiyaviy-
huquqiy asos boʻlib xizmat qiladi.

Yüklə 253,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə