Mavzu: Shaxsning shartli kasbiy tuzilmasi



Yüklə 81,5 Kb.
tarix28.11.2023
ölçüsü81,5 Kb.
#133354
Shaxsning shartli kasbiy tuzilmasi


Mavzu: Shaxsning shartli kasbiy tuzilmasi

Reja:
Kirish

  1. Kasb tanlashga ta’sir etuvchi asosiy omillar.

  2. О‘quv faoliyati va kasb motivatsiyasi.

  3. Motivlar va ularning mutaxassislar tayyorlashga ta’siri.

  4. Kasb va qiziqish.

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kasb tanlash jarayoni ijtimoiy ahamiyat kasb etsa-da, lekin uning ortida jismoniy individual (yakkahol) shaxs turadi. Holbuki shunday ekan, har bir kasb tanlovchi shaxsiyatiga individual munosabatni amalga oshirish zarur. Buning uchun kasb tanlovchining yosh va jins xususiyatlariga binoan kasb maorifini amalga oshirish maqsadga muvofiq. Bunda birinchi navbatda shaxsning kasbiy ehtiyoji, motivi, layoqati, qiziqishi va qobiliyatini hisobga olish darkor. Aks holda umumiy xususiyatli yullanma, kо‘rsatma ijobiy natijaga olib kelmaydi, chunki individuallik о‘ziga xos talablarni taqozo etadi. Hatto oddiy kasb maorifi ham turlicha yondashuvni talab qiladi, binobarin, uni qondirmasdan turib tub maqsadga erishib bо‘lmaydi. Kasb maorifi —
о‘quvchilarni kasbning mohiyati bilan, har bir kasbning shaxs oldiga qо‘yadigan talablari bilan tanishtirishdan iborat ta’sirchan axborotlar majmuasidir. Ma’lumotlarning aniqligi, tо‘liqligi, xususiy va ijtimoiy ahamiyati| ifodalanganligi bilan boshqa tarkiblardan ajralib turadi. Kasb maorifi insonning yoshi, jinsi, saviyasiga kо‘ra xilma - xil tarzda amalga oshiriladi, shakllari esa verbal va noverbal, kuzatuv va tanishuv, kо‘rgazmali va grafik, uchrashuv kabi kо‘rinishlarga ega.Kasbiy maslahat - kasbga yullashning mohiyatini inson ongiga chuqurroq singdirish uchun, shaxsning ishtiyoqi va qobiliyatlariga mos kasb - hunar (ixtisos) tanlashi uchun muhim obyektiv va subyektiv shart - sharoit yaratish jarayonidir. Kasb egallovchi (tanlovchi) ehtiyoji, о‘qituvchi (murabbiy)ning kasbiy mas’uliyatidan kelib chiqqan holda ilmiy – amaliy xususiyatli yullanmalar berish jarayonidir. Maslahat о‘zining maqsadga yunalganligi, izchilligi, obyektivligi, axborotlar bilan tо‘yinganligi bilan boshqa asosiy qismlardan keskin ajralib turadi. Kasbiy saralash — muayyan kasbni muvaffaqiyatli ravishda egallab, о‘z oldiga qо‘ygan fuqarolik (xususiy) burchini yuqori saviyada ado eta biladigan shaxslarni ajrata olishdan iborat jarayondir. Kasbiy bilimlar shakllangan ma’lum kо‘nikmalar, malakalarga asoslangan holda tekshirish me’zonlariga suyanib omilkorlik bilan oqilona saralash о‘tkaziladi. Saralash jarayoni о‘tkazilgandan keyin kasbiy moslashish davri boshlanadi. Odatda kasbiy moslashish deganda, yosh kasb egalarining va mutaxassislarning kasbiy faoliyatga, uning shart sharoitlariga, talablariga muvaffaqiyatli ravishda moslashish ( bir necha bosqichlardan iborat) jarayoni tushuniladi. Kasb mohiyatiga kirishish, bilimlar, kо‘nikmalar, malakalar bilan tanishish, ularni egallash uchun oqilona usullar tanlash, ulardan amaliyotda unumli foydalanish, shart - sharoitlarga odatlanish, mahorat qirralarini о‘zlashtirish kabi muhim qismlar moslashish tarkiblarini tashkil qiladi.
Kasb tanlashga ta’sir etuvchi asosiy omilar mohiyati quyidagilarda о‘z ifodasini topadi:

  1. Ta’lim - tarbiya tizimida kasbga yullash faoliyatining (tadbir va choralarning) mazmuni va metodikalari majmuasi mukammal ravishda mujassamlashganligi.

  2. О‘quvchilarni kasb tanlashga о‘rgatishda о‘qituvchilar jamoasi faoliyati hamkorligi va samaradorligi.

  3. Sinf rahbarining ota - onalar bilanhamkorligi ongli kasb tanlash negizi ekanligi.

  4. Kasb tanlashda yoshlar tashkilotining ishtiroki.

  5. Sinfdan va maktabdan tashqari olib boriladigan ishlar mazmunida kasb tanlashning alohida ajratilib kо‘rsatilishi. 6) Maktablarda ishlab chiqarish kombinatlarida ommaviy va keng kо‘lamda yulga qо‘yilishi.

  1. Maxsus muassasalar faoliyati.

  2. Kasbga oid qо‘rgazmalar, sayohatlar uyushtirilishi.

  3. Ijodkor, nufuzli, mahoratli kishilar bilan uchrashuvlar о‘tkazilishi.

  4. Kasb tanlashda mahalliy matbuot, radio va televideniyening ishtiroki.

Kasbga yullash umumdavlat ahamiyatiga ega muammo hisoblanib, uni bosqichma - bosqich amalga oshirii «Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi»da alohida о‘rin egallaydi.Yuqorida kasb tanlashga yullash omillari faoliyatini hamkorlikka aylantirish yuksak samaralar sari yetaklaydi.
. Salbiy motivatsiyaga ega bо‘lgan о‘quvchi kamroq musibatli (mushkul ahvol) yulni tanlab ta’lim jarayonida qatnashishda davom etadi. Bunday о‘qish motivatsiyasiga aloqador о‘quvchilar yuqori kо‘rsatkichlarga muvaffaqiyatli о‘zlashtirish imkoniyatiga ega bо‘lmaydilar, chunki ishtiyoqsiz darsga qatnashish tuygusi, bilim va о‘quv predmetiga nisbatan qiziqishning mavjud emasligi bunga ma’noviy tо‘siq bо‘lib xizmat qiladi. Buning natijasida о‘zlashtirmovchi, bо‘sh о‘zlashtiruvchi, sust о‘quvchilarning safi tabora kengayib boradi, bu narsa kundalik odatga aylana borsa, u stereotip darajasiga о‘sib о‘tishi mumkin. Mustaqil va muvaffaqiyatli о‘qish esa shaxsdan faol, qat’iy, ijodiy izlanishlarni taqozo qiladi va shunga о‘xshash talablarni о‘zlashtiruvchi oldiga qо‘yadi. Shaxsning mazkur holatlarga tayyor emasligi, undagi imkoniyatlarning cheklanganligi sababli о‘zlashtirmovchilar qatorini tо‘ldirishga, bir sinfda yoki kursda ikki yil о‘qishga olib keladi, о‘sha qiyinchiliklar bilan о‘z sinfi, kursini tamomlaydi. Bunday toifadagi о‘quvchilar yoki talabalar о‘quv faoliyati motivatsiyasini qayta qurish evaziga ijobiy natijalarga erishishi mumkin. О‘quvchilar va talabalarda о‘qishga nisbatan salbiy motivatsiya birdaniga vujudga kelmaydi, balki uni keltirib chiqaruvchi bir necha xususiyatli omillar ta’sir etishi ehtimol. Hozirgi zamon psixologiya fani bilimlarni egallashga nisbatan ichki ehtiyojga katta ahamiyat beradi va bu bilan shaxs xulq-atvorini bir muncha boshqarish imkoniyati mavjud ekanligini ta’kidlaydi. Shuning bilan birga о‘quvchi (talaba)da barqaror bilishga qiziqishni shakllantirish muammosiga alohida e’tibor qilinadi. Darhaqiqat barqaror bilishga qiziqishlar qо‘zgatuvchi turtki (kuch) sifatida о‘quv motivlarini vujudga keltiradi, muvaffaqiyatni ta’minlashga xizmat qiladi. О‘quvchi yoki talabada bilimlarning muayyan sohasiga, u yoki bu faoliyat turiga qiziqishning tugilishi kо‘p jihatdan shaxsni qay tariqa shakllanish imkoniyatini belgilaydi.
2. О‘quv faoliyati va kasb motivatsiyasi.
Psixologik ma’lumotlarga kо‘ra, har qanday faoliyat muayyan motivlar ta’sirida vujudga keladi va yetarli shart - sharoitlar yaratilgandagina amalga oshadi. Shuning uchun ham ta’lim jarayonida о‘zlashtirish, egallash va о‘rganishni amalga oshirishni ta’minlash uchun о‘quvchilarda о‘quv motivlari motivlari mavjud bо‘lishi shart. Bilish motivlari shaxsning (subyektning) gnoseologik maqsad sari, ya’ni bilish maqsadini qaror toptirishga, bilim va kо‘nikmalarni egallashga yunaltiriladi. Odatda bunday turdosh va jins, motivlar nazariy ma’lumotlarning kо‘rsatishicha, tashqi va ichki nomlar bilan atalib, muayyan toifani yuzaga keltiradi.
Tashqi motivlar jazolash va taqdirlash, xavf - xatar va talab qilish, guruhiy tazyiq, ezgu niyat, orzu - istak kabi qо‘zgatuvchilar ta’sirida vujudga keladi.Motivlarning navbatdagi toifasiga, ya’ni ichki motivlar turkumiga ndividual xususiyatli motivlar kiradiki, ular о‘quvchi shaxsida о‘qishga nisbatan individual maqsadni rо‘yobga chiqaruvchi qо‘zgalish negizida paydo bо‘ladi. Chunonchi, bilishga nisbatan qiziqishning vujudga kelishi shaxsning ma’naviy (madaniy) darajasini oshirish uchun undagi intilishlarning etilishidir. Bunga uxshash motivlarning ta’sirida о‘quv jarayonida nizoli, ziddiyatli holatlar (vaziyatlar) yuzaga kelmaydi. Albatta bunday toifaga
taalluqli motivlar paydo bо‘lishiga qaramay, ba’zan qiyinchiliklar vujudga kelishi yehtimol, chunki bilimlarni о‘zlashtirish uchun irodaviy zо‘r berishga tо‘gri keladi. Bunday xossalarga ega bо‘lgan irodaviy zо‘r berishlar tashqi halaqit beruvchi qо‘zgatuvchilar (qо‘zgovchilar) kuchi va imkoniyatini kamaytirishga qaratilgan bо‘ladi. Ta’lim jarayonida bunday vaziyatlarni yaratish о‘qituvchining muhim vazifasi hisoblanib, uning faoliyati ichki anglanilgan motivlar о‘kuvchilar xulq – atvorini shunchaki boshqarish bilan cheklanmasdan, balki ular shaxsini shakllantirishga, ularda maqsad qо‘ya olish, qiziqish uygotish va ideallarni tarkib toptirishga qaratilgan bо‘ladi. Aniq narsalar, hodisalar va xatti – harakatlar insonning faolligi muayyan manbalar bilan uzviy boglanishga ega bо‘lsa , uygunlashib borsa faoliyat motivlari darajasi о‘sib о‘tadi. Psixologiyada manbalar о‘z mohiyatiga kо‘ra turkumlarga ajratib talqin qilinadi.
A) Inson ehtiyojlari bilan belgilanuvchi ichki manbalar. Organizmning tabiiy ehtiyojlarini namoyon qiluvchi tugma xususiyatli va jamoada shakllanuvchi ijtimoiy ehtiyojlarni vujudga keltiruvchi orttirma xususiyatga ega bо‘lishi mumkin. Tugma ehtiyojlar orasida о‘qishga nisbatan ma’no kasb etuvchi alohida ahamiyatga ega bо‘lgan faollikka nisbatan ehtiyoj va axborot, ma’lumot, xabarlar olishga ehtiyoj muhim rol о‘ynaydi. Motivga genetik yondashilganda shu narsani alohida ta’kidlab о‘tish lozimki, bola tugilgandan e’tiboran bevosita faollik kо‘rsatishga moyillik hukm suradi: u kuladi (noverbal muomala shakli), qimirlaydi (fazoda о‘rin almashish), qо‘l va oyoqlarini harakatlantiradi (moslashish), о‘ynaydi (muhim - bola munosabati), gaplashadi (shaxslararo munosabatga kirishish), savollar beradi (dialogik muloqot va boshqalar). Unga о‘xshash xatti-harakatlarning о‘zi ularni qoniqtiradi, voqelikni insonning axborotlarga nisbatan ehtiyojini tajribalarda kо‘rsatish mumkin: agar tekshiriluvchini ma’lum vaqtga tashqi olamdan ajratib qо‘yilsa, natijada uning irodasida, hissiyotida, intellektida buzilish sodir bо‘lishi, zerikishi, irodaviy akt tizimi yuqolishi, fikr yuritish jarayonining parchalanishi, illyuzion gallyusional holatlar uchrashi mumkin. Faoliyat turlari о‘z-о‘zidan rо‘y bermaydi. Shaxsning jamiyatdagi ijtimoiy xulki va о‘zini qanday tutishi, egallangan mavqei ham sababsiz, о‘z-о‘zidan rо‘ybermaydi. Faoliyatni amalga oshirish va shaxs xulq-atvorini tushuntirish uchun psixologiyada «Motiv» va ―motivatsiya» tushunchalari ishlatiladi. «Motivatsiya» tushunchasi «Motiv» tushunchasidan kengroq ma’noga ega. Motivatsiya-inson xulq-atvori, uning boglanishi, yunalishi va faolligini tushuntirib beruvchi psixologik sabablar majmuini bildiradi. Bu tushuncha u yoki bu shaxs xulqini, ya’ni ―nega?», «nima uchun?», «nima maqsadda?», «qanday manfaat yulida?» degan savollarga javob qidirish - motivatsiyani qidirish demakdir.


Xulosa
Shaxs tushunchasida odamning ijtimoiy xarakteri aks ettirilgan. Lekin shaxsning ijtimoiy muhitning passiv mahsuloti deb qarab bo‘lmaydi. Shaxs ijtimoiy tajribani faol ravishda tahlil qiladi, o‘zlashtiradi, o‘zi uchun o‘zgartiradi-bu jarayon davomida o‘zi ham shaxs sifatida shakllanadi. Shaxsning faolligi o‘zi hayot uchun yo‘l tanlashida, bu yo‘lni egallashida. Hayotda o‘z mavqei va o‘rnini anglashida ifodalanadi. Shaxs shakllanib borgan sayin tashqi ta’sirlar, shu jumladan ijtimoiy ta’sirlar ham uning ichki dunyosi, psixologiyasiga qarab turli odamlarga turlicha ta’sir qiladilar. Masalan, bir xil baho turli o‘quvchilarga turlicha ta’sir qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:


  1. Asmolov A. G. Dеyatеlnost i ustanovka. M. Izd. MGU 1979

  2. Lеontеv A.N. Dеyatеlnost. Soznaniе. Lichnost. M.1979.

  3. Abulxanova-Slavskaya K. A. Dеyatеlnost i psixologiya lichnosti. M.1980.

  4. Kazakov V. G.Psixologiya. M1989, 55-68 bеtlar.

  5. Nеmov R.S. Psixologiya. M.1990.

6.Umumiy psixologiya, A. V. Pеtrovskiy taxr. T.1992, 97-134 b.
Yüklə 81,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə