Mustaqil ishi bajaruvchi: Botirjonov Azizbek Tekshiruvchi: Igitov Jo`rabek Mavzu



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə1/6
tarix13.12.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#149089
  1   2   3   4   5   6
TOSHKENT DAVLAT TRANSPORT UNIVERSITETI

TOSHKENT DAVLAT TRANSPORT UNIVERSITETI


Iqtisodiyot fakulteti
IQT-6 guruh talabasi
Botirjonov Azizbekning iqtisodiyot nazariyasi
fanidan bajargan

MUSTAQIL ISHI


Bajaruvchi:Botirjonov Azizbek
Tekshiruvchi: Igitov Jo`rabek


Mavzu: Mehnat unumdorligi – iqtisodiy omili o`sishi sifatida
Reja:

  1. Ijtimoiy mehnat unumdorligi va yakka tartibdagi mehnat unumdorligi


  2. Mehnat unumdorligini aniqlash usullari


  3. Mehnat unumdorligi va mehnat intensivligi nisbati


  4. Mehnat unumdorligini oshirish omillari va imkoniyatlari





Mehnat unumdorligi - xodimlar mehnat faoliyatining iqtisodiy samaradorligi ko‘rsatkichidir. U ishlab chiqarilgan mahsulot yoki ko‘rsatilgan xizmatlar miqdorining mehnat xarajatlariga nisbatan, ya’ni mehnat xarajatlari birligi hisobiga ishlab chiqarilgan mahsulot bilan belgilanadi. Jamiyatning rivojlanishi va uning barcha a’zolari farovonligi darajasi mehnat unumdorligi darajasi va uning o‘sishiga bog‘liqdir. Bundan tashqari, mehnat unumdorligi darajasi ishlab chiqarish usulini ham, hatto ijtimoiy - siyosiy tuzumning o‘zini ham belgilab beradi.

Mehnat unumdorligi ko‘rsatkichi mehnat samaradorligi va natijadorligining barcha jihatlarini aks ettirmaydi, masalan, u mehnat sifatini hisobga olmaydi, bundan tashqari, mehnat resurslaridan oqilona foydalanish zarurligini ifodalamaydi. «Mehnat unumdorligi» tushunchasiga o‘z ahamiyati jihatidan yaqin, lekin mazmunan yanada kengroq bo‘lgan tushuncha «mehnat samaradorligi» tushunchasidir. Mehnat samaradorligi eng kam mehnat xarajatlari bilan yuqori mehnat natijadorligiga erishish darajasini ifodalaydi. Mehnat samaradorligi mehnat unumdorligidan farqli o‘laroq faqat mehnatning miqdor ko‘rsatkichlarini emas, shu bilan birga sifat natijalarini ham ifodalaydi. Mehnat samaradorligi ko‘rsatkichining yana bir muhim ustunligi unda mehnat resurslarini tejashning aks etishidir.


Mehnat unumdorligini hisoblashda quyidagilarni ta’minlash imkonini beradigan uslubiyot ideal hisoblanishi mumkin:
  • korxona ishning ijtimoiy qadriyatlar bilan bog‘liqligi;


  • xodimga rag‘batlantiruvchi ta’sir ko‘rsatish:


  • mehnat unumdorligining umumiy va xususiy ko‘rsatkichlari bir o‘lchov bilan o‘lchanishi mumkinligi;


  • mehnat miqdori bilan sifati o‘rtasidagi bog‘liqlik.


Har qanday mahsulot, buyum, xizmatda jonli va buyumlashgan mehnat jamlangan bo‘ladi. Bunday jami mehnat tufayli moddiy boyliklar yaratiladi.


Jamiyat ishlab chiqaruvchi kuchlari rivojlanib borgan sari jonli mehnat moddiylashgan mehnatning tobora ko‘proq massasini qamrab oladi. Natijada jami mehnatda moddiylashgan mehnatning ulushi ko‘payib borgan sari jonli mehnatning ulushi kamayib boradi. Bu mehnat unumdorligi oshganligining asosiy belgisidir. Ishlab chiqarishning takomillashib borishi va fan-texnika taraqqiyoti mehnat unumdorligi oshishining asosiy shartlaridir. Yangi texnologik jarayonlar, materiallar va avtomatlashtirish vositalarining joriy etilishi mehnatni mexanizatsiyalash darajasining ortishiga olib keladi.
Mexanizatsiyalashgan mehnat xodimlari jumlasiga o‘z ishini mashinalar va mexanizmlar yordamida bajaradigan kishilar kiritiladi.
Mehnatni mexanizatsiyalash (avtomatlashtirish) darajasining ortishi moddiylashgan mehnat ulushining oshganligi va jonli mehnat sarflashni ko‘paytirmasdan turib mehnat unumdorligini oshirish imkoniyatlaridan dalolat beradi.
Mehnat unumdorligining asosi bo‘lgan mehnatning unumdorlik kuchi mehnat unumdorligining aynan o‘zi emas: haqiqiy mehnat unumdorligi yana ikkita muhim omilga - jonli mehnatning eng muhim ko‘rsatkichi bo‘lgan mehnat intensivligiga (jadalligiga) va ish vaqtining nominal fondidan foydalanishga ham bog‘liq.


Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə