4-mavzu. Korxonaning asosiy fondlari va ishlab chiqarish quvvatlari Reja



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/24
tarix21.10.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#130202
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
4-мавзу

Asosiy fondlar 
 


1.
Imoratlar - bo’larga Sex, ombor, tajribaxona, idora, o’t o’chirish deposi, garaj va 
shunga o’xshash mehnat sharoitini yaratib beruvchi, tashki atmosfera ta’siridan himoya qiluvchi 
va moddiy boyliklarni saqlash uchun xizmat qiluvchi binolar kiradi. 
2.
Inshootlar - bo’larga mehnat buyumlarining o’zgarishi bilan boglik bo’lmagan, 
texnikaviy vazifalarni bajarish uchun xizmat qiladigan suv minorasi, ko’priklar, temir yo’llar, 
asfalg’t kuchalar, devorlar, nasos stan- tsiyalari, kanallar va xokazolar kiradi. 
3.
O’tkazuvchi moslamalar - bo’lar yordamida elektr va issiklik energiyasi, hamda 
mexanika energiyasi o’tkaziladi, bir inventardan ikkinchi inventarga suyuk va gazsimon 
moddalar yuboriladi. Bunday moslamalarga elektr o’tkazish yo’llari, gaz suv va bug o’tkazuvchi 
kuvur yo’llar, telefon o’tkazuvchi simlar, kabellar va xokazolar kiradi. 
4.
Mashina va asbob uskunalar, shu jumladan: 
a) kuchlantirish mashinalari va asbob-uskunalar (issiklik va elektr energiyasini ishlab 
chiqaruvchi generatorlari, transformatorlar, yordamchi stantsiyalarning asbob-uskunalari); 
b) ish mashinalari va asbob-uskunalar (mahsulotni yaratish yoki ishlab chiqarish 
xususiyatidagi xizmatlarni bajarish jarayonida mexanik ta’sirni ko’rsatuvchi mashinalar
jumladan tokarlik stanoklari, tikuv mashinalari, kranlar, kompressorlar); 
v) 
o’lchov va tartiblovchi uskunalar, moslamalar va tajribaxonaning asbob- 
uskunalari; 
g) 
hisoblash texnikasi; 
d) 
boshqa xil mashina va asbob-uskunalar. 
5.
Transport vositalari - samolyotlar, avtomashinalar, vagonlar, kemalar, aravalar, 
avtobuslar va xokazolar kiradi. 
6.
Uskunalar - asosiy vositalarning ushbu turiga mehnat buyumlariga ishlov berishga 
xizmat qiladigan mexanizatsiyalashtirilgan yoki mexanizatsiyalashtirilmagan qo’l mehnatining 
qurollari yoki mashinalari kiradi. 
7.
Ishlab chiqarish va xo’jalik inventarlari, jixozlar va boshqa asosiy vositalar - 
xo’jalik va idora inventarlari, idora jixozlari, yozuv mashinalari, telefon apparatlari, texnika 
kutubxonalari va boshqa buyumlardan iborat. 
8.
Ishchi va mahsuldor xayvonlar. 
9.
Ko’p yillik daraxtlar - mevali va dekorativ daraxtlar. 
10.
Boshqa 
asosiy fondlar. 
Asosiy vositalar foydalanilishiga qarab harakatdagi, zaxiradagi va harakatsiz yotgan asosiy 
vositalarga bo’linadi. 
Xo’jalik jarayonida foydalanilayotgan barcha asosiy vositalar harakatdagi asosiy vositalar 
deb hisoblanadi. 
Zaxiradagi asosiy vositalar deb kapital tuzatishdagi va eskirishi natijasida ishdan chikkan 
mehnat vositalarini almashtirish uchun muljallangan vositalarga aytiladi. Buxgalteriya hisobi har 
bir sub’ektda mavjud zaxiradagi asosiy vositalar ushbu sub’ektga kerakli miqdorda bo’lishini 
nazorat qilib borishi va ularning me’yordan oshishiga yo’l qo’ymasligi kerak. 
Harakatsiz yotgan asosiy vositalar deb sub’ektning o’zida yoki uning ayrim bo’linmalarida 
ishlab chiqarish faoliyatining to’xtab qolishi (tegishli tashkilotlar tomonidan to’xtatib qo’yilishi) 
natijasida ishlatilmayotgan va sub’ektning omborlarida bekor turgan mehnat vositalariga 
aytiladi. 
Asosiy vositalardan foydalanish uziga xos xususiyatlarga ega bo’lganligi sababli, ularni 
baholashda quyidagi xususiyatlarni hisobga olish zarur. Ya’ni asosiy vositalarni sotib olish, 
ko’rish, ishlab chiqarish yoki holatini yaxshilash uchun tulangan summa, asosiy vositalarni sotib 
olish, ko’rish, ishlab chiqarish yoki holatini yaxshilash bilan boglik to’g’ridan-to’g’ri 
harajatlarni, jumladan undan maqsadli foydalanish uchun zarur bo’lgan o’rnatish va sinab 
ko’rish bilan boglik harajatlarni uz ichiga oladi. 


Aktiv asosiy ishlab chiqarish fondlariga mehnat buyumlari shaklini o’zgartiruvchi, ya’ni 
bevosita ta’sir etuvchi fondlar (mashinalar, asbob-uskunalar, texnologik liniyalar, o’lchov va 
to’g’rilash asboblari, transport vositalari) kiradi. 
Passiv asosiy ishlab chiqarish fondlariga mehnat buyumlariga bilvosita ta’sir etuvchi, ya’ni 
ishlab chiqarish jarayonining normal o’tishiga kerak sharoit yaratuvchi ishlab chiqarish fondlari 
kiradi (bino va inshootlar, h.k.). Asosiy fondlar tarkibini o’rganishda ularning strukturasi 
(tuzilmasi) masalasiga ham ehtibor berish kerak bo’ladi.
Asosiy fondlarning strukturasi deb, uni tashkil etuvchi tarkibiy qismlarning, guruhlarning 
har birinining umumiy qiymatidan nisbatga aytiladi. 
Asosiy fondlar tuzilmasi quyidagi turlarga ajratiladi: 
1.
Texnologik tuzilma. 
2.
Tasviriy tuzilma 
3.
Tarmoq tuzilmasi. 
4.
Hududiy tuzilma. 
5.
Takror ishlab chiqarish tuzilmasi. 
Tasviriy tuzilmaning har xil vaqtda o’zgarishidan soha ning texnik darajasini va asosiy 
fondlardagi kapital sarflashning samarasini tasavvur qilsa bo’ladi.
Asosiy fondlarning strukturasiga kontsentratsiyalash, ixtisoslashtirish, kooperativlashtirish, 
kombinatsiyalashtirish, yangi korxonalar qurish va modernizatsiyalashga sarflangan kapital 
mablag’larning texnologik tuzilishi, korxonalarning hududiy joylashishi, tayyorlanadigan 
mahsulotning xususiyati va hajmi ta’sir ko’rsatadi. Masalan, ishlab chiqarilgan mahsulotning 
hajmi qancha ko’p bo’lsa, shuncha ishchi mashinalar va asbob – uskunalarning tutgan o’rni 
ko’proq bo’ladi. Texnologik tuzilish asosiy fondlarning qismlari nisbatini ko’rsatadi. Tarmoq 
tuzilishi soha tarmoqlaridagi asosiy fondlarning tarkibi bilan ifodalanadi.
Hududiy tuzilma asosiy fondlarining hududiy taqsimlanishi va ularning nisbati bilan 
belgilanadi. 
Takror ishlab chiqarish strukturasi yangi qurilish va qayta qurish, qayta qurollantirish va 
asosiy fondlarni kengaytirishning nisbati va tutgan o’rnini ifodalaydi.(3.2 – rasm) 
Asosiy fondlar barcha xo’jalik yurituvchi sub’ektlar (korxonalar, tashkilotlar, firmalar, 
muassasalar va boshqalar) faoliyatida asosiy va muhim ahamiyatga ega. Xulosa qilib shuni 
tahkidlash joizki, asosiy fondlarsiz istalgan faoliyatni, ya’ni ishlab chiqarish jarayoni, xizmat 
ko’rsatish jarayonini tasavvur qilish mumkin emas. 



Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə