Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent



Yüklə 67,43 Kb.
səhifə1/7
tarix29.11.2023
ölçüsü67,43 Kb.
#143299
  1   2   3   4   5   6   7
malumotlarni inteluktual 1- mustaqil ish x

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI




"Kompyuter injiniring" fakulteti


“Malumotlarni intelektulat tahlili” fanidan





Mavzu: Ma’lumotlarning intellektual tahlilining yo’nalishlari

Bajardi: KI20-03-guruh talabasi


Allaberganov X.X. Qabul qildi: Bekmurodov.D.Q


SAMARQAND – 2023

Mavzu: Ma’lumotlarning intellektual tahlilining yo’nalishlari




Reja:

  1. Kirish

  2. Asosiy tushunchalar va ta’riflar, yo’nalishlari

Tayanch so’zlar va iboralar: data mining, axborotli portlash, sinflashtirish,
klasterizasiya, regressiya, assosiativ qoidalar, tasodifiy masalalar, o’qituvchili o’rgatish, o’qituvchisiz o’rgatish, ma’lumotlar bazasi, database, mashinali o’qitish, sun’iy intellekt, intellectual tizimlar, statistika, big data, SQL, bilim, ma’liumot, axborot, timsollarni tanish, analitik tizimlar.


  1. Kirish


Respublikamizda olib borilayotgan tub iqtisodiy islohotlar ta‘lim sohasida ham izchil va uzluksiz o‘zgarishlarni amalga oshirishni taqozo etmoqda. Iqtisodiyotning bozor munosabatlariga o‘tishi kadrlarni tayyorlash sohasida jahon andozalarga mos ravishda tub o‘zgarishlar qilinishini talab etadi. Ma‘lumki, firmalar, korxonalar va tashkilotlarning samarali ishlashini undagi mavjud bo‘lgan malakali va bilimli xodimlar ta‘minlaydi. Shu jihatdan hozirgi vaqtda malakali va ishbilarmon xodimlarni shakllantirishga erishish muhim ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyat kasb etadi.

Axborot tizimining keng tarmoqda yoyilishi aholining ijtimoiy-iqtisodiy sohalarni rivojlantirish borasida ishlab chiqilgan Prezident va Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlaridan o’z vaqtida xabar topishiga va uning mag’zini anglashiga hamda amalda tatbiq etishiga keng yo’l ochib bermoqda. Bu ma’ruzada ma’lumotlarning intellektual tahlili fanining asosiy tushunchalari, fanning maqsadi va vazifalari hamda fanning istiqbollari va muammolariga bag’ishlangan. Ma’lumotlarning intellektual tahlili tadqiq etilayotgan ma’lumotlar haqida yangi bilimlarni olishga ruxsat beradigan unumli va foydali qonuniyatlarni izlash bilan bog’langan. Ma’lumotlar tahlili usullariga bo’lgan qiziqish katta hajmli axborotlarni to’plashga ruxsat beradigan ma’lumotlarni yig’ish va saqlash vositalarining rivojlanishi orqali paydo bo’ldi. Inson ish faoliyatining turli sohalarida faoliyat olib borayotgan mutaxassislar oldida, to’plangan ma’lumotlarni qayta ishlash, ularni bilimga aylantirish haqidagi savollar paydo bo’la boshladi. Avvaldan ma’lum bo’lgan statistik usullar ma’lumotlarni qayta ishlash bo’yicha ehtiyojlarning ma’lum bir qismini yopishi mumkin edi, xolos. Bunday hollardan esa ma’lumotlarning intellektual tahlili usullari alohida dolzarb vazifaga ega ekanligi kelib chiqadi.


Bu usullarning o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, an’anaviy usullar o’rnatilgan qonuniyatlarda parametrik baholashning asosiy ko’rinishlari bilan


shug’ullanayotgan bir vaqtda, ular ma’lumotlarga yopiq (ichki) qonuniyatlarning sonini va xarakterini o’rnatadi.
Ma’lumotlarning intellektual tahlili – tadqiq etilayotgan ma’lumotlarda yopiq, unumli va foydali qonuniyatlarni izlash va yoritishni o’rganadigan ma’lumotlarni qayta ishlashga tegishli bo’lgan bilimlar sohasi hisoblanadi. Ma’lumotlarning intellektual tahlili usullari axborotli portlash nomini olgan hodisa orqali rivojlangan. Axborotli portlash – inson ish faoliyatining turli sohalarida yig’ilgan va hisoblash texnikasi vositalarining, xususan ma’lumotlarni saqlash vositalarining rivojlanishi bilan bog’langan axborotlar miqdorining oqimli o’sishidir. Axborotli portlash tekshiruvlaridan biri mavjud usullar yordamida (asosan statistik) yig’ilayotgan axborotlarni qayta ishlanishining imkonsizligidan paydo bo’ldi. Ma’lumotlarni intellektual tahlilining an’anaviy usullardan asosiy farqi, boshqa usullar ma’lum bo’lgan qonuniyatlarni parametrik baholash bilan shug’ullanayotgan bir vaqtda, yopiq qonuniyatlarni uning yordami orqali ma’lumotlarda aniqlash bilan bog’langan. Intellektual tahlil vazifalari izlanayotgan qonuniyatlar bo’yicha guruhlarga bo’linadi. Ularga quyidagilar kiradi:

Yüklə 67,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə