4-mavzu. Korxonaning asosiy fondlari va ishlab chiqarish quvvatlari Reja



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/24
tarix21.10.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#130202
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24
4-мавзу

Ikkinchidan
, jadallashtirilgan amortizatsiya asosiy vositalar real bahosidan ajratiladi. 
Asosiy kapitalni jadallashtirilgan amortizatsiyasi normasi ko’pchiligi muvaffaqiyatli yillar 
ichida samarali hisoblanadi. Tanglik tabiatdagi qiyinchiliklar yuzaga kelgan davrlarda esa 
amortizatsiya siyosati ta’sirchanligi pasayadi. Talab va taklif, konyunktura qanchalik yomon 
bo’lsa, foydadan foydalanish shunchalik qiyin bo’ladi. O’z o’zini moliyalashtirish imkoniyatlari 


kamayadi, davlat tomonidan amortizatsiya siyosatiga imtiyozlar beriladi, xususiy sarmoya jalb 
etish holati kamayadi. Jadallashtirilgan amortizatsiya imtiyozi, teng darajada davlat byudjetiga 
mablag’ tushumini qisqaritadi. 
Natijada davlat tartibga solish vositalari sifatida xo’jalik maqsadlarida byudjet 
xarajatlaridan foydalanishi qo’llaniladi. Bular birinchi navbatda davlat kreditlari, subsidiyalari va 
kafolatlar shu jumladan xususiy sektorni tovarlar va ko’rsatilgan xizmatlar, harid sarflarini 
qoplash ham kiradi. 
Asosiy fondlarni kengaytirilgan takror ishlab chiqarishning bir shakli jihozlarni 
modernizatsiya qilishdir. Bunda ikkinchi shakl ma’naviy eskirishni to’la yoki qisman bartaraf 
etish va texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlarni takomillashgan, o’xshash jihozning darajasigacha 
ko’tarish maqsadida asosiy fondlarni yangilash tushuniladi. 
Jihozlarning modernizatsiyasi bir necha yo’nalishda olib borilishi mumkin: 
1.
ishlab turgan mashinalarning konstruktsiyasini, ularning tavsiflovchi 
(ko’rsatkichlarini) texnik imkoniyatini oshirish maqsadida takomillashtirish; 
2.
jihozlar unumdorligini oshirish imkonini beradigan dastgox (stanok) va 
mexanizmlarni mexanizatsiyalash va avtomatizatsiyalash; 
3.
jihozlarni dasturli boshqaruvga o’tkazish. 
Agar, jihozlar modernizatsiya qilinish natijasida yillik ishlab chiqarish hajmi oshsa, mehnat 
unumdorligi ko’tarilsa va mahsulot tannarxi tushsa, qilingan tadbir iqtisodiy jihatdan samarali 
hisoblanadi. Bunda ishlab chiqarish rentabelligi oshirishi shart. Unga erishish uchun foydaning 
nisbiy o’sishi, modernizatsiya uchun qilingan xarajatlar natijasida ishlab chiqarish fondlari 
qiymati oshganligidan katta bo’lishi kerak. 
Misol. Asosiy apparatlarni modernizatsiyasi natijasida yillik mahsulot ishlab chiqarish 
48000 tonnadan 52000 tonnagacha o’sdi. Mahsulot tannarxi 400 ming so’mdan, har bir tonnasi 
uchun, 390 ming so’mgacha tushdi. Modernizatsiya xarajatlari 1000 mln. so’m. Ishlab chiqarish 
fondlari modernizatsiyagacha – 5,0 mlrd. so’m edi. Modernizatsiyagacha yillik foyda 2000 mln. 
so’m edi. Tannarxi tushishidan yillik tejam summasi: (400000-390000) x 52000=520 mln. so’m. 
Modernizatsiya xarajatlari tannarx tushishi hisobida ikki yilda qoplanadi (1000:520=2). 
Faqat tannarx tushishi hisobida foydaning yillik summasi 26 %ga oshadi(520,0/2000,0x100=26).

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə