Sho'ro davrida cho'lpon shunoslik



Yüklə 103,84 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix27.12.2023
ölçüsü103,84 Kb.
#162065


sho'ro davrida cho'lpon shunoslik 
Reja: 
1.
 
Cho`lpon nasriy asarlarining janr xususiyatlari. 
2.
 
Cho`lpon asarlarida tazod san’ati 
3.
 
Adibning tavsifiy-rivoyaviy xarakterdagi nasriy asarlar 
4.
 
Cho`lponning "Yo`l estaligi" nomli safarnomasi 


Cho`lpon nasriy asarlarining janr xususiyatlari haqida so`z borarkan, avvalo, 
bu boradagi adibning o`z 
fikrlariga to`xtalish 
maqsadga muvofiqdir. 
Adabiyotshunosligimizda "Qurboni jaholat"ning janrini Cho`lponning o`zi 
"felyeton" deb belgilagan, degan fikr o`rinlashib ketgan. Bu haqda S.Mamajonov: 
"Garchand "Qurboni jaholat"ni yozuvchining o`zi felyeton desa-da, asl mohiyatiga 
ko`ra hikoyadir. Cho`lpon uning tanqidiy ruhidan kelib chiqib felyeton belgilagan 
bo`lishi mumkin", – degan mulohazani bildiradi. Olimning asar janri haqidagi 
xulosasiga qo`shilganimiz holda, "felyeton" masalasiga aniqlik kiritmoqchimiz. 
Hikoya e`lon qilingan "Sadoi Turkiston"ning 1914 yil 6-sonini ko`zdan 
kechiramiz: katta harflar bilan "felyeton" deb yozilgan-da, ikki tarafidan naqsh 
bilan bezatilgan; ostida kichikroq harflar bilan hikoya nomi — "Qurboni jaholat" 
yozilgan. Odatda janr belgilanganda sarlavha ostiga yozilar edi. Ehtimol, u paytlar 
bu narsa rasm bo`lib ulgurmagandir? Gazetalar taxlamini varaqlashda davom 
qilsak, 24-sonda yana yuqoridagicha tartibda yozilgan "felyeton" so`ziga duch 
kelamiz. Uning ostida hikoya nomi — "Do`xtur Muhammadiyor", sarlavha ostida 
esa yana ham kichikroq harflar bilan "xayoliy hikoya" deb yozilgan. Tabiiy savol 
tug`iladi: agar Cho`lpon "Qurboni jaholat"ni tanqidiy ruhidan kelib chiqib 
"felyeton" desa, unda nega keyingi hikoyasining janrini ham shunday belgilaydi? 
O`ylashimizcha, "Do`xtur Muhammadiyor" sarlavhasi tepasidagi "felyeton" so`zi 
uning janriga ishora qilmaganidek, avalgi hikoya e`lon qilingan sondagi "felyeton" 
so`zi ham Cho`lponga aloqador emas. Gap shundaki, "felyeton" so`zining dastlabki 
ma`nosi hozirgisidan birmuncha farqli edi. Matbuotda ilk bor 18OO yil 28 
yanvardan paydo bo`lgan bu atama fransuzcha "varaq" so`zi bilan bog`liq. 
O`shanda "Jurnal de deba" nomli Parij gazetasi birinchi marta qo`shimcha varaq 
ilova qildiki, bu gazetaning "felyeton" nomli yangi rukni(rubrika)ga asos soldi. 
Yevropa matbuotida tez ommalashib ketgan bu rukn ostida odatda nosiyosiy, 
norasmiy materiallar: e`lonlar, moda yangiliklari, teatr taqrizlari, hikoya va hatto 
romanlar e`lon qilina boshladi. Atamaning hozirgi ma`noda qo`llanishi, 
publitsistikaning ijtimoiy-siyosiy tanqid ruhidagi alohida janrini anglata boshlashi 
esa XIX asr adog`iga to`g`ri keladi. 


Bizningcha, har ikki hikoya e`lon qilinganida uchratganimiz "felyeton" so`zi 
Cho`lponga taalluqli bo`lmay, balki gazeta tahririyatiga tegishlidir. Chamasi, jadid 
ma`rifatchilari o`z gazetalarida shu nom ostida rukn tashkil qilganlar-da, 
atamaning har ikki ma`nosini nazarda tutganlar.
Demak, janrini bevosita Cho`lponniing o`zi belgilagan ilk asar "qurboni 
jaholat" emas, balki "Doktor Muhammadiyor" bo`lib chiqadi. Avvalgi bobda 
aytganimizdek, adib asar janrini "xayoliy hikoya" deb belgilaganida unda 
yaratilgan badiiy voqelik bilan real voqelik munosabatidan kelib chiqadi. Aytish 
kerakki, Cho`lpon adabiyot maydoniga madrasa tahsilini, rus-tuzem maktabi 
saboqlarini olib kirib kelgandi. Adibni yaqindan bilgan kishilar uning yoshlik 
yillari o`z ustida qattiq ishlagani, ko`p mutolaa qilganini eslashadi. O`ylashimiz-
cha, Cho`lpon faqat ijtimoiy-siyosiy yoxud badiiy asarlar o`qish bilangina 
cheklanmasdan, adabiyotshunoslikka oid asarlar bilan ham tanishgan ko `rinadi. 
Hartugul, adibning ayrim asarlari janrini belgilashdagi aniqlik shunday o`ylashga 
asos beradi. Masalan, "Turkiston" gazetasining 1922 yil 23-sonida e`lon qilingan 
"Oktabr qizi" nomli nasriy asari janrini Cho`lpon "doston" deb belgilaydi. Daf`atan 
qaraganda bunga qo`shilish qiyindek, chunki adabiyotimiz uchun, xususan, o`sha 
davr adabiyoti uchun nasriy yo`lda yozilgan doston yangi hodisa edi. Xo`sh, nima 
uchun Cho`lpon "Oktabr qizi"ni doston deb ataydi? Gap shundaki, o`zbek 
sahnasining qaldirg`ochlaridan biri — Vannaychaxonning o`limi munosabati bilan 
yozilgan mazkur asar voqeaband syujetga ega emas, unda epik unsurlardan ko`ra 
lirik unsurlar salmog`i ortiqroq. Cho`lpon Vannaychaxon haqida hikoya qilishni 
maqsad qilmaydi, u haqdagi ayrim tafsilotlarni berishdan muddao — yuz bermish 
mudhish qotillikka o`z munosabatini, uning ta`sirida tug`ilgan hislarini ifodalash, 
xolos. Shu jihatdan qarasak, dostonning qahramoni — adib, u ko`p jihatlari bilan 
lirik qahramon sanalishi mumkin. To`rt qismga ajratilgan dostonning birinchi 
qismida lirik qahramon xotirasida Vannaychaxonning san`ati jonlanadi: u o`zini 
qizning musahhar ovoziga mahliyo bo`lganlar orasida ko`radi — taassurotlari bilan 
o`rtoqlashadi. O`zining Vannaychaxonga, uning betakror san`atiga bo`lgan mehrini 
o`quvchiga "yuqtirgach", ikkinchi qismda u haqda qisqachagina ma`lumot beradi. 


Bu qismda epik tafsilotlar salmog`i ortgan bo`lsa-da, ular keyingi qismdagi his-
tuyg`ular uchun zamin hozirlashga xizmat qiladi, xolos. Dostonning uchinchi 
qismidan boshlab epik unsurlar salmog`i va o`rni yanada kamayib boradi, voqelik 
tamomila lirik subyekt ruhiyasidan o`tkazib beriladi. Peyzaj lirikasining ustasi 
bo`lgan Cho`lpon bu o`rinda ham o`z ifoda yo`siniga sodiq qoladi. Uchinchi 
qismning "Bir sovuq shamol keldi" degan birinchi jumlasiyoq hissiy tonallik 
o`zgarganligiga ishora qilib, o`quvchini sergak torttiradi. Kuz tasviri, sarg`aygan 
barglarning chirs-chirs uzilishi, qushlarning uzoq yurtlarga uchishi, qarg`alar 
shodligi — bular bari o`quvchini keyingi hodisalarni qabul qilish va hissiy 
baholashga hozirlaydi:
"Yiroqlardan qarg`alarning mudhish nag`malari, shodlik kuylari eshitildi.
Borib ko`rdilar. 
Paxta kabi oppoq tan, ko`k qarg`a shoxidan ko`ylak – qonga belangan. 
Bosh tandan ayrilg`on holda, qon surkalgan qora sochlar ustiga yopilg`on. 
Go`zal qora ko`zlar jahannam chuqurligiga botqonlar. 
Yuzdagi nurlar yiroq o`lkalarni eslab uchub ketgan qushlar bilan birga 
ketganlar". 
Bunda Cho`lpon ishlatgan yorqin tazodlar hayot va o`lim, jaholat va 
ma`rifat, ezgulik va yovuzlik, qullik va hurlik oralaridagi tubsiz jarni yana bir bor 
ko`z oldimizda namoyon qiladi, o`zi nur tomonida turgan adibning hislarini 
o`quvchiga-da yuqtiradi, uni birga iztirob chekishga majbur qiladi. Cho `lpon 
ko`zlagan maqsad, asarning ruhiyu mohiyati quyidagi so`zlarda o`zining yorqin 
ifodasini topadi: "Gulidan ayrilg`on sahna, kel, ko`nglingdagi alamlarga qo`limdan 
kelgan qadar tilmochlik qilay! Qizidan ayrilg`on xalq, kel, qayg`ilaringni 
o`rtoqlashay!" 
Yuritgan mulohazalarimiz Cho`lpon "Oktabr qizi"ni bejiz doston deb 
atamaganini ko`rsatadi. Chindan ham asarda voqelikni to`laqonli tasvirlash maqsad 
qilinmaydi, unda muallif munosabati, voqelik ta`sirida yuzaga kelgan his-tuyg`ular 
ifodasi birlamchidir. Shu nuqtadan yondoshsak, "Oktabr qizi" — tom ma`nodagi 
lirik asar, nasriy yo`lda yozilgan lirik dostondir, degan xulosaga kelishimiz 


mumkin. Ko`ramizki, Cho`lpon asar janrini belgilashda uning tashqi shakliy 
belgilaridan emas, ichki tabiatidan kelib chiqadi. Bu esa 20-yillar adabiy-nazariy 
tafakkurida ham jiddiy burilish yuz berganidan dalolatdir. 
Cho`lpon 
o`z 
asarlarining 
janrini 
belgilashda 
ularning 
konkret 
xususiyatlaridan birini(voqelik bilan o`zaro munosabati — "xayoliy hikoya"; 
adabiy turga mansubligi — "doston"; badiiy nutq shakli — "sochma"; asosiy 
estetik belgisi – "kulgi hikoya") asos qilib oladi. Yaqqol ko`rinadiki, adib janrlarni 
belgilashda yagona prinsipga tayangan emas. Aytish kerakki, buning hech bir 
ajablanarli joyi ham yo`q: hozirga qadar janrlarga ajratish masalasida 
adabiyotshunoslikda tugal fikrga, to`xtamga kelingan emas. Yaxlitroq olib qarasak, 
Cho`lponning kichik nasriy asarlari hikoya , nasriy she`r va doston, etyud, 
ocherk, safarnoma kabi janrlardan tashkil topadi, degan xulosaga kelish mumkin. 
Biroq, bizningcha, shu xil tasnifning o`zi bilanoq cheklanish yaramaydi, chunki 
adibning bir janr doirasidagi asarlari ham yaknav emas: ularning har biri o`ziga 
xos janr xususiyatlarini namoyon etadi. Bu o`ziga xosliklar, bizningcha, konkret 
asardagi: 1) hayotni badiiy aks ettirish tamoyillari; 2) adabiy turga munosabat; 3) 
syujet va kompozitsion xususiyatlar; 4) voqelikka munosabat turi; 5) tasvir va 
ifoda qatlamlari munosabati — kabi bir qator muhim nuqtalarda ko`zga tashlanadi. 
Ma`lumki, adabiyotshunoslikda "hikoya" va "novella" atamalari xususida 
yakdillik yo`q: ayrim adabiyotshunoslar bu ikki atamani sinonim hisoblasalar, 
boshqalari keskin farqlaydi-lar. Biz bu masalada hikoyaning ikki tipi bor: 
birinchisida ocherklilik (tavsifiy-rivoyaviy), ikkinchisida novellistiklik (konfliktli-
rivoyaviy) xususiyati ustundir, degan fikrga ko`proq qo`shilamiz, ya`ni, bu o`rinda 
gap ikki turli janr haqida emas, balki bir janrning ikki xil sifat ko `rinishi haqida 
boradi. 
Misol uchun Cho`lponning "Doktor Muhammadiyor" hikoyasini tavsifiy-
rivoyaviy xarakterdagi asarlar sirasiga kiritishimiz mumkin. Avvalo shuni qayd 
etish lozimki, bu ikki tipga mansub hikoyalar orasidagi bosh farqni ularda roviy 
tutgan mavqeda ko`rilgani ma`qulroq bo`ladi. Xo`sh, "Doktor Muhammadiyor"da 
roviy qanday mavqe tutadi? Bizningcha, hikoyada o`quvchi barcha ikir-


chikirlardan xabardor, binobarin, voqealar silsilasidan ham, qahramonlaridan ham 
bir bahya yuqorida turgan roviyga duch keladi. Roviy uchun o`zi tasvirlayotgan 
voqea-hodisalar — amalga oshib bo`lgan fakt ("men – o`tmish"), uning 
qahramonlariga, voqea yoki holatga munosabati to`la shakllanib bo`lgan. Eng 
muhimi, "Doktor Muhammadiyor"da badiiy reallik roviy vositasidagina, u bilan 
uzviy aloqadorlikdagina mavjud (obyektivlashtirilmagan tasvir). 
Tabiiyki, tavsifiy-rivoyaviy xarakterdagi nasriy asarlar kelib chiqishiga 
ko`ra qadimiyroq. Jumladan, aksariyat xalq ertaklari, afsonalari, mumtoz 
adabiyotimizdagi hikoyatlarni shu tipdagi asarlar sirasiga kiritish mumkin. Ko `plab 
nasriy janrlar nomi ("hikoya", "hikoyat", "rivoyat", "rasskaz", "skaz")ning bevosita 
"hikoya qilmoq" fe`lidan o`sib chiqqani ham bejiz emas, albatta. Biroq, shunisi 
borki, dastlabida eposning asos mohiyatini tashkil etgan rivoya taraqqiyot 
jarayonida o`zining yetakchi mavqeini yo`qota bordi. Tabiiyki, bu narsa epik 
janrlardagi tasvir manerasi va ifoda yo`sinida jiddiy sifat o`zgarishlarini yuzaga 
keltirdi. Bu o`zgarishlarning mohiyati nimada? Ma`lumki, sinkretik san`atdan 
ajralib chiqqan so`z san`atining uch asosiy turi orasida o`zaro farqlanish jarayoni 
bilan bir qatorda o`zaro yaqinlanish jarayoni ham kechgan. Bu uch turning farqli 
jihatlaridan biri quyidagicha belgilanadi: lirikada inson(subyektning noplastik 
obrazi), dramada dunyo(obyektning plastik obrazi), eposda esa har ikkisining 
qorishiq obrazi yaratiladi. Epik tafakkur taraqqiyoti jarayonida bu turga mansub 
asarlarda borliqning plastik obrazi tobora ko`proq mustaqillik kasb eta bordi. 
Tabiiyki, bu narsa epik janrlarda roviy tutgan mavqega, uning funksiyalariga ham 
ta`sir qildi. Endi roviy qachonlardir o`zi guvoh bo`lgan yoki birovdan eshitgan 
voqealarni hikoya qilib beruvchi sifatidagina emas, ko`proq o`sha voqealarning 
kuzatuvchisi (albatta, sharhlovchisi va baholovchisi ham) sifatida bo `y ko`rsata 
boshladi. Roviy bilan tasvirlanayotgan voqea orasidagi vaqt hissi dramatik turga 
(ya`ni, voqealar ayni paytda yuz berayotgandek taassurot qoladi) yaqinlashdi. 
Natijada epik asarda ham xuddi dramatik asarlardagi kabi konfliktning hamda 
uning asosida rivojlanuvchi syujetning roli bag`oyat ortdi. Nuqtai nazarning bu 
turiga asoslangan ijodiy manera — muallifning xolis turishga intilgani holda 


voqea-hodisalarni plastik jonlantirishi — katta epik asarlarda epizodik hodisa 
bo`lsa, hikoya to`laligicha shu yo`sinda qurilishi mumkin. Shu jihatdan 
Cho`lponning "Oydin kechalarda" nomli hikoyasini ko`zdan kechiramiz. 
Hikoyada tasvirlanayotgan voqealarning kuzatuvchisi sifatida bo`y 
ko`rsatuvchi roviy birinchi jumladanoq tugunni o`rtaga tashlaydi: "Zaynab kampir 
bir narsadan cho`chib uyg`ondi". O`quvchi, tabiiyki kampir nimadan cho`chiganini 
bilishni istaydi, lekin buni hali kampirning o`zi ham anglagan emas: "Kampir u 
yoq-bu yog`iga yaxshilab qarab, oydinda hech bir qora-mora uchratmagandan 
keyin yana bolishga boshini qo`ydi". Shundan so`ng muallif nigohi kampirdan 
uziladi-da, oppoq oydin kecha tasviriga o`tiladi: "Tuni bo`yi chopishub, hurushub, 
yugurushub chiqg`on itlar tovushi sekin-sekin yo`qola boshladi. Eshonchaning 
hovuz bo`yidagi tollaridan turub hasrat va qayg`ularini har kecha o`qiyturg`on 
bulbul bugun juda erta to`xtadi. Go`riston va mozorlardagina bo`ladigan chuqur bir 
jimlik..." Hikoyani o`qiyotgan kitobxonda ilgariroq paydo bo`lgan bilish istagi 
yanada kuchayadi: shunday osuda kechada kampirni cho`chitgan, uning uyqusini 
qochirgan narsa nima bo`ldi ekan? Durustroq e`tibor qilsak, ayni shu savol roviyni 
ham o`ylatayotganini sezishimiz qiyin emas. Shu bois ham muallif nigohi 
kampirdan uzilib, tevarak-atrofga qaratiladi: u ham savolga javob izlaydi go`yo. 
Ko`rib turganimizdek, bu o`rinda roviy ham o`quvchi kabi voqealarning 
kuzatuvchisi, xolos, uning uchun ham voqealar ayni paytda yuz bermoqda. 
Hikoyaning davomida adib introspeksiya usulidan unumli foydalanadiki, natijada 
roviy mavqei sifat jihatidan yana o`zgaradi: "Kampir yumulub borg`on ko`zlarini 
birdan ochdi: yaqin bir yerdan hasratlik, ko`ngul buzaturg`on bir yig`i tovushi 
eshitilar edi". Garchi ko`chirma qilib keltirganimiz gap qurilishi jihatidan yaxlit 
bo`lsa-da, uning qismlari o`zaro farqlidir. Bizningcha, ta`kidlab ko`rsatganimiz 
birinchi qism roviy nigohi bilan, qolgan qismi esa qahramon nigohi bilan 
bog`liqdir. Gapning mazkur tartibdagi qurilishi hikoyadagi "nuqtai nazar 
poetikasi"ning mo`jaz maketidir, deyish mumkin. Bu narsa quyidagi parchada 
yaqqolroq ko`rinadi: 


"Yana diqqat bilanrak tingladi: bu yig`i kelinchakning uyidan eshtilgan kabi 
bo`lar edi. 
Yuragi o`ynadi. Darrov darchani ochib u havliga kirdi, oyog`ining uchi bilan 
bosib kelib, sekingina kelinining uyiga yaqinlashdi. 
Yig`i uydan eshitilar edi. 
Yana quloq berdi. 
Tovush kelinining tovushi edi". 
Hikoyada qo`shimcha nigoh paydo bo`lgani yo`q, faqat mavjud nigoh 
ikkiga ajraldi, xolos. Bu o`rinda har ikki nigohning vazifasi konkret belgilangan: 
qahramon nigohi borliqdagi o`zgarishlarni kuzatsa, roviy nigohi qahramonga 
qaratiladi. YA`ni, o`quvchi borliqdagi o`zgarishlarni qahramon nigohi, 
qahramondagi mimik-pantomimik o`zgarishlarni roviy nigohi vositasida kuzatadi. 
Boshqacha aytsak, hikoyani o`qish jarayonida bu ikki nigoh bir fokusga — 
o`quvchi nigohiga jamlanadi. Tanlangan usul o`quvchining hikoya ruhiga kirishini 
osonlashtirib, uning estetik kuchini oshiradi. Novellestiklik ko`proq syujet 
qurilishi, uning shiddat bilan rivojlanishiyu kutilmagan burilishlarga ega bo `lishi 
bilan bog`liq holda izohlanadi. Syujetning tamomila shu tartibda qurilishi(ayni 
paytda tavsifiy rivoya salmog`ining minimumga keltirilishi) kichik epik janr — 
hikoyadagina to`la namoyon bo`lishi mumkin. Bunday hikoyada hayot materiali 
yolg`iz bir voqea(hodisa) fokusiga yig`iladi, o`sha hodisa poetik jonlantiriladi. 
Novellistik tipdagi hikoyada o`quvchi diqqatini tutib turuvchi, uning estetik ta`sir 
kuchini oshiruvchi narsa "kutilmaganlik effekti"dirki, roviyning "kuzatuvchi" 
mavqeida turishi bu usul samarasini maksimal namoyon etadi. "Oydin kechalarda" 
hikoyasida Cho`lpon qadam-baqadam kutilmaganlik effektini hosil qilib boradi. 
Ularning dastlabkisi — yolg`izgina o`g`lini uylab-joylagan, bekamu ko`st turmush 
kechirayotgan Zaynab kampirning osuda oydin kechada nimadandir cho `chib 
uyg`onishi. Bir qarashda, Zaynab kampir ko`nglida ham tabiatdagi kabi osudalik 
hukm surishi lozimdek. Ayni shu nomutanosiblik, kutilmagan ziddiyat roviyni 
bilishga undaganidek, bu tabiiy ehtiyoj o`quvchiga-da yuqadi. Qo`llangan usul 


samarasi shundaki, u o`quvchi diqqatini jamlab, tasvirlanajak voqeani qabul 
qilishga emotsional jihatdan hozirlaydi.
Kampirning ikkinchi bor "ko`ngul buzaturg`on yig`i tovushi"dan uyg`onishi 
roviy ham o`quvchi izlagan sababni ko`rsatadi aslida. Lekin endi voqelik Zaynab 
kampir nigohi bilan kuzatilmoqda, baski, endi uning uchun kutilmagan narsa yuz 
bermoqda: "Hamma tinch, rohat uyquga tolg`on bir zamonda qalbini yaralab 
yig`laguvchi qanday baxtsizdir?". Qahramonni o`ylatgan bu jumboq roviyni ham, 
o`quvchini ham birdek o`ylatadi: har uch nigoh yana bir fokusga yig`iladi. Zaynab 
kampir turli taxminlar qilib ko`radi: goh u qo`shnisining qizi, goh bu qo`shnisining 
kelini, goh esa "havli etagiga kelgan parilar" yig`lagandek bo`lib tuyuladi unga. 
Kampir yig`laguvchining o`z kelini bo`lishi ehtimolini xayoliga ham 
keltirolmaydi, chunki uning "uy-joyi, kiyim-kechak — hamma narsalari tayyor. 
Novdadek kuyov yonida..." Kampirning osuda kechada cho`chib uyg`onishi roviy 
nazdida qanchalik notabiiy bo`lsa, yig`laguvchining o`z kelini bo`lib chiqishi 
kampir uchun undan-da notabiiy, kutilmagan holdir. Endi kampirda hosil bo`lgan 
bilish istagi ("Kelin, siz yig`ladingizmi?") o`quvchi va roviyga ko`chadi. Aslida 
bularning bari o`quvchini syujetdagi bosh burilish, eng muhim kutilmaganlikni 
qabul qilishga tayyorlash uchun zarur edi. Zero, kampirning xushlamayroq, ochig`i 
dushmanona kayfiyatda bo`lib ("Olmay qodirjon o`lsun, Bermay otasi, O`sdurmay 
onasi!..") turgani keliniga hamdard bo`lib qolishi uning o`zi uchun ham, roviy va 
o`quvchi uchun ham birdek kutilmagan holdir. 
"Oydin kechalarda"ni novellistik hikoya der ekanmiz, biz unda roviy tutgan 
mavqedan kelib chiqdik. Yuqorida yuritgan mulohazalarimizga tayangan holda, 
novellistik hikoyaning kompozitsion qurilishi: 1) roviyning xolis "kuzatuvchi" 
mavqeida turishi; 2) hikoya qilinayotgan voqeaning yuz berish vaqti bilan hikoya 
qilinish vaqtining bir-biriga mosligi; 3) "sahnaviylik" — o`quvchi nazdida hayot 
sahnasida kechayotgan voqeani tomosha qilayotganlik illyuziyasining hosil 
qilinishi; 4) syujetning shiddatli rivojlanishiyu kutilmagan burilishlarga egaligi 
bilan ajralib turadi, degan xulosaga kelishimiz mumkin. Albatta, bu 
xususiyatlarning mavjud bo`lishi uchun novellistik hikoyada birgina voqea — 


"hayotning bir parchasi" poetik jonlantirilishi taqozo qilinadi. Ko `rib 
turganimizdek, milliy nasrchiligimizda epos va dramaga xos kuchli jihatlarni 
o`zida omixta etgan novellistik hikoyaning qaror topishida Cho`lponning xizmati 
kattadir. Adibning "Oydin kechalarda" hikoyasi novellistik hikoyaning 
adabiyotimizdagi ilk va mumtoz namunasi sanalishi mumkin. 
Ma`lumki, hikoya janrining takomili jarayonida ocherklilik va novellistiklik 
xususiyatlari avvaliga o`zaro farqlanish ("tezis — antitezis") yo`lidan borgan 
bo`lsa, keyincha bir-birini to`latish, boyitish ("sintez") yo`lidan bordilar. Bu xil 
qorishiqlik Cho`lponning aksariyat hikoyalariga xosdir. Buning yorqin misoli 
sifatida "Qor qo`ynida lola" hikoyasini keltirishimiz mumkin. Hikoyaning har bir 
qismi alohida olinsa, tasvir manerasi "Oydin kechalarda"da ko `rganimiz kabi: 
voqealarning kuzatuvchisi mavqeida turgan roviy o`quvchi nazdida "sahnaviylik" 
illyuziyasini hosil qiladi. Biroq hikoya asosida birgina voqea (bir joyda va uzluksiz 
vaqt davomida kechayotgan) emas, bir-biriga bog`liq bir necha voqea yotadi. 
Hikoyada tasvirlanayotgan voqealarning yuz berish vaqti bilan ularni hikoya qilish 
vaqti bir-biriga mos tushmaydi. Shunga ko`ra, bundagi roviy mavqei o`zgacharoq: 
u har bir ikir-chikirdan xabardor, har yerda hoziru nozir. Hikoya butunicha olinsa, 
roviy yuz berib bo`lgan voqea ("men — o`tmish") haqida hikoya qilayotgani 
anglashiladi. Dramatik asarga qiyos qilsak, "Oydin kechalarda" — bir pardalik, 
"Qor qo`ynida lola" bir necha pardalik pyesadek taassurot qoldiradi. Ko`ramizki, 
hikoyada ocherklilik va novellistiklik xususiyatlari uyg`unlashmoqda, ya`ni, 
"Oydin kechalarda"da voqea tasvirlangan bo`lsa, "Qor qo`ynida lola"da dramatik 
unsurlardan foydalanilgan holda hikoya qilinayotir. Aytish kerakki, Cho `lponning 
aksar 
hikoyalari("Novvoy 
qiz", 
"Kleopatra", 
"Oqpodshoning 
in`omi")ni 
kompozitsion xususiyatlariga ko`ra uchinchi — sintetik tipga kiritishimiz mumkin. 
Cho`lponning nasriy asarlari orasida "Nonushta" nomlisi borki, u o`zining 
janr-kompozitsion xususiyatlari bilan alohida ajralib turadi. Unda ham adib, xuddi 
"Oydin kechalarda"da ko`rganimizdek, hayotning bir parchasini qalamga oladi. 
Biroq "Oydin kechalarda"da konfliktli holat asosida rivojlanuvchi syujet bor ediki, 
u o`sha hayot parchasini voqeaga, demakki, asarning o`zini epik hikoyaga 


aylantirardi. "Nonushta"da esa konfliktli holat ham, uning asosida yuzaga keluvchi 
voqea ham mavjud emas — unda hayotning bir parchasi shundoqqina 
jonlantiriladi go`yo. R.Uellek va O.Uorrenlar amerika novellachiligida "obyektiv 
tasvir"ga intilish kuchayganiyu asarlar tamomila dialoglardan tashkil topib 
borayotganidan kelib chiqib, "pesa-hikoya" degan atamani qo`llagan edilar.
O`ylashimizcha, shu atamani shartli ravishda Cho`lpon asariga nisbatan-da 
qo`llashimiz mumkin. Shartli deyishimizning boisi shundaki, "pyesa-hikoya"da 
ham muyayan konfliktli holat asosida voqea (yoki tema) rivojlantiriladi, 
"Nonushta"da esa, aytib o`tganimizdek, bu narsa yo`q — oddiy o`zbek 
xonadonidagi ayollarning nonushta chog`idagi gap-so`zlari qalamga olingan, 
xolos. Tabiatan izlanuvchan, yangilikka o`ch ijodkor bo`lmish Cho`lpon xorijiy 
adabiyotlardagi yangiliklarni qiziqish bilan o`rganib, ularni ijodiy (ta`kidlaymiz – 
ijodiy) o`zlashtirgan holda milliy adabiyotimizga olib kirishga intilgan edi. 
"Nonushta"da ham, o`ylashimizcha, shu xil ijodiy o`zlashtirish izlari yo`q emas. 
Ma`lumingizki, XIX asr oxiri XX asr boshlari yevropa va rus adabiyotida 
naturalistik qarashlar ta`siri ancha kuchli edi. Naturalistlar asarda badiiy voqelik 
yaratish emas, real voqelikdagi narsa-hodisalarni asarga ko`chirish zarur, deb 
hisoblaganlar. Hayotni boricha va o`zgarishsiz tasvirlash esa, ayniqsa, kichik 
janrlarda qulayroq kechganidan naturalistik adabiyotda hikoya, etyud, ocherk kabi 
janrlar keng ishlangandi. Bunda hayotning bir parchasini olishu undagi 
o`zgarishlarni lahzama-lahza ("sekund uslubi") tasvirlab borishlik mumkin 
bo`lardi. Tabiiyki, naturalistik adabiyotning tasvir texnikasiga xos xususiyatlar 
realistik adabiyotda ham muvaffaqiyat bilan qo`llanishi va yaxshigina badiiy-
estetik samara berishi mumkin edi. Ehtimol shuni chuqur his qilganidandir, 
Cho`lpon bir qator asarlarida(qisman "Oydin kechalarda", "Nonushta", "Seni ko `p 
ko`rmasin") shu xil tasvir manerasini sinab ko`rmoqqa jazm qilgan ko`rinadi. 
Albatta, bu yo`ldan borishlikning xavfli bir tomoni bor: san`atdan yiroqlashishu 
oddiy nusxakashga aylanib qolishlik hech gap emas. Biroq, shunisi tahsinga 
loyiqqi, Cho`lpon o`zining san`atkorligini aslo unutgan emas. Hayotning bir 
parchasini qalamga oliboq undan katta badiiy haqiqatlarni inkishof etishlik, shu 


mo`jaz parchaning o`ziga olam-olam ma`nolarni muhrlab qo`ymoq uchun 
ijodkorda o`tkir san`atkorona nigoh, yuksak badiiy did bo`lmog`i kerak. Zero, bu 
o`rinda hayotning istalgan parchasini emas, — quyuqlashgan hayotiy mazmun va 
turfa hislarga benihoya to`yingan, "mag`zi to`q" parchani ajratib ola bilish talab 
qilinadi san`atkordan. Hatto, aytish mumkinki, bu o`rinda o`shandoq parchani 
ajrata bilishning o`zi — san`atkorlik, qolgani esa mahorat masalasiga taalluqlidir 
"Nonushta"ning muallifi o`zida shu ikki jihatni uyg`un biriktira olgani uchun ham 
asari san`atga aloqadordir. "Nonushta" haqida fikr bildirgan N.Vladimirova unda 
adibning milliy xarakter yaratish, personajlar ruhiyasini ochishu badiiy til 
imkoniyatlaridan foydalanish bobidagi mahoratini yaxshi ochib beradi.
Munaqqidning to`g`ri ta`kidlashicha, "kundalik turmush ilk bor Cho`lpon 
hikoyalarida badiiy in`ikos obyektiga aylandi". Darhaqiqat, "Oydin kechalarda", 
"Seni ko`p ko`rmasin" hikoyalarida ham "kundalik turmushni poetiklashtirish" 
kuzatiladiki, N.Vladimirova Cho`lpon hikoyalari poetikasiga xos xususiyatlardan 
birini nozik ilg`ab olgan. Shu o`rinda olimaning "oddiygina ko`ringan kundalik 
turmush tasviri milliy hayot obraziga aylanadi", degan xulosasiga ham to `xtalib 
o`tish zarurati yuzaga keladi. Gap shundaki, o`sha obraz vositasida aytilayotgan 
fikr, ifodalanayotgan badiiy konsepsiya masalasida turlichalik mavjud. Xususan, 
professor O.Sharafiddinov muallif nigohi "o`zbek xonadonining ichkarisi"ga 
qaratilganini ta`kidlaydiki, undagi ayollar "katta hayotdan ajralgan holda, to`rt 
devor ichida, faqat bir-birlarining diydorlariga termulib, bu dunyoning huzur-
halovatidan, rohat-farog`atidan mahrum holda umrguzaronlik qilishga majbur. Shu 
bo`g`iq diqqinafas muhit ulardagi fazilatlarning ro`yobga chiqishiga yo`l 
qo`ymaydi, aksincha, ularni bir-birlarining tagiga suv quyishdan toymaydigan, 
bajonu dil g`iybat bilan shug`ullanadigan bachkana kimsalarga aylantiradi". Bir 
qarashda ikkala olim bir asarni turlicha, to`g`rirog`i, tamomila qarama-qarshi talqin 
qilayotgandek. Biroq, aslida, bu ikki qarashning birlashtirilgani maqbulroq bo `ladi. 
Zero, N.Vladimirova "Nonushta"ning tasvir planidan kelib chiqib fikr bildirsa, 
O.Sharafiddinov asarning yaxlit butunligi, muallifning "kompozitsion tafakkuri"ni 
e`tiborga olgan holda xulosa chiqaradi. Darhaqiqat, Cho`lpon nigohi tushgan hayot 


parchasida "milliy turmushning botiniy poeziyasi"(N.Vladimirova)ga emas, 
ma`nan majruh etuvchi biqiqlikka urg`u beradi. Faqat mazkur urg`uni ilg`ab olish 
uchun hikoyaning sehridan xalos bo`lmoq, uning lirik kayfiyatidan chiqmoq zarur 
ko`rinadi. Shundagina asarning qanday boshlansa o`shanday yakun topishi — 
aylanma kompozitsiya bu xil "nonushta"larning kundan-kunga, yildan-yilga 
yaknav takrorlanishiga, "ichkari"ning hayoti oldinga qarab emas, tor aylana 
bo`ylab harakatlanishiga ishora qilishini sezish mumkin bo`ladi. Asar 
kompozitsiyasining muayyan g`oyaviy-badiiy niyatni ko`zlab shu tartib qurilganini 
e`tiborga olsak, unda voqeaband syujetning mavjud emasligi ham shu niyat bilan 
bog`liq ekanligi anglashiladi. YA`ni, syujetning o`ziga xosligi — voqeaning 
mavjud emasligi ayollar hayotining tussizligini ifodalash vosita laridan biri bo`lib 
qoladi. 
Cho`lpon hikoyalari voqelikka munosabat turiga ko`ra-da turfa xil: ularda 
ko`ngillarni sel qilguvchi sentimentallikdan zaharli kinoyagacha, dillarni mayin 
titratuvchi liriklikdan o`rtovchi fojelikkacha — baridan bor. Shu o`rinda adibning 
hajviy hikoyalari xususida ham to`xtalib o`tishimiz joiz. "Mushtum" jurnalida 
e`lon qilingan "Taraqqiy" hikoyasi, aytish mumkinki, kuldirib yig`latadigan, 
yig`latib kuldiradigan asardir. Bizni Cho`lponning bu xil "jiddiy kulgisi" sabablari, 
uni hosil qilish yo`llari qiziqtiradi. O`zining ilk hikoyalari ("Qurboni jaholat"dagi 
Mo`minjon), publitsistik chiqishlari ("Vatanimiz Turkistonda temir yo`llar")dayoq 
Cho`lpon yoshlar ma`naviyati, dunyoqarashi masalalariga qiziqqan, ularning 
aksariyatida ijtimoiy inertlik, siyosiy kaltabinlik, xudbinlik kabi illatlarni kuzatib 
o`rtangan edi. Oradan qariyb o`n yil o`tganidan so`ng ham Cho`lpon atrofida 
o`shanday yoshlarni ko`radi — ularni ijtimoiy satira tig`iga nishon qiladi.
Hikoyada rivoya birinchi shaxs — muallif qarashlarini ifo-dalovchi 
personaj tilidan beriladi-da, boshqa personajlar — Ilhom bilan Saloh — unga 
qarshi qo`yiladi. "Shuning bilan taraqqiy qilib bo`lurmi?" degan ritorik savol 
epigraf qilib olinganki, hikoyani o`qish davomida o`quvchi unga yana uch bora 
duch keladi. Ovrupo madaniyatiga ko`r-ko`rona taqlid qiluvchi ulfatlari 
"kartina"ga, sirkka yoki "gorodskoy sad"ga borishni taklif qilganlarida roviy-


personaj So`fi boboning oldiga borib "o`rus keldi" voqealarini eshitish taklifini 
kiritadi. Ilhom bilan Saloh "eski miyasi churugan boboylar"ning laqillashlarini 
eshitish bilan taraqqiy qilib bo`lmaydi, deb hisoblaydilar. Bu o`rindagi 
dunyoqarash zidligi komizmni yuzaga chiqarmaydi: adib milliy zamindan uzilib 
qolgan, o`zlariga "kim edik, kim bo`ldik" degan savolni berishdan ojiz xudbinlarni 
fosh etadi, xolos. Keyinroq, "gorodskoy sad"da ulfatlari o `tgan-ketgan qiz-juvonga 
gap tashlayotgan chog`da, roviy-personaj yana ularga zid ish tutadi: uyalib-
tortinib turadi. Uning bu turishi yana ulfatlar g`ashiga tegadi: "Shuning bilan 
tarraqqiy qilib bo`lurmi?" Bu o`rindagi ma`naviy-axloqiy sathda olingan kontrast 
hikoya yakunida yanada kuchaytiriladi. Ulfatlari "ov" qilib bergan qiz bilan-da 
uddalab gaplasholmagach, Ilhom portlaydi: "Shuning bilan taraqqiy qilib 
bo`lurmi?" Ko`ramizki, hikoya kontrastlilik asosiga qurilgan, boz ustiga, 
ziddiyatlilik bosqichma-bosqich kuchaytirib(gradatsiya) boriladi. Albatta, kulgi 
hosil qilishda, hikoyaning g`oyaviy mazmunini ochishda bu ikki usulning ham 
muhim roli bor. Ayni paytda, ular vosita xolos, komizmni yuzaga chiqarayotgan 
narsa — boshqa. Zero, hikoyada tasvirlanayotgan hayotiy holat emas, personajlar 
komik xarakterga egadirlar. O`zlarini madaniyatli, taraqqiyot uchun kuyinayotgan 
kishilar deb hisoblovchi Ilhom bilan Saloh aslida ma`nan majruhlar, o`zligini 
unutib milliy zamindan uzilganlari holda o`zga zaminga ham oyoq qo`yolmaganlar 
— muallaq qolganlar. Bu ikki ulfatning o`zlari haqidagi tasavvuri bilan mohiyati 
orasidagi ziddiyatdan chinakam ijtimoiy ahamiyatga molik komizm yuzaga keladi. 
Keyinroq jamiyatimizda ancha ommalashgan manqurtlik kasalining belgilarini 
Cho`lpon o`z vaqtidayoq ilg`aganki, zaharxanda kulgi vositasida uni inkor 
qilmoqqa intiladi. 


А d а b i yo t l а r 
 
Cho`lpon аsаrlаri: 
YAnа oldim sozimni. T., G`аfur G`ulom nomidаgi nаshriyot. 1991. 
Аsаrlаr. Uch jildlik. T., G`аfur G`ulom nomidаgi nаshriyot. I, II jildlаr. 1994-
95. 
Cho`lpon ijodi hаqidа: 
SHаrаfiddinov O. Cho`lpon. T., “Cho`lpon”, 1991. 
SHаrаfiddinov O. Cho`lponni аnglаsh. T., “YOzuvchi”, 1994. 
Kаrimov N. Cho`lpon. T., “Fаn”, 1991. 
Cho`lponning bаdiiy olаmi. T., “Fаn”, 1994.
www.ziyonet.uz
  

Yüklə 103,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə