Abdulla Qodiriyning"Mehrobdan chayon"



Yüklə 3,3 Kb.
tarix11.12.2023
ölçüsü3,3 Kb.
#144441
Mehrobdan chayon-fayllar.org

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Misol.

Mehrobdan chayon

Abdulla Qodiriyning"Mehrobdan chayon"asari bo'yicha obrazlar tahlili
1.Bosh obrazlar:
Anvar,Ra'no,Solih maxdum,Nigorxonim
2.Epizodik obrazlar:
Anorbibi,Nasim,Qobil,Muhammad Rajabbek poygachi
Endi Abdulla Qodiriy bu asarida xonlik davrini asosiy qahramonlar Anvar va Ra'no timsolida ko'rsatib bergan.Romanda bu obrazlar ,bir qarashda,romantik qahramanlarday taassurot beradi.Adib bu bosh qahramonlarni maktab ko'rgan,yaxshi tarbiya,chuqur bilim olgan insonlar sifatida gavdalantiradi.
Adabiy asarda mukammal tasvir etilgan va katta umumlashma ahamiyatga ega bo'lgan xarakterlar tip deb ataladi.Adabiy tip insonning individual tasviri bo'lgani holda,ma'lum tarixiy davr va jamiyat kishisining eng muhim xususiyatlarini o'zida aks ettiradi.Ushbu "Mehrobdan chayon" asarida Solih maxdum, mulla Abdurahmon, Anvarni tiplar deb hisoblash mumkin,chunki ular o'z zamonasi kishilari uchun juda xarakterli hisoblanishadi.
Ushbu asardagi yana bir obraz bu Solih maxdum obrazidir.U yumoristik obraz hisoblanadi.Romanda muallif yengil hazil-mutoyiba, kulgi, piching, kinoya-kesatiq, hajv orqali Solih mahdum tabiatiga xos "maqtab bo'lmaydigan" xususiyatlarni ko'rsatadi.Ayni paytda mahdumning "hamma nuqsonlarini yuvib ketarlik" fazilatini ta'kidlaydi.
Prototip
Yozuvchi o'z asariga hayotiy hodisa va kishilarni material qilib oladi.Shu jumladan, agar asar tarixiy material asosida yozilgan bo'lsa, ma'lumtarixiy shaxslar ham badiiy asarning qahramoni etib tasvirlanishi mumkin.Ushbu romanda Xudoyorxon haqiqatan tarixda yashab o'tgan shaxs.
Adib asar peraonajlari qismati bilan boģliq holda muhim tarixiy hodisalar, shaxslar, sarguzashtlar haqida ham ma'lumot beradi.Solih maxdumning kechmishi, ota-bobolari qismati bahonasida keltirilgan Amir Umarxonning kanizi tòģrisidagi ma'lumotlar, Oģacha oyim sarguzashtlari, xon harami, xotinlari, òrdadagi qullar haqidagi aniq ma'lumotlar asarda salmoqli òrin egallaydi.
Adabiyot hayotni ikki yòl bilan tadqiq etadi:biri-tasdiqlash, ikkinchisi-inkor etish.Shunga kòra obrazlar ijobiy obrazlar va salbiy obrazlarga bòlinadi.Romandagi ijobiy obrazlar Ra'no, Anvar, Nigorxonim,Qobil,Sultonali.Salbiy obrazlar esa mulla Abdurahmon, Kalonshoh mirzo, Shahodat mufti.
Badiiy asardagi bir-biri bilan uzviy bog'liq obrazlar majmui-obrazlar (sistemasi) tizimi hisoblanadi.Asarda obrazlar tizimini Solih mahdum-Nigorxonim-Anvar-Ra'no kabi kòrsatishimiz mumkin
Asardagi ma'lum bir guruhga mansub obrazlar-obrazlar galereyasini tashkil etadi.Buni mulla Abdurahmon-Kalonshoh mirzo-Shahodat mufti misolida kòramiz
S
U
F
M
Fikrlash.Ushbu romanda bosh qahramon Anvar obrazidir
Misol.Asarda Anvar obrazi boshdan oxirigacha qatnashadi
Sabab.Ushbu romanda xonlik davridagi ahvol tasvirlangan
Umumlashtirish.Shuning uchun ham Anvarni bosh obraz deyish mumkin
THANkS
E'tiboringiz uchun rahmat
http://fayllar.org
Yüklə 3,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə