Mustaqil ishi bajaruvchi: Botirjonov Azizbek Tekshiruvchi: Igitov Jo`rabek Mavzu



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə2/6
tarix13.12.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#149089
1   2   3   4   5   6
TOSHKENT DAVLAT TRANSPORT UNIVERSITETI

Mehnat jadalligi (intensivligi) – bu, jonli mehnatning jiddiyligi yoki murakkabligi darajasi bo‘lib, ish vaqti birligi ichida inson asab va muskul quvvatining sarflanishi bilan o‘lchanadi. Bunda inson organizmiga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydigan jadallik ijtimoiy normal jadallik hisoblanadi, sarflangan quvvat ovqatlanishi, dam olish va hissiy engillanish hisobiga to‘liq tiklanadi.
Hisobga ko‘ra, mehnatning normal jadalligi darajasi tekis yuzada soatiga 4,8 km tezlik bilan ketayotgan kishining kuch-quvvat sarflashiga tengdir. Nisbatan normal muayyan mehnat jadalligini oshirish mehnatga haq to‘lashda tegishli darajada hisobga olishni talab qiladi.
Mehnat unumdorligi mehnat jadalligi bilan bir qatorda ish vaqti fondidan foydalanish darajasi bilan ham bog‘liqdir.
Ish vaqtidan foydalanish ishlangan vaqtning, shu jumladan, ichki smena dam olishga ajratilgan tartibga solingan tanaffus vaqtining mazkur ishlar turi uchun belgilangan nominal vaqt fondiga (ish kunining ish haftasi, oyi va yilning soat hisobidagi miqdoriga) nisbati sifatida aniqlanadi.
Agar texnika, texnologiya darajasi smena mobaynida 200 birlik mahsulot ishlab chiqarish imkonini bergan bo‘lib, mehnat jadalligi va ish vaqtidan foydalanish indekslari tegishli ravishda 0,95 va 0,9 dan iborat bo‘lsa, u holda haqiqiy mehnat unumdorligi 200 emas, 171 birlikni (200. 0,95.0,9) tashkil etadi.
«Unumdorlik» tushunchasi mahsulotning har qanday xarajatlarning turiga yoki barcha turlariga nisbatini aniq ko‘rsatkichlarda ifodalash uchun qo‘llaniladi. Statistik ma’noda unumdorlik deyilganda, ishlab chiqarish natijalarining foydalanish omillari sarflariga nisbati tushuniladi, u boshqacha qilib aytganda, xarajat birligi to‘g‘ri keladigan ishlab chiqarilgan mahsulot hajmidir. Shunga ko‘ra ishlab chiqarish natijasini uning barcha o‘lchash mumkin bo‘lgan omillari majmuiga nisbatan yoki alohida guruh omillarga nisbatan hisoblash mumkin.
Shunday omillar jumlasiga quyidagilar kiradi: 1)sarflangan ishlab chiqarish omillarning miqdori va sifati (sarf samarasi); 2)sarflangan omillar miqdorlarining foydalanilishi darajasi (foydalanish samarasi); 3)ishlab chiqarish omillari kombinatsiyalarining miqdori (substitutsiya samarasi); 4)texnika taraqqiyoti (texnika samarasi); 5)ishlab chiqarish jarayoni tashkil qilinishi (daraja samarasi); 6)alohida jarayonlar sektorlarning yoki xarajatlar yohud mahsulotning umumiy miqdorida ishtirok etishi (tarkib samarasi); 7)alohida sektorlar va jarayonlar orasidagi o‘zaro aloqalar darajasi va tarkibi (o‘zaro aloqodorlik samarasi).




Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə