Chayon va falanganing tuzilishi va sistematikasi Reja; Chayon va falanganing tuzilishi va sistematikasi



Yüklə 22,01 Kb.
səhifə3/3
tarix28.11.2023
ölçüsü22,01 Kb.
#137225
1   2   3
Chayon va falanganing tuzilishi va sistematikasi

Ko'payishi - yomg'ir chuvalchangi germafrodit (ikki jinsli) hayvon. Juda kichik ikki juft tuxumdoni 13- segmentda joylashib, 14-segmentdagi 1 juft voronkasimon tuxum yo’li – yetishgan (otalanmagan) tuxumlarini tashqariga chiqarishga xizmat qiladi. Ikki juft urug’doni – urug’ qopchiqlarining ichida joylashgan. 9-13 segmentlardagi kattagina pufaksimon qopchiqlar uch juft katta o’simta hosil qiladi. Mazkur qopchiqlarga ajralib chiqqan urug’ (spermatozoidlar) shu yerda yetiladi va ma’lum vaqt saqlanib, urug’ yo’li naychalari orqali tashqariga chiqadi. Ikki juft urug’ yo’li “voronka” lari urug’ qopchiqlarini ichida joylashgan bo’lib ularning birlashtirgan bir juft naychalari 15 segmentning qorin tomonida tashqariga ochilgan. 9-10- segmentlarda joylashgan 2 juft “urug’ qabul qiluvchi qopchiqlar” joylashgan. Bu qopchiqlar qo’shilish vaqtida boshqa chuvalchangdan spermatozoid olish va uni saqlashga xizmat qiladi.
Bahorda yomg’ir chuvalchanglari bosh tomoni bilan qo’shilib spermalarini almashtirib oladi (ularda tuxumlardan ancha vaqt ilgari spermalar yetiladi). Bir necha kun o’tgach, kamar segmentlarining atrofida, (belbog'chasidan) ulardan ajraluvchi shilimshiq moddadan bug’doy donasidek maxsus pilla hosil bo'ladi. “Kamar” dagi bezlar pillaning ichiga oziqli suyuqlik ajratib o’tkazadi. Har qaysi pillaga 2-3 dona, ba'zan 6-20 donagacha tuxum qo'yadi. Ular pillalarini yaxshi havo o’tkazadigan zaxroq yerga qo’yadi. Chuvalchang pilla ichiga bir qancha tuxum va ilgari boshqa chuvalchangdan olgan spermalarini ajratib chiqaradi. Pilla chuvalchang tanasidan sirg'alib tuproqqa tushadi. Tuxumlar pillaning ichida otalanib rivojlangach, dastlab shu yerda ya’ni troxoforasimon kiprikli lichinka davrini o’tadi va bir oydan keyin yosh chuvalchangga aylanadi. (odatda 1 ta pillada faqat 1-2 ta chuvalchang yetishadi.) Chuvalchanglar bir necha yil yashaydi.
Regeneratsiyasi - yomg'ir chuvalchanglari ham gidra yoki oq planariya singari tanasining jarohatlangan qismini tiklash xususiyatiga ega. Chuvalchang tanasi ikki bo'lakka ajratilganida uning bar bir bo'lagidan yangi chuvalchanglar hosil bo'lishi aniqlangan.
Yer yo’zida yomg'ir chuvalchanglarining 180 dan ortiq turi tarqalgan. Halqali chuvalchanglarning juda ko'p turlari chuchuk suvlarda ham hayot kechiradi. Yomg'ir chuvalchanglari va chuchuk suvlarda hayot kechiradigan halqali chuvalchanglarning tana halqalarida ko'zga ko'rinmaydigan siyrak va kalta tukchalari bo'ladi. Shuning uchun ularni kam tukli halqali chuvalchanglar sinfiga kiritiladi.

Yüklə 22,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə