Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent



Yüklə 67,43 Kb.
səhifə2/7
tarix29.11.2023
ölçüsü67,43 Kb.
#143299
1   2   3   4   5   6   7
malumotlarni inteluktual 1- mustaqil ish x

Sinflashtirish – bu obyektlarning (kuzatishlar, hodisalar) oldindan ma’lum bo’lgan sinflardan biriga tegishliligidir.


Klasterizasiya – bu obyekt mazmunini yoritadigan ma’lumotlar (xususiyatlar) asosida obyektlar (kuzatishlar, hodisalar)ni guruhlashdir. Obyektlar klasterda bir – biriga “o’xshash” bo’lishi va boshqa klasterlarga kiruvchi obyektlardan farq qilishi kerak. Obyektlar klaster tarkibida qancha o’xshash bo’lsa va ular bilan boshqa klasterlar orasida qancha farq katta bo’lsa, klasterizasiya shuncha aniq bo’ladi. Regressiya - ma’lum bir qatorni bashorat qilish masalalari. Bog’liq va bog’liq bo’lmagan o’zgaruvchilar orasida funksional bog’liqlikni o’rnatishdir. Assosiativ qoidalarni izlash - bog’langan hodisalar orasida qonuniyatni aniqlash. Bunday qonuniyatga X hodisadan keyin Y hodisa kelishini ko’rsatuvchi qoida misol bo’lib xizmat qiladi. Bunday qoida assosiativ deb ataladi. Birinchi marta bu masala supermarketlardagi xaridlarning tipik shablonlarini topishda taklif etilgan bo’lib, shuning uchun ham uni ba’zan bozor savatining tahlili deb atashadi. Ko’rsatilgan masalalar vazifasiga ko’ra tavsifiy va bashoratliga bo’linadi. Tavsifiy masalalar izlanayotgan ma’lumotlarning bog’liqlik mohiyatiga e’tibor qaratadi. Bunday masalalar yechimining natijasi o’zida ma’lumotlarning empirik modelini tasvirlaydi va tushunarli hamda sharhlangan bo’lishi lozim bo’ladi. Qoidaga ko’ra, topilgan qonuniyatlar tahlil etilayotgan ma’lumotlarning yaratilgan konkret jarayonini tasvirlaydi va qo’shimcha tahlilsiz boshqa jarayonlarga umumlashmaydi. Tavsifiy masalalarga assosiativ qoidalarni izlash va klasterizasiyani misol qilib keltirishimiz mumkin.

Tadqiq etilayotgan ma’lumotlarda bashoratli masalalarni yechishda bashoratli model quriladi. Qurilgan model yaxshi sharhlanmagan, ammo u boshqa modellar bilan umumlashgan bo’lishi mumkin. Bunday ko’rinishdagi masalalarga


sinflashtirish, regressiya va qisman assosiativ qoidalarni izlash usullarini kiritishimiz mumkin. Masalalarni tavsifiy va bashoratli masalalarga bo’lish yetarlicha shartli hisoblanadi. Tahlil etilayotgan ma’lumotlarga bog’liq holda berilgan u yoki bu masalani tavsifiy masala kabi bashoratli masala deb ham hisoblashimiz mumkin. Bundan tashqari, intellektual tahlilning tavsifiy masalasini yechishda asosiy e’tibor yechimning birinchi qismida qurilgan tavsifiy model yordamida yechimning ikkinchi qismida bashoratli modelni qurish ko’rinishidagi intellektual tahlilning ikki bosqichli masalasini yechishga qaratiladi. Bunga klasterizasiya va olingan klasterlar bo’yicha keyingi sinflashtirish bog’lami misol bo’lishi mumkin. Ma’lumotlarning intellektual tahlilini yechish usullarini “o’qituvchili o’rgatish” va “o’qituvchisiz o’rgatish” usullariga ajratish mumkin. Berilgan terminlar tahlil etilayotgan ma’lumotlar haqida qo’shimcha axborotni taqdim etish (“o’qituvchi bilan”) yoki taqdim etmaslik bilan bog’langan. Sinflashtirish masalasining yechimi “o’qituvchi bilan o’rgatish”ga tegishlidir, chunki u har doim tadqiq etilayotgan to’plam elementlarining har biriga taaluqli sinflar haqida axborot borligini taxmin etishadi. Klasterizasiya masalasi ideal hollarda qo’shimcha axborotni taqdim etmaganligi uchun “o’qituvchisiz o’rgatish”ga tegishli bo’lishi mumkin. Bundan tashqari, “o’qituvchi bilan o’rgatish” usuli ko’p hollarda sifati ekspert va maxsus adaptiv prosedura bilan ta’minlanadigan aniq yechimlar bosqichi bilan bog’langan.



  1. Yüklə 67,43 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə