4-mavzu. Korxonaning asosiy fondlari va ishlab chiqarish quvvatlari Reja



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/24
tarix21.10.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#130202
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
4-мавзу



4-mavzu. Korxonaning asosiy fondlari va ishlab chiqarish quvvatlari 
Reja 
4.1. Asosiy ishlab chiqarish fondlarining iqtisodiy mazmuni va ahamiyati 
4.2. Asosiy fondlarning amortizatsiya va emirilishi. 
4.3. Asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanish ko’rsatkichlari 
4.4. Ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanishni yaxshilash yo‘nalishlari 
 
4.1. Asosiy ishlab chiqarish fondlarining iqtisodiy mazmuni va ahamiyati 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalarning asosiy fondlari va ishlab chiqarish quvvatidan 
foydalanish samaradorligini oshirish alohida o’rin tutadi. Korxonaning soha ishlab chiqarishdagi 
o’rni, uning moliyaviy holati, bozordagi raqobat bardoshligi ham yuqoridagilarga bog’liq 
bo’ladi. 
Hozirgi milliy iqtisodiyotimizni barqaror rivojlantirish sharoitida mulk shaklidan qat’iy 
nazar xar bir xo’jalik yurituvchi sub’ekt oldida turgan birlamchi va bosh vazifa – mavjud resurs 
va imkoniyatlardan foydalanish, hamda ularni o’z vaqtida muntazam raqobatbardoshliligini 
ta’minlash asosida o’zgartirib borishdan iborat. 
Mamlakatning qudrati, iqtisodiy – ijtimoiy rivojlanishi, jamiyat a’zolarining moddiy va 
ma’naviy ehtiyojlarini to’laroq qondirish shu mamlakat resurslari, ayniqsa, asosiy va aylanma 
fondlarining miqdori va sifati bilan belgilanadi. Mamlakat va uning soha, boshqa tarmoqlari, 
korxona (firma)lari qanchalik ko’p resurslarga ega bo’lsa, u shunchalik qudratli va rivojlangan 
bo’ladi. Agar u ana shu resurslardan to’la-to’kis, oqilona foydalana olsa, albatta buyuk davlatga 
aylanadi. 
Soha ishlab chiqarishi faoliyatida asosiy fondlarning alohida o’rni bor. CHunki ularsiz 
birorta ishni bajarish, xizmat ko’rsatish va mahsulot ishlab chiqarish mumkin emas. Ma’lumki, 
har qanday ishlab chiqarish jarayonida mehnat buyumlari, mehnat qurollari (mehnat vositalari) 
va inson mehnati ishtirok etadi.
Asosiy fondlar deb – hisob amaliyotida va O’zbekiston Respublikasi Makroiktisodiyot va 
statistika Vazirligi ko’rsatmasiga asosan qiymati 15 minimal maosh miqdoridan ortiq bo’lgan, 1 
yildan ortiq xizmat qiluvchi, o’z kiymatini tayyor mahsulotga amortizatsiya shaklida o’tkazib 
boradigan va ishlab chiqarish jarayoni oxiriga kelib natural shaklini saqlab qoluvchi moddiy 
boyliklarga aytiladi. 
Boshqacha qilib aytganda, asosiy ishlab chiqarish fondlari deb ishlab chiqarish jarayonida 
uzoq davr bevosita va bilvosita qatnashadigan, moddiy boyliklar yaratishda ishtirok etadigan 
hamda tabiiy shaklini saqlagan holda o’z qiymatini tayyorlanayotgan mahsulotga asta-sekin, 
ekspluatatsiya jarayonida eskirishi(tuzishi)ga qarab o’tkazib boradigan mehnat vositalariga ham 
aytiladi. Ular ish bajarishda, xizmat ko’rsatishda va mahsulot ishlab chiqarishda qatnashadilar. 
Ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirish uchun sharoit yaratadilar. Mehnat buyumlari ishlab 
chiqarish jarayonida asosiy fondlarning har bir elementi roli, ularning jismoniy va ma’naviy 
o’zgarishlari, ulardan foydalanishga ta’sir etuvchi omillar haqida aniq tassavurga ega bo’lgan 
holda asosiy fondlar va ishlab chiqarish quvvatidan foydalanish samaradorligini oshirishga 
imkon beruvchi, ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirish va mehnat unumdorligini ko’tarishni 
usul va yo’nalishlarni aniqlash mumkin.
Ishlab chiqarish jarayonida korxona ishchilari mehnat vositalari yordamida mehnat 
predmetlariga ta’sir o’tkazib ularni tayyor mahsulotga aylantiradilar. 
Mehnat vositalari (mashina, jihoz, bino, transport vositalari) mehnat predmetlari 
(xomashyo, materiallar, yarimtayyor mahsulotlar, yoqilg’i) bilan birgalikda ishlab chiqarish 
vositalari tashkil etadilar, bularning puldagi ifodasi korxonaning ishlab chiqarish fondlaridir. 
Ular ishlab chiqarish jarayonida ishlashi, o’z qiymatini tayyor mahsulotga o’tkazish usuli va 
mehnat vositalarining takror ishlab chiqarish harakteriga qarab, asosiy va aylanma fondlarga 
bo’linadi. 
Asosiy fondlar – korxona ishlab chiqarish vositalarini bir qismi bo’lib, ishlab chiqarish 
jarayonida uzoq muddat ishtirok etadi, o’z natural shaklini yo’qotmay, o’z qiymatini asta 


sekinlik bilan, qisman, foydalanish sari tayyor mahsulotga o’tkazib boradi. U kapital 
qo’yilmalar hisobidan to’ldirib boriladi. 
Noishlab chiqarish asosiy fondlari ham mavjud bo’lib unga – turar joylar, bolalar va sport 
maydonlari va boshqa aholiga xizmat ko’rsatadigan korxona balansida turadigan madaniy-
maishiy ob’ektlar kiradi. Bular ishlab chiqarish fondlaridan farqli o’laroq, ishlab chiqarish 
jarayonida qatnashmaydilar va o’z qiymatlarini mahsulotga o’tkazmaydilar. Ular qiymati 
iste’molda yo’qoladi. Ularni takror ishlab chiqarish milliy daromad hisobida amalga oshiriladi.
Asosiy ishlab chiqarish fondlari – jamoa ishlab chiqarishining moddiy-texnikaviy bazasi 
hisoblanadi. Korxona ishlab chiqarish quvvati va texnika bilan qurollanganlik darajasi uning 
hajmiga bog’liq bo’ladi. Asosiy fondlar yig’ilishi va mehnatning texnika bilan qurollanishning 
oshishirish jarayonini boyitadi, mehnatga ijodiy tus beradi, jamiyatning moddiy-texnik darajasini 
oshiradi.
Iqtisodiyot uchun zarur bo’lgan mahsulotlarni ishlab chiqarishda yoki xizmat turlarini 
takdim etishda mehnat vositalari va mehnat buyumlarining o’rni kattadir. Mehnat vositalari deb, 
mahsulot ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatishda bevosita qatnashadigan mehnat qurollari hamda 
shu ishlab chiqarishda bevosita qatnashmaydigan, lekin uning uchun ma’lum sharoitlar yaratib, 
uni tashkil qilishga uzoq muddat xizmat qiladigan mulklarga aytiladi. Ularga imoratlar, 
inshootlar, uzatuvchi moslamalar, mashinalar, asbob - uskunalar, transport vositalari, uy-joy 
binolari, xo’jalik inventarlari va xokazolar kiradi va uzoq muddatli aktivlar hisoblanadi. 
Asosiy vositalar jismoniy tabiiy ko’rniishga ega bo’lgan, uzoq muddatda foydalaniladigan, 
aktivlar; yerlar, binolar, inshootlar, uskunalar, tabiiy resurslar va shunga o’xshashlardir. 
Ushbu aktivlarni ham o’z navbatida uchta guruxga bo’lish mumkin: 
-
amortizatsiya qilinishga tegishli bo’lgan moddiy aktivlar, masalan, binolar, inshootlar, 
uskunalar, mebellar, qurilmalar; 
-
emirilishga tegishli bo’lmaganlari, masalan foydali kazilmalar, urmon boyliklari va 
shunga o’xshashlar; 
-
amortizatsiya yoki yemirilishga tegishli bo’lmaganlari, masalan yer; 
Mehnat vositalarining asosiy xususiyatlaridan biri shundan iboratki, ular ishlab chiqarish 
jarayonida uzoq muddat xizmat qiladi va shu bilan birga o’zining jismoniy ko’rniishini saqlab 
qoladi. Lekin ular mahsulot ishlab chiqarish yoki ishlab chiqarish jarayoni uchun zarur bo’lgan 
sharoitlarni yaratib berishda uzoq muddat qatnashadi hamda asta-sekin eskirib boradi va eskirgan 
qismi ishlab chiqarilayotgan mahsulot, ish yoki xizmatning tannarxiga qisman o’tkazilib 
boriladi. Sub’ektning moliyaviy-xo’jalik faoliyati jarayonida asosiy vositalar sub’ektga olinadi 
va foydalanishga beriladi, eskiradi, ta’mirlanadi, bir bo’limdan ikkinchi bo’limga o’tkaziladi, 
eskirishi, sotilishi va tekinga berilishi natijasida sub’ektning hisobidan chiqariladi, vaholanki 
doimo harakatda bo’ladi. 
Sub’ektlar asosiy vositalarga egalik qilish, ulardan foydalanish, boshqa sub’ektga sotish, 
tekinga berish, almashtirish, ijaraga berish, vaqtincha tekinga foydalanishga berish va hisobdan 
chiqarish huquqlariga egadirlar. 
Ushbu huquqlardan faqatgina dastlabki hujjatlarni o’z vaqtida va to’g’ri tulgazish 
natijasidagina samarali foydalanishi mumkin. 
Buxgalteriya hisobining asosiy vazifalaridan biri mavjud asosiy vositalarni to’g’ri hisobga 
olish va ularni mulk sifatida saqlash, ta’mir qilish, asosiy vositalarning kelishini, chiqib ketishini 
va sub’ektning ichidagi harakatini tegishli hujjatlarga asosan hisob registrlarida to’g’ri aks ettirib 
borishdan iborat. 
Asosiy ishlab chiqarish fondlarining tuzilmasini yaxshilanishiga quyidagilar imkon beradi: 

jihozlarni yangilash va modernizatsiyalash; 

progressiv dastgox va mashinalar, ayniqsa oxirgi jarayonlarni bajaruvchi dastgoxlar, 
avtomatik va yarim-avtomatik dastgoxlar, universal agregatli dastgoxlar, avtomatik liniyalar, 
raqamli dastur boshqaruvili dastgoxlar salmog’ini oshirish hisobida jihozlar tuzilmasini 
takomillashtirish; 



bino va inshootlar, ochiq maydondagi qo’shimcha o’rnatilgan jihozlardan yaxshi 
foydalanish; 

korxona qurilishi loyihalarini to’g’ri tuzish va uni yuqori sifatli qilib bajarish; 

ortiq va kam ishlatuvchi jihozlarni tugatish va alohida guruhlar orasidagi mutanosiblikni 
ta’minlovchi jihozlarni o’rnatish.
Asosiy fondlarning aniq belgili tomonlari bu qiymatining yuqoriligi va xizmat muddati 
uzoqligidir. Bundan tashqari bir vaqtning o’zida ilmiy texnika taraqqiyotiga va texnik daraja 
o’sishiga faol ta’sir etadi. 
Yuqorida sanab o’tilgan guruxlarning nisbiy taqsimlanishi korxona ishlab chiqarish va 
texnik tuzilishini tashkil etadi. 
Asosiy fondlar ishlab chiqarish jarayonida qatnashishiga qarab ishlab chiqarishga oid 
bo’lgan va ishlab chiqarishga oid bo’lmagan asosiy fondlarga bo’linadi(4.1.1 – Rasm). 

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə