Hayvonlar sistematikasi tarixiy rivojlanishi va xilma xillikning o’zgarishi. Turopova Shahnoza Olim qizi Termiz agratexnalogiyalari va innovatsion rivojlanish intituti talabasi



Yüklə 30,36 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix24.12.2023
ölçüsü30,36 Kb.
#159115
Turopova Shahnoza 303-305 JUSR (1)



303 
Hayvonlar sistematikasi tarixiy rivojlanishi va xilma xillikning o’zgarishi. 
Turopova Shahnoza Olim qizi 
Termiz agratexnalogiyalari va innovatsion rivojlanish intituti talabasi. 
Qobilova Gulchiroy Bobaqul qizi 
Termiz agratexnalogiyalari va innovatsion rivojlanish intituti talabasi. 
Annotatsiya:
Ushbu maqolada hayvonlar sistematikasi rivojlanish tarixini va 
kelib chiqishini o’rganish mumkin. 
Kalit so’z:
Hayvonlar sistematikasi, hayvonot dunyosi, tur, urug’ binar 
(nomenklatura) zoofitlar. 
Hayvonlar sistematikasi -sistematikasi bir boʻlimi. Hayvonlar sistematikasini ilk 
bor Aristotel (miloddan avvalgi 4-asr) ishlab chiqqan. U hayvonlarning 252 turiga 
tavsif berib, ularni 2 ta katta guruh: qonlilar (hozirgi umurtqalilar) va qonsizlar (hozirgi 
umurtqasizlar)ga va 8 ta kichik guruhlarga ajratgan. Aristoteldan soʻng 2 ming yil 
davomida Hayvonlar sistematikasida deyarli hech qanday oʻzgarish boʻlmadi. Faqat 
ingliz biologi J.Rey (1693) sistematikaning asosiy birligi — tur tushunchasini fanga 
Kiritadi.Hayvonot dunyosining zamonaviy sistemasini shved olimi K.Linney yaratgan. 
Uni "Tabiat sistemasi" deb atashimiz mumkin va (1735) asarida 4200 turdan ortiqroq 
(jumladan 1222 tur umurtqali va 1936 tur umurtqasiz) hayvonlarga tavsif bergan. 
K.Linney hayvonlarni oʻzaro kategoriyalar: tur, urugʻ, turkum va sinfga boʻlishni, turni 
2 nom: urugʻ va tur nomi bilan atash (binar nomenklatura)ni taklif etdi. Lekin Linney 
ishlab chiqqan sistema mukammal emas edi. Masalan sodda hayvonlar, boʻshliqichlilar, 
iborat bir-biridan uzoq hayvonlarni zoofitlar — hayvon-oʻsimliklar guruhiga 
birlashtirgan. Fransuz olimlari J.Kyuvye va J.Lamark K. Linney sistemasini 
takomillashtirishdi. J. Lamark "Umurtqasizlar sistemasi" (1801) va "Zoologiya 
falsafasi" 
(1809) asarlarida 
hayvonlarni umurtqasizlar 
va 
umurtqalilarga, 
umurtqasizlarni infuzoriyalar, poliplar, nurlilar, chuvalchanglar, hasharotlar, 
oʻrgimchaksimonlar, 
qisqichbaqasimonlar, 
halqalilar, 
moʻylovoyoqlilar 
va 
mollyuskalar sinflariga ajratgan. J.Kyuvye "Hayvonot dunyosi va uning 
klassifikatsiyasi" (1817) asarida hayvonlarni 4 ta asosiy shoxga ajratgan. Keyinchalik 
bu shoxlarga fransuz zoologi A.Blenvil (1825) tip (nurlilar, boʻgimlilar, mollyuskalar
umurtqalilar) nomini bergan.J.Lamark va J. Kyuvye sistemasini ingliz zoologi R.Grant 
(1826) yanada takomillashtirib, nurlilar tipidan gʻovaktanlilar tipini ajratib chiqardi. 
Nemis zoologi K.Zibold esa nurlilar tipini 3 ta mustaqil: eng sodda hayvonlar, zoofitlar 
va chuvalchanglar tiplariga ajratadi. U zoofitlarga koʻpchilik nurlilarni, 
chuvalchanglarga halqalilarni kiritadi. Boshqa halqalilar esa boʻgʻimoyoqlilar tipiga 
kiritildi. Nemis olimi K.Foxt (1825) chuvalchanglar tipini yassi, toʻgarak va halqali 


304 
chuvalchanglarga ajratadi. Ingliz anatomi E.Rey Lankester (1877) bu guruhlarni tip 
nomi bilan atashni taklif etadi. Nemis zoologi K.Klaus (1874) hayvonlarni 9 tipga 
boʻladi. Bu sistema ancha uzoq vaqt saqlanib qoldi. Vaqt oʻtishi bilan olimlarning faqat 
tiplar soniga emas, balkiularning tarkibiy qismiga nisbatan ham tushunchasi oʻzgarib 
bordi. Masalanumurtqalilar (keyinchalik xordalilar) tipiga qobiqlilar (19-asr oxirigacha 
mollyuskalarning bir xili sifatida qaralgan) va ichak bilan nafas oluvchilar kiritilgan. 
Hayvonot dunyosi oʻrganilgan sari faqat yangi turlar, urugʻlar, oilalar emas, hatto ancha 
yuqori taksonomik darajadagi guruhlar (turkum, sinf, hatto tip)lar ham kashf etildi. 
Mas, 1955-yilda rus olimi A.V.Ivanov pogo-noforalar tipini kashf etdi.Hayvonot 
dunyosi, odatda, 2 kenja olam: bir hujayralilar va koʻp hujayralilarga; koʻp hujayralilar 
esa parazoylar va haqiqiy koʻp hujayralilarga ajratiladi. Parazoylarga gʻovaktanlilar, 
haqiqiy koʻp hujayralilarga boshqa barcha tiplar kiritiladi. Haqiqiy koʻp hujayralilar oʻz 
navbatida nurlilar (boʻshliqichlilar, taroqlilar) va ikki tomonlama simmetriyalilar 
hamda 
birlamchi 
ogʻizlilar 
(chuvalchanglar, 
mollyuskalar, 
exiuridlar, 
boʻgʻimoyoqlilar, sipunkulidlar, paypaslagichlar) va ikkilamchi ogʻizlilar 
(chalaxordalilar, ignaterililar, xordalilar)ga boʻlinadi. Ayrim zoologlar parazoylar va 
haqiqiy koʻp hujayralilar bilan birga ularga teng mavqega ega boʻlgan 
fagotsitellasimonlar guruhini ham taklif etishadi. Oxirgi guruh eng tuban tuzilgan koʻp 
hujayralilar — plastinkasimonlar tipini oʻz ichiga oladi.Hayvonot dunyosining turli xil 
sistemasida tiplar soni 10 dan 33 tagacha, hatto undan ham koʻproq koʻrsatiladi. 
Koʻpchilik zoologlar maʼqul-lagan va oʻquv adabiyotlarida keltiriladigan sistematikaga 
asosan bir hujayralilar kenja dunyosi 5 tip: sarkomastigoforalar, mikrosporidiyalar, 
miksosporidlar, 
sporalilar, 
infuzoriyalarga 
boʻlinadi. 
Qolgan 
hayvonlar 
plastinkasimonlar, gʻovaktanlilar, boʻshliqichlilar, taroqlilar, yassi chuvalchanglar
toʻgarak chuvalchanglar, nemertinalar, tikanboshlilar, halqali chuvalchanglar, 
mollyuskalar, boʻgʻimoyoqlilar, ignaterililar, chalaxordalilar, pogonoforalilar va 
xordalilar tiplariga boʻlinadi. Hayvonot dunyosi oʻrganilgan sayin koʻplab yangi turlar 
kashf qilinmoqda. Yer yuzida hayvonlarning 1,5 mln. (ayrim maʼlumotlarga koʻra 
3,0—3,5 mln.)ga yaqin turi maʼlum.Bugungi kunda hayvonot dunyosi — organik olam 
sistemasidagi yirik boʻlim. Hayvonlarning bundan 1,5 milliard yil ilgari . 
Hayvonlarning eng qadimgi qazilma qoldiq yoshi 0,8 milliard yildan oshmaydi.
Kembriy davri boshlarida (miloddan 570—490 million yil avval) tashqi mineral skeletli 
(chigʻanoqli yoki xitinli) dengiz umurtqasizlarining koʻpchilik guruxlari (trilobitalar, 
jabraoyoqlilar, mollyuskalar, arxeotsiatlar) rivojlangan. Kembriyning oxirida tashqi 
skeletga ega boʻlgan umurtqasizlar (toʻgarak ogʻizlilartsht qadimgi ajdodlari) kelib 
chiqqan. Silurda (miloddan 445—400 million yil avval) hayvonlar oʻsimliklar bilan bir 
vaqtda quruqlik yuzasini egallay boshlaydi. Silurning keyingi davrida, dastlabki 


305 
chayonlar, devon oxiridan boshlab (miloddan 400—345 million yil avval) dastlabki 
quruqlikda yashovchi umurtqalilar — suvda hamda quruqlikda yashovchilar 
rivojlangan. Karbon davrida (milloddan 345—280 million yil avval) quruqlikda 
umurtqasizlardan hasharotlar, umurtqalilardan tuban tuzilishga ega boʻlgan sudralib 
yuruvchilar va suvda hamda quruqlikda yashovchilar, Mezozoyning trias, yura va boʻr 
davrlarida (milloddan 230—66 million yil avval) sudralib yuruvchilar hukmronlik 
qilgan. Trias oʻrtalarida (mil.dan 230—195 million yil avval) dinozavrlar, bu davr 
oxirida sut emizuvchilar kelib chiqqan. Qushlar yura davrining oxiridan (milloddan 
195—136 million yil avval) maʼlum. Boʻr davrining oxiriga kelib (milloddan 136— 66 
million yil avval) koʻpchilik dengiz umurtqasizlari, dengiz va quruqlikda yashovchi 
sudralib yuruvchilar, jumladan. dinozavrlar qirilib ketadi; ular oʻrnini qushlar va sut 
emizuvchilar egallaydiю Hayvonlar — geterotrof organizmlar, yaʼni ular tayyor 
organik moddalar bilan oziqlanadi. Hayvonlarda metabolizm faol kechishi tufayli 
ularning oʻsishi cheklangan. Evolyutsiya jarayonida har xil organlar funksional 
sistemasi: muskul, ayirish, nafas olish, qon aylanish, jinsiy va nerv sistemalarining 
shakllanishi hayvonlar uchun xos boʻlgan eng muhim xususiyatlardan hisoblanadi. 
Hayvonlar hujayrasi qattiq sellyuloza qobiqning boʻlishi bilan oʻsimliklardan farq 
qiladi. Biroq hayvonlar bilan oʻsimliklar oʻrtasidagi farq nisbiy. Masalan, bir hujayrali 
hayvonlarning muskul, nerv va boshqa sistemalari boʻlmaydi; koʻp hujayrali hayvonlar 
orasida ham oʻtroq yashaydiganlari koʻp (masalan, gʻovaktanlilar, boʻshliqichlilar, 
mshankalar, assidiyalar, koʻp tukli chuvalchanglar). Ayrim organizmlarni oziqlanish 
usuli fotosintez va harakatlanishiga binoan bir vaqtning oʻzida hayvonlarga ham, 
oʻsimliklarga ham kiritish mumkin (masalan, evglenasimonlar, volvokslar va 
boshqalar).Hayvonlar va oʻsimliklarning hujayralardan tuzilganligi, ular tanasida 
boradigan moddalar almashinuvi jarayonining umumiyligi, irsiyat va oʻzgaruvchanlik 
qonuniyatlarining oʻxshashligi va boshqa ana shundan dalolat beradi.Hayvonlar 
hujayraviy tuzilishga binoan bir hujayra (bir hujayralilar) va koʻp hujayralilarga 
ajratiladi. Bir hujayralilarda bitta hujayraning Hujayra oʻzi tirik organizm uchun xos 
boʻlgan deyarli barcha xususiyatlarga ega. Tuban koʻp hujayralilar plastinkasimonlar 
tanasi bir necha funksiyani (harakatlanish, qoplash, oziqlanish) bajaradigan, kam 
ixtisoslashgan hujayralardan iborat. 
Foydalanilgan adabiyotlar. 
1.
Movlonov.O, Xurramov Sh, Umurtqasizlar zoologiyasi, Toshkent 1998. 
2.
T. X Ikromov “ Chorvachilik asoslari”Darslik 1996. 
3.
Do’stqulov S, I.M Maqsudov “Chorvachilik asoslari” fanidan amaliy mashg’ulotlar 
o’tgazish uchun uslubiy qo’llanma Toshkent 2013. 

Yüklə 30,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə