Chayon va falanganing tuzilishi va sistematikasi Reja; Chayon va falanganing tuzilishi va sistematikasi



Yüklə 22,01 Kb.
səhifə1/3
tarix28.11.2023
ölçüsü22,01 Kb.
#137225
  1   2   3
Chayon va falanganing tuzilishi va sistematikasi


Chayon va falanganing tuzilishi va sistematikasi

Reja;
1. Chayon va falanganing tuzilishi va sistematikasi
2. Chayon va falanganing hayotiy jarayoni.0.0

Chayonlar (Scorpiones) — oʻrgimchaksimonlar turkumi, baʼzan mustaqil sinf sifatida qaraladi. Uz. 1—20 sm. Boshkoʻkragi yaxlit qalqon bilan qoplangan. Bu qalqon oʻrtasida 2 juft, uning 2 yonida bir necha juft koʻzlari bor. Kutikulasi mum qavati bilan qoplangan. Korin qismi kengaygan. Ingichka keyingi boʻlimi boshkoʻkrak tomoniga egiluvchan. Bir juft zahar bezi keyingi qorinning oxirgi boʻgʻimida joylashgan boʻlib, sanchuvchi nashtarga ochiladi. Xelitseralari mayda, qiskichsimon. Oyoq paypaslagichlari uchki kismi yirik qisqichga aylangan. Oʻpka orqali nafas oladi. Spermatoforlar yordamida urugʻlanadi. Ch. tirik tugʻadi. 750 ga yakin turi, jumladan, Oʻzbekistonda bir necha turi bor. Chipor (sariq) Ch. koʻp uchraydi. Yirtkich, tunda ov qiladi. Chaqqanida qattiq ogʻriydi. Ammo chayon chaqishi o'limga olib kelmaydi Oʻrgimchaksimonlar — xelitseralilar kenja tipiga mansub boʻgʻimoyoqlilar sinfi. Uz. 0,1 mm dan 17 sm gacha. Ogʻiz organi soʻruvchi. Koʻzlari oddiy. Boshkoʻkragi ingichka poyacha orqali qorin bilan tutashgan yoki unga qoʻshilib ketgan. Qorinoyoqlari reduksiyaga uchragan yoki shaklan oʻzgarib taroqsimon oʻsimta, varaqsimon oʻpka yoki toʻr bezlarini hosil qiladi. Oʻpka yoki traxeyalar orqali nafas oladi. Ayirish organlari — malpigi naychalari va koksal bezlar. Koʻpchilik Oʻ.da zahar bezlari bor. Ayrim jinsli, tuxum qoʻyadi, ayrim turlari (chayonlar) tirik tugʻadi. 60000 ga yaqin turi bor; kanalar, chayonlar, telifonlar, frinlar, tartaridlar, palpigradlar, fitsinuleylar, soxta chayonlar, solpugalar, pichanoʻrarlar, oʻrgimchaklar turkumlariga boʻlinadi. Oʻ. keng tarqalgan, koʻpchiligi quruqlikda yashaydi; kanalar va oʻrgimchaklar orasida ikkilamchi marta suvda yashashga oʻtgan turlari bor. Koʻpchiligi yirtqich, har xil umurtqasizlar bilan oziqlanadi. Bir qancha turlari parazit (kanalar) va oʻsimlikxoʻr (oʻrgimchakkana. Oʻzbekiston hududida kanalar, chayonlar, solpugalar va oʻrgimchaklarning bir necha yuz turi tarqalgan. Chuvalchang tanasi tashqi tomondan kutikula bilan qoplanib, uning ostidagi bir qavat epiteliyaga halqali muskullar, ularga esa juda yaxshi rivojlangan cho’ziq muskullar tutashgan. Muskullarining ostki (ichki) tomoni seloteliya hujayralari bilan qoplanib, bularning hammasi teri – muskul xaltasini hosil qiladi. Bu hujayralar ishlab chiqaradigan shilimshiq modda terini doim namlab turadi. Bu xalta ichki organlar joylashgan tana bo’shligini o’rab turadi. Cho’ziq muskullar bo’yiga cho’zilgan bo’ladi. Chuvalchang shu muskullar yordamida harakatlanadi.
Harakatlanishi-yomg’ir chuvalchangi tanasining tashqi tuzilishi tuproqda in qazib hayot kechirishga moslashgan. Chuvalchang halqasimon va bo’ylama muskullari yordamida tanasini cho’zadi yoki qisqartiradi va har tomonga burilib, ancha murakkab harakat qiladi.
Tuproq ichida harakatlanayotgan chuvalchangning halqasimon va bo’ylama muskullari galma-galdan qisqarib turadi. Dastlab tanasining oldingi tomonidagi halqasimon muskullar qisqarishi tufayli chuvalchangning oldingi tomoni cho’zilib ingichkalashadi va chuvalchang tanasining qonussimon oldingi uchini tuproq zarralari orasiga tiqadi. Shundan keyin tana devoridagi bo’ylama muskullari qisqarib, tananing oldingi qismi yug’onlashadi. Tuproq zarralari surilib, chuvalchang tanasining keyingi qismini tortib oladi va o’ziga in ochadi. Zichlashgan tuproqda chuvalchang tuproqni ichagi orqali o’tkazib, o’ziga yo’l ochadi. Terida joylashgan tuklar chuvalchang harakatlanganida tayanch vazifasini bajaradi. Teri ustidagi shilimshiq modda esa chuvalchang tanasining siljishini yengillashtiradi.
Ikkilamchi tana bo’shlig’i- selom 200 tacha segmentlarning har birida alohida bo’lib, segment bo’shliqlari maxsus oqish parda – dissepiment pardalari bilan ajralgan. Segmentlarning bo’shlig’i – yelka (orqa) tomondagi juda kichik teshikcha orqali tashqari bilan tutashgan. Yomg’ir chuvalchangining tana bo’shlig’i suyuqlik bilan to’la bo’lib, unda barcha ichki a’zolari joylashgan. Halqali chuvalchanglarning tana bo’shlig’i tugarak chuvalchanglarnikidan farq qilib, yupqa pardadan iborat ko’ndalang to’siqlar bilan alohida bo’lmalarga ajralgan. Tana bo’shlig’i bo’lmalarining soni tashqi tana halqalari soniga teng. Bundan tashqari, halqali chuvalchanglar tana bo’shlig’i devorining ichki yuzasi bir qavat bo’lib joylashgan hujayralar bilan qoplangan. Tana suyuqligida harakatlanuvchi amyobotsit hujayralari oziq va kislorod tarqatishga yordam beradi. Tana suyuqligi harakatlanishga va ayirishga yordam beradi.

Yüklə 22,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə